menejer professiogrammasida
aks ettiriladi.
Professiogramma - ixtisos, kasb xususiyatlari (ruhiy, ishlab chiqarish-
texnik, tibbiy-gigiena va h.k xususiyatlar) aks ettirilgan (bayon qilingan) hujjatdir.
Unda har bir kasbning batafsil bayoni berilgan, o‗zlashtirishda ba‘zi bir
qiyinchiliklarga sabab bo‗ladigan murakkab jihatlar ko‗rsatilgan. SHu bilan birga
inson ruhi va jismidagi muayyan xususiyatlar bilan bog‗liq bo‗lgan (ko‗rish
qobiliyatining zaifligi, harakat sustligi kabilar oqibatida kelib chiqadigan) va ishlab
chiqarishning tashkil etilishi bilan bog‗liq bo‗lgan qiyinchiliklar sanab o‗tilgan.
Shundan keyin muayyan kasbda ishlamoqchi bo‗lgan yoki ishlab turgan
kishining shaxsiy va ishchanlik xususiyatlari ko‗zdan kechiriladi.
Inson shaxsini tahlil etish va baholash uchun sotsiologlar ishlab chiqqan
andoza ishga solinadi, unda insonning quyidagi xususiyatlari bayon etiladi:
1)
ishchanlik xususiyatlari (ma‘lumoti, bilimi, tajribasi);
2)
qobiliyati ( iste‘dodi, zakovati, mazkur ishga layoqati);
3)
madaniy saviyasi, omilkorligi, halolligi va batartibligi;
1
Talabalar o‗z kasbiy mavqeini Davlat ta‘lim standartlariga yordamida belgilashi. U oliy ta‘lim muassasasidagi har
bir mutaxassislik, yo‗nalish va tayyorlov ixtisosligi uchun ishlab chiqiladi.
121
4)
xarakteri
(irodasi,
faolligi,
mustaqilligi,
va‘dasining
ustidan
chiquvchanligi, tezkorligi, qo‗l ostidagilarga g‗amxo‗rligi, tanqidni tan olishi, o‗z
xatolariga iqror bo‗lishi);
5)
temperamenti (xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik);
6)
manfaatlari, qiziqishlari (moddiy, ijtimoiy, ma‘naviy);
7)
yoshi (yosh, o‗rta yoshli, keksa, qari);
8)
sog‗ligi (yaxshi, qoniqarli, yomon).
Shu bilan birga baho shartlari ko‗rsatiladi:
sifati yo‗q – 1 ball;
sifati kamdan-kam namoyon bo‗ladi – 2 ball;
sifati kuchli ham kuchsiz ham namoyon bo‗lmaydi – 3 ball;
sifati tez- tez namoyon bo‗ladi – 4 ball;
sifati muntazam namoyon bo‗ladi – 5 ball.
So‗ngra har bir sifatning salmog‗i ekspertlar yordamida aniqlanadi,
shuningdek aniq kishining har bir sifati baholanadi.
Menejerlarning har bir guruhiga xos bo‗lgan sifatlar yig‗indisi va ayniqsa
ularning salmog‗i turlicha bo‗lishini ta‘kidlab o‗tmoq kerak.
Ko‗rsatilgan sifatlarning ekspert bahosi va har bir sifatning salmog‗i
jadvalga kiritiladi. (7.1-jadval)
1-jadval
Ekspertl
ar
Besh balli tizim bo‗yicha menejerning
sakkiz sifatiga ekspert bahosi
1
2
3
4
5
6
7
8
1
2
3
4
5
122
Besh
balli
tizim
bo‗yicha
salmog‗i
Shundan
keyin
jadval
ma‘lumotlaridan
foydalanib,
ishchanlik
xususiyatlarining integral ko‗rsatkichi (o‗rtacha qiymati) quyidagi formula
yordamida hisoblab chiqiladi:
,
Bunda K
m
- ishchanlik sifatlarining o‗rtacha tortilgan integral ko‗rsatkichi,
ball hisobida;
i = 1,2....,n – ekspertlar soni.
J = 1,2....,8 – baholanayotgan xususiyatlar soni;
aj
– o‗n balli tizim bo‗yicha j sifatining salmog‗i, bu ko‗rsatkich menejerlar
va mutaxassislarning har bir guruhi uchun alohida belgilanadi;
βij – besh balli tizim bo‗yicha menejerning j sifatiga i-m ekspertining
bahosi.
Jadval ma‘lumotlari asosida ishchanlik xususiyatlarining eng kam, o‗rtacha
va eng ko‗p ehtimoliy integral ko‗rsatkich qiymatlari aniqlanadi.
Aniq bir inson ishchanlik xususiyatlarinig ilgari hisoblab chiqilgan integral
ko‗rsatkichi:
-
eng ko‗p (etalon va maksimal) qiymat bilan;
-
o‗rtacha qiymat bilan;
-
raqobatchilarning ana shunday ko‗rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Ana shular asosida aniq insonning ishchanlik xususiyatlari uzil-kesil
baholanadi, insonning shaxsiy, ishchanlik xususiyatlari, uning egallab turgan yoki
egallamoqchi bo‗lgan kasb yoki lavozim talablariga mosligi darajasi haqida xulosa
chiqariladi. Ular to‗liq muvofiq kelsa, insonning o‗ziga o‗zi bergan bahosi ishga
qiziqishni oshiruvchi motivatorga aylanadi. Ularning mos kelmasligi esa
123
motivatsiya pasayishi sababli kasb o‗rganishda va ishda katta qiyinchiliklarni
yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |