O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat istituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi



Download 12 Mb.
bet25/42
Sana27.09.2022
Hajmi12 Mb.
#850468
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
badiiy bezash

Nazorat savollari


  1. Transformator chulgamlarining vazifasi nimadan iborat?

  2. Ferromagnit uzak nima uchun kerak?

  3. Elektromagnit induksiya konunini tushuntirib bering?

  4. Transformatorlarni kanday turlari mavjud?

  5. Maxsus transformatorlarga kanday apparatlar misol bula oladi?

  6. Transformatorlarni kanday usullar bilan sovutiladi?

  7. Kanday shartlarga asosan transformatorlar kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi xisoblanadi?

  8. Uch fazali transformatorni almashlash sxemasini tushuntirib bering?

  9. Tarnsformatorlarning salt ishlash rejimi xakida tushuncha bering?

  10. Tarnsformasiya koeffisenti kanday aniqlanadi?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

  1. S.Majidov. «Elektrotexnika». Toshkent. Ukituvchi. 2000.

  2. S.Majidov. «Elektr mashinalari va elektr yuritma». Toshkent. Ukituvchi. 2002.

  3. I.F.Evdokimov. «Umumiy elektrotexnika». Toshkent. Ukituvchi.1985.

  4. Kolesov V.L., Karpov V.N. va boshkalar «Kishlok xujalik agregatlari xamda ustanovkalarini elektrik jixozlari va avtomatlashtirish». Toshkent. Ukituvchi. 1986.

Mavzu № 6: O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr mashinalari. Elektr yuritma asoslari
Reja:



  1. O’zgarmas tok mashinalarini tuzilishi va ishlash prinsipi.

  2. O’zgarmas tok generatorlari va ularning xarakteristikalari.

  3. O’zgarmas tok dvigatellari va ularning xarakteristikalari.

  4. Elektr mashinalar xaqida umumiy maolumotlar.

  5. Asinxron dvigatelning tuzilishi va ishlash prinsipi

Qutblar N va S ning magnit maydonida aylanadigan o’ram eng oddiy generator xisoblanadi. Bunday o’ramda vaqt bo’yicha o’zgaradigan E.Yu.K. induksiyalanadi. Shuning uchun o’ram uchlari o’ram bilan birga aylanadigan kontakt xalqalarga ulansa, nagruzkadan qo’zalmas cho’tkalar orqali o’zgaruvchan tok o’tadi, yaoni bunday mashina o’zgaruvchan tok generatoriga aylanadi.


O’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish uchun kollektordan foydalaniladi. Uning ishlash prinsipi quyidagicha. O’ram 1 ning uchlari (10.1-rasm) kollektor plastinkalari deb ataladigan ikkita mis yarimxalqaga (segmentlarga) ulangan. Plastinkalar mashina valiga qattiq maxkamlanib, bir biridan va valdan izoliyasiya qilingan. Plastinkalarga qo’zalmas cho’tkalar 2 va 3 joylashtirilgan. Bu cho’tkalar energiya isteomolchisiga elektrik ulangan.
O’ram aylanganda kollektor plastinkalari xam mashina vali bilan birga aylanib, qo’zalmas cho’tkalar 2 va 3 ning xar qaysisi dam bir plastinkaga, dam ikkinchi plastinkaga tegadi. Cho’tkalar kollektorga shunday o’rnatilganki, o’ramda induksiyalanadigan E.Yu.K. nolga teng bo’lgan paytda cho’tkalar bir plastinkadan ikkinchisiga o’tadi. Bu xolda yakorp aylanganda o’ramda o’zgaruvchan E.Yu.K. induksiyalanadi, magnit maydon bir tekis taqsimlanganda bu E.Yu.K. sinusoidal o’zgaradi, lekin xar qaysi cho’tka shu paytda maolum qutblilikdagi qutb ostida turadigan kollektor plastinkasiga va tegishli o’tkazgichlarga tegadi.
Demak, cho’tkalar 2 va 3 dagi E.Yu.K. ning ishorasi o’zgarmaydi va tok berk elektr zanjirining tashqi qismi bo’ylab cho’tka 2 dan qarshilik R orqali cho’tka 3 ga bir yo’nalishda o’tadi. Biroq tashqi zanjirda E.Yu.K. ning yo’nalishi o’zgarmasdan qolishiga qaramay uning kattaligi vaqt bo’yicha o’zgaradi, yaoni o’zgarmas E.Yu.K. emas, balki pulpslanuvchi E.Yu.K. xosil bo’ladi.
Agar yakorga bir-birga 900 burchak ostida ikkita o’ram joylashtirilib, ularning uchlari to’rtta kollektor plastinkasiga ulansa, tashqi zanjirdagi E.Yu.K. va tokning pulpslanishi ancha kamayadi. Kollektor plastinkalari soni ko’paytirilganda pulpslanish tez kamayadi va kollektor plastinkalari soni juda ko’p bo’lganda E.Yu.K. va tok deyarli o’zgarmaydi.
Mashinaning qo’zalmas qismi asosiy qutblar, qo’shimcha qutblar va staninadan iborat. Asosiy qutb magnit oqimi vujudga keltiradigan elektromagnit xisoblanadi. U o’zak uyotish chulamlari va qutb uchligidan iborat. Qutblar staninaga bolt yordamida maxkamlanadi. Qutb o’zagi po’latdan quyiladi va ko’ndalang kesimi oval shaklida bo’ladi. Qutb o’zagiga izolyasiyalangan mis simdan o’ralgan uyotish chulamining altagi joylashgan. Barcha qutblarning altaklari ketma-ket ulanib, uyotish chulamini xosil qiladi. Uyotish chulamidan o’tadigan tok magnit oqimini vujudga keltiradi. Qutb uchligi uyotish chulamini qutbda ushlab turadi va magnit maydonning qutb ostida bir tekis taqsimlanishini taominlaydi.
Mashinaning aylanadigan qismi (yakorp) o’zak, chulam va kollektordan tuzilgan. Yakorp o’zagi elektrotexnika po’lati listlaridan yiilgan silindrdan iborat. Uyurma toklarga bo’ladigan isrofni kamaytirish uchun listlar bir-biridan lok yoki qooz bilan izolyasiyalanadi.
Kollektor ayrim plastinkalardan iborat silindrdir. Kollektor plastinkalari qattiqlayin cho’zilgan misdan yasaladi va bir-biridan xamda korpusdan mikanit qistirmalar orqali izolyasiyalanadi.
Yakorp chulamini tashqi zanjirga ulash uchun kollektorga qo’zalmas cho’tkalar o’rnashtiriladi. Cho’tkalar grafitdan, ko’mir-grafitdan yoki bronza-grafitdan yasalgan bo’lishi mumkin.
Qutblar soni qancha bo’lishidan qatoiy nazar, oddiy ketma-ket chulam ikkita parallel tarmoqni xosil qiladi, yaoni 2a=2. Shuning uchun yakorning chulami ketma-ket bo’lganda qutblar soni qancha bo’lsa xam mashinada faqat ikkita cho’tka bo’ladi, bu cho’tkalar kollektor aylanasining 1/2 R qismiga teng masofada yotishi lozim. Masalan, R=2 bo’lganda cho’tkalar orasidagi masofa kollektor aylanasining choragiga teng bo’lishi kerak. Bu xol kollektorning butun aylanasini emas, balki bir qismini ko’zdan kechirishga imkon beradi.
Faqat ikkita parallel tarmoqning mavjudligi xar qaysi tarmoqqa ko’p sonli aktiv simlar ketma - ket ulanishidan va mashina E.Yu.K. katta qiymatga erishishi mumkinligidan dalolat beradi. Shuning uchun ketma - ket chulam yuqori kuchlanishli mashinalarda keng qo’llaniladi.
Magnit maydonda shu maydonning magnit chiziqlariga perpendikulyar yo’nalishda xarakatlanadigan o’tkazgichda ga teng E.Yu.K vujudga keladi. Bu yerda: V - magnit induksiyaning o’rtacha qiymati, T; - o’tkazgichning uzunligi, M; - o’tkazgichning xarakatlanish tezligi, m/s.
Mashina yakoriga N xarfi bilan belgilanadigan ko’p sonli aktiv o’tkazgichlar joylanadi. Chulamning xar qaysi parallel tarmoiga N/2 ta aktiv o’tkazgich ketma - ket ulanadi. Shunday qilib, mashinaning E.Yu.K
Magnit maydonda o’tkazgichlarning xarakatlanish tezligi
, bu yerda: 2R - mashina qutblarining soni;  - qutb bo’linmasi, yaoni xar xil ishorali qutblar o’qlari orasidagi masofa; n - mashina yakorining minutiga aylanish chastotasi.
Magnit induksiya V o’rtacha qiymatining qutbning o’q uzunligi ga xamda qutb bo’linmasi  ga ko’paytmasi bir qutbning magnit oqimi ekanligini (F=B ) ko’zda tutib, mashina E.Yu.K uchun quyidagi ifodani olamiz:
. (10.1)
Xar qaysi mashina uchun R,N, , kattaliklari doimiy bo’lgani sababli xam shu mashina uchun doimiy kattalikdir. Demak, o’zgarmas tok mashinasining E.Yu.K quyidagi ifodadan aniqlanadi: E=CnF, yaoni o’zgarmas tok mashinasining E.Yu.K doimiy konstruktiv kattalik S ning yakorning minutiga aylanish chastotasi n xamda qutblarning magnit oqimi F ga ko’paytmasiga teng.

Download 12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish