O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

UO„K: 
BBK: 
 
 
ISBN  
 
© 

IQTISOD-MOLIYA
‖, 2019 
 
 
©
 
S.Sobirjonov, 2019 
 



 
 
KIRISH 
Tashkiliy  xulq  alohida  ilmiy  yo‗nalish  sifatida  1960-yillar  boshida 
menejmentda  har  bir  ish  o‗rni  darajasida  va  umuman  tashkilotda  yuz  berayotgan 
jarayonlarni  izohlash  bilan  shug‗ullanuvchi  bir  necha  ilmiy  maktablarning 
integratsiyalashuvi natijasida paydo bo‗ldi. 
«Труд  и  мотивация»  (1954)  deb  nomlanuvchi  mashhur  kitobi  bir  qator 
tarqoq  ilmiy  ishlarning  yaxlit  majmuaga  integratsiyalashuvini  boshlab  bergan 
V.Vrum, 
«Управленческие  установки  и  их  выполнение»  (1968)  asarining 
mualliflari 
L.Porter 
va 
E.Louler
lar ushbu yo‗nalishning asoschilari hisoblanishadi. 
Mazkur  yo‗nalish  doirasida  xodimning  ish  o‗rnidagi  xulqi  birinchi  marta  yaxlit 
hodisa sifatida ta‘riflandi.  
Biroq,  «tashkiliy  xulq»  atamasini  birinchi  bo‗lib 
F.Lyutens 
o‗zining  shu 
nomli  kitobida  (1973)  qo‗lladi.  Unda  olim  bilimlarning  mazkur  sohasidagi  ilmiy 
tadqiqotlarning  asosiy  mavzularini  belgilab  berdi:  tushunish

oldindan  ko‗rish  va 
tashkilotlar doirasida inson xulqini boshqarish. 
Tashkiliy  xulq  fan  sifatida  menejmentning  o‗rnini  egallamaydi.  U 
menejmentning xulqiy jihatini o‗rganadi. 
Hozirgi sharoitda tashkiliy xulq ilmiy bilimlarning alohida tarmog‗i sifatida 
e‘tiborni  boshqaruv  faoliyatining  tashkiliy  madaniyat,  mehnat  jarayonlarini 
loyihalashtirish,  xodimning  mehnatdan  qoniqqanligini  tahlil  qilish,  menejmentda 
guruh  dinamikasi  unsurlaridan  foydalanish  bilan  bog‗liq  jihatlariga  qaratadi.  Bu  
tashkilot  xodimining  mehnat  xulqini  rahbar  uchun  tushunarli  qilishda  va  rahbarni 
samarali  usullarni  qo‗llash  imkonini  beruvchi  real  bilimlar  va  ko‗nikmalar  bilan 
qurollantirishda fanning amaliy yo‗naltirilganligini ta‘kidlaydi. 
Zamonaviy  menejer  insonlarning  mehnat  xulqi  haqida  juda  ko‗p  narsa 
bilishi,  shaxslararo  munosabatlarni  yaxshilash  imkoniyatini  tadqiq  eta  olishi  va 
insonlararo munosabatlarni boshqara bilishi zarur. Aynan ushbu sohalarda tashkiliy 
xulq  qonuniyatlarini  bilish  tashkilot  faoliyat  ko‗rsatishining  samaradorligini 
sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. 



 
O‗zbekiston  tanlagan  rivojlanishning  o‗ta  murakkab,  innovatsion  yo‗li 
tashkilotni  boshqarishning  barcha  darajalarida  mazkur  jarayonlarga  oqilona, 
malakali  rahbarlikni,  inson  salohiyatidan  maksimal  darajada  va  samarali 
foydalanishni talab qiladi. 
Bu,  o‗z  navbatida,  zamonaviy  raqobatbardosh  professional  boshqaruvchilar 
– tegishli bilimlar va ko‗nikmalarga ega bo‗lgan menejerlarni tayyorlashni taqozo 
etadi. 
Davlat ta‘lim standartida asosiy ta‘lim dasturi professional siklining bazaviy 
(umumprofessional)  qismi  tarkibida  quyidagi  uchta  modulni  o‗z  ichiga  oluvchi 
«Menejment  nazariyasi»  kompleks  fani  nazarda  tutilgan:  «Boshqarish  tafakkuri 
tarixi»,  «Tashkilotchilik  nazariyasi»  va  «Tashkiliy  xulq».  Ushbu  darslik  fanning 
―Tashkiliy xulq‖ moduliga bag‗ishlangan. 
«Tashkiliy xulq» kursi «Menejment asoslari», «Boshqarish tafakkuri tarixi», 
«Tashkilochilik nazariyasi» fanlari bilan uzviy bog‗liq. 
«Tashkiliy xulq» fanini o‗rganishdan asosiy maqsad  – tashkilotda shaxs va  
guruhning  xulqini  boshqarish  usullarini  egallashdan  iborat.  Darslik  materiallari 
tashkilotlarda  insonlarga  rahbarlik  qilish  amaliy  ko‗nikmalarini  ishlab  chiqish 
uchun nazariy asos beradi. 
Ushbu kursning o‗rganish predmeti  tashkilot  rahbarining inson salohiyatini 
boshqarish sohasidagi faoliyati hisoblanadi. 
Kursni o‗rganish vazifalari: 

 
bo‗lajak  bakalavrlarda  tashkiliy  xulqning  hozirgi  holati  va  uning 
rivojlanish tendensiyalari haqida tasavvur hosil qilish; 

 
markazida  inson  va  uning  ehtiyojlari  turadigan  tashkiliy  tizimlarni 
yaratish usullarini o‗rganish; 

 
xodimlar  va  guruhning  tashkilotdagi  xulqini  ta‘riflash  usullarini 
o‗rganish; 

 
tashkilot  faoliyatining  samaradorligini  oshirish  maqsadida  individ  va 
guruhning xulqini boshqarish ko‗nikmalarini berish. 



 
«Tashkiliy  xulq»  fani  individ,  guruh  va  tashkilot  kabi  asosiy 
komponentlarga  tayangan  holda  boshqaruv  fanlarining  butun  bir  majmuini 
o‗rganish uchun asos hisoblanadi. 
Tashkiliy xulqni bilish menejerga:  

 
tashkilot  xodimining  saolohiyatini  to‗liq  ochib  berish  va  uning 
faoliyatini takomillashtirish yo‗nalishlarini tanlash; 

 
markazida  inson  turadigan  tashkiliy  tuzilmalar  loyihalarini  ishlab 
chiqish; 

 
xodim  mehnatini  tashkil  etishda  konservatizmni  istisno  qilish  imkonini 
beruvchi kasbiy aralashuv strategiyasini belgilash imkonini beradi. 
Mazkur  o‘quv  qo‘llanma  ta‘limning  barcha  shakllarida  tahsil  olayotgan 
talabalar hamda fanni mustaqil o‗rganuvchilar uchun mo‗ljallangan. 
O‘quv qo‘llanma ning mazmuni 230000 – Iqtisod ta‘lim sohasining Davlat 
ta‘lim standarti, Menejment (real sektor) bakalavriat ta‘lim yo‗nalishining malaka 
talablariga  mos  keladi.  Unda  kompetentlik  yondashuvi  qo‗llanilgan  bo‗lib,  o‘quv 
qo‘llanma 
materiallarini 
bayon 
etishda 
standartda 
yozilgan 
kasbiy 
kompetensiyalar, 
avvalo, 
tashkiliy-boshqaruv 
faoliyatidagi, 
bo‗lajak 
bakalavrlarning  bilimlari,  mahorat  va  ko‗nikmalariga  nisbatan  qo‗yiladigan 
talablar hisobga olingan. 
O‘quv  qo‘llanma  ―Iqtisod‖  ta‘lim  sohadagi  oliy  o‗quv  yurtlarining 
«Menejment» yo‗nalishi («bakalavr» bosqichi) bo‗yicha tahsil olayotgan talabalar 
uchun  o‘quv  qo‘llanma  sifatida  tavsiya  etilgan.  Undan  ta‘limning  boshqa 
yo‗nalishlari  va  sohalari  hamda  turli  mutaxassisliklar  bo‗yicha  tahsil  olayotgan 
talabalar ham foydalanishlari mumkin. 
O‘quv  qo‘llanma  quyidagi  qismlardan  iborat:  kirish,  asosiy  matn  bayon 
etilgan  o‗nta  bob  (ularning  har  birida  nazorat  savollari  mavjud),  shuningdek, 
adabiyotlar ro‗yxati, atamalar lug‗ati. Asosiy matn mantiqiy jihatdan o‗nta o‗zaro 
bog‗langan  bobga  bo‗lingan.  Matnning  mazmuni  fanni  o‗zlashtirish  imkonini 
beradi.  Nazorat  savollari  yordamida  ushbu  kursga  doir  bilimlarni  tekshirish 



 
imkoniyati  mavjud.  Tavsiya  etilayotgan  adabiyotlarni  o‗rganish  fanni  chuqurroq 
o‗rganishga yordam beradi. 



 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish