119
-
odamlarni tashkil qila bilish, odamoxunlik, jozibadorlik, shaxslararo
muloqotchilik, odamlarga ta‘sir o‗tkazb, ularni uyushtira bilish, olg‗a boshlash,
ijrochilarni topish, ishonch uyg‗otish;
-
tadbirlarni tashkil eta bilish, jumladan, tadbirlarni rejalash va
tayyorlash, rejalarni amalga oshirish, sergak fikrlash, tasavvurning rivojlanganligi,
bo‗lajak tadbirlarning mayda jihatlarini, kelib chiqishi mumkin bo‗lgan muammo
va muvaffaqiyatsizliklarni payqay bilish.
Odamlar bilan ishlay olish qobiliyati har qanday pog‗onadagi menejerga
qo‗yiladigan eng muhim talabdir. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi.
-
qo‗l ostidagi xodimlarni, ularning topshirilgan aniq ishni bajara olish
qobiliyati va imkoniyatlarini mukammal bilish:
-
korxona bilan xodimlarni bog‗lovchi shart-sharoitlarni bilish, har
ikkovining manfaatlarini adolat asosida himoya qilish:
-
menejerning ruhshunosik bilimdonligi:
-
jamoaning birligini saqlab qolish va tashkilot (bo‗linma) faoliyatining
samaradorligini ta‘minlash maqsadida qobiliyatsiz xodimlarni chetlashtira olish
mahorati:
-
rasmiy va norasmiy tizimlarning o‗zaro bog‗liqligini e‘tiborga olib,
odamlarning munosabatlarini tashkil qila bilsh;
-
qo‗l ostidagi xodimlarga ta‘sir o‗tkaza
olish qobiliyati va uquvi;
-
odamlar bilan muomala qilish mahorati, ―insoniy munosabatlarni‖
bilishi.
Keyingi vaqtlarda menejerlarga nisbatan
kompetensiya
tushunchasi ham
ishlatila boshlandi. Kompetensiya (lotincha compete - erishish, muvofiq kelish,
moslik) muayyan sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilim, uquv va
shaxsiy xislatlarni qo‗llash qobiliyati demakdir. Masalan, ―Menejment‖ 080200
tayyorgarlik yo‗nalishi bo‗yicha oliy kasb ma‘lumoti bo‗lgan bakalavr:
-
umumiy madaniy kompetensiyalarga,
-
quyidagi professional kompetensiyalarga :
tashkiliy-boshqaruv faoliyatini;
120
axborotni tahlil etish faoliyatini;
ishbilarmonlik
faoliyatini
o‗z
ichiga
oladigan
kasblar
kompetensiyalariga ega bo‗lishi kerak.
Menejer lavozimini egallaydigan kishi uchun zarur xususiyatlar ro‗yxati
juda katta, ularning ayrimlari biri ikkinchisiga zid keladiganlari ham bor.
Ko‗rsatilgan barcha hislatlar sohibini topish mushkul. Shu sababli muayyan
lavozimga kishi tanlash masalasini ko‗rib chiqishning har bir holatida mazkur
lavozimni egallovchi shaxsning xususiyatlari alohida ko‗rib chiqilgani ma‘qul.
Ishlab chiqarish sharoitida bu vazifani hal etishda malaka ma‘lumotnomasi
yoki lavozimlar tacnifnomasi, shuningdek lavozim yo‗riqnomasi yordamga keladi.
1
Bu hujjatlarda aniq lavozimni egallamoqchi bo‗lgan mutaxassisga quyiladigan
talablar bayon etilgan.
Menejerning aniq lavozimi tafsilotlari va uni egallashi lozim bo‗lgan kishiga
qo‗yiladigan talablar
Do'stlaringiz bilan baham: