Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

4
va 
5
-ilova) taqdim etishlari shart. 
Dastlabki buyurtma rasmiy blankda rasmiylashtirilgan, imzo qo‘yish 
huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar imzolari (Dilerlar tomonidan oldindan 
taqdim etilgan, birinchi va ikkinchi imzo qo‘yish huquqidan foydalanuvchi 
mansabdor shaxslar imzolarining namuna varaqchasida ko‘rsatilgan imzolar), 
hamda asosiy (yoki gerbli) muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart. Rahbar shaxslarga 
vaqtincha birinchi yoki ikkinchi imzo huquqi berilganda, shuningdek rahbar 
tomonidan vakolat berilgan shaxslardan birortasi vaqtincha o‘zgarganda, vaqtincha 
vakolat berilgan shaxsning imzo namunasi qo‘yilib, amal qilish muddati ko‘rsatilgan 
qo‘shimcha varaqcha taqdim qilinadi. Ushbu vaqtinchalik varaqcha rahbar 
tomonidan imzolanadi va muhr qo‘yiladi. 
Dilerning muhri o‘zgarganda, varaqchada ko‘rsatilgan imzolardan birortasi 
almashtirilganda yoki qo‘shilganda, yangi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan 
varaqcha taqdim etiladi. Bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan 
varaqchalar Dilerning yuridik yig‘majildiga tikiladi. 
Soat 15-00 gacha Birlashgan barqarorlashtirish jamg‘armasini boshqarish 
bo‘yicha Kengashning ishchi organiga Dilerlardan kelib tushgan dastlabki 
buyurtmalar bo‘yicha ma’lumot savdolar o‘tkazilishidan bir kun oldin etkaziladi. 
Savdolar boshlanishidan 45 minut oldin birja makleri Savdo tizimiga kiritilgan zarur 
parametrlar (savdolar boshlanish va tugash vaqti, instrument turi, shu instrument 
bo‘yicha bundan oldingi savdolarda o‘rnatilgan kurs qiymati) nazoratini amalga 
oshiradi. Savdolar boshlanishidan 30 minut oldin treyderning birja bitimlarini tuzish
huquqini tasdiqlash tartib-taomili (treyderlar autentifikatsiyasi) o‘tkaziladi. Bunda 
Savdo tizimiga treyderlarning shaxsiy kodi va paroli kiritiladi. Treyderning paroli 
bevosita uning ish joyidan kiritiladi. Autentifikatsiyadan so‘ng treyderlar Savdo 
tizimiga chet el valyutasining xaridi va sotuvi uchun boshlang‘ich buyurtmalarni (6-
ilova) kiritadilar. Bunda Savdo tizimi kiritilgan boshlang‘ich buyurtmalarga 


366 
muvofiq Dilerlarning operatsiyalarini o‘tkazish uchun etarli chet el valyutasidagi pul 
mablag‘larining mavjudligini tekshirishni amalga oshiradi. 
Savdolarni o‘tkazishda chet el valyutasining so‘mga nisbatan boshlang‘ich 
kursi sifatida bundan oldingi savdolarda o‘rnatilgan kursdan foydalaniladi. 
Savdo boshlanishiga Savdo tizimida taqdim etilgan boshlang‘ich 
buyurtmalarning umumiy hajmlari orasidagi farq miqdori hamda ishorasi haqidagi 
ma’lumot aks ettiriladi. 
Agarda, chet el valyutasining sotuvi uchun taqdim etilgan boshlang‘ich 
buyurtmalarning hajmlari xarid uchun taqdim etilgan boshlang‘ich buyurtmalarning 
hajmlaridan ortiq bo‘lsa, ularning orasidagi farq ishorasi musbat (“+”) hisoblanadi. 
Aksincha, agarda chet el valyutasining xaridi uchun taqdim etilgan 
boshlang‘ich buyurtmalarning hajmlari sotuv uchun taqdim etilgan boshlang‘ich 
buyurtmalarning hajmlaridan ortiq bo‘lsa, ularning orasidagi farq ishorasi manfiy 
(“-”) hisoblanadi. 
Savdolar boshlanishida Savdo tizimidagi boshlang‘ich buyurtmalarning 
(xarid va sotuvga) hajmlari orasidagi farq ishorasi musbat (“+”) bo‘lsa, birja makleri 
chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursini bir birlikka tushiradi. 
Aksincha, Savdo tizimidagi boshlang‘ich buyurtmalarning(xarid va sotuvga) 
hajmlari orasidagi farq ishorasi manfiy (“-”) bo‘lsa, birja makleri chet el 
valyutasining so‘mga nisbatan kursini bir birlikka oshiradi. 
Agarda, chet el valyutasining sotuvi uchun taqdim etilgan boshlang‘ich 
buyurtmalarning hajmlari xarid uchun taqdim etilgan boshlang‘ich buyurtmalarning 
hajmlariga teng bo‘lsa, ularning orasidagi farq miqdori nolga (“0”) teng, deb 
hisoblanadi. Bu holda, savdolar yopiq deb e’lon qilinadi va barcha bitimlar uchun 
chet el valyutasining so‘mga nisbatan boshlang‘ich kursi qo‘llaniladi. 
Chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursi o‘zgartirishining minimal birligi 
– 0,01 so‘m. Savdolar boshlanishida chet el valyutasining xaridi va(yoki) sotuvi 
uchun taqdim etilgan boshlang‘ich buyurtmalarning umumiy hajmlari orasidagi farq 
miqdoridan kelib chiqqan holda, treyderlarning roziligi bilan, birja makleri minimal 


367 
kurs o‘zgarish birligini o‘zgartirishi mumkin. Kurs o‘zgarishining maksimal birligi 
– 0,1 so‘m. 
Savdo tizimida chet el valyutasining so‘mga nisbatan boshlang‘ich kursining 
birinchi o‘zgarishidan keyin kurs harakati yo‘nalishi o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Savdolar davomida treyderlar Savdo tizimiga qo‘shimcha buyurtmalar(7-
ilova) kiritishlari mumkin. 
Boshlang‘ich va qo‘shimcha buyurtmalarning miqdori operatsiya varag‘ida 
(8-ilova) aks ettiriladi. 
Har safar Savdo tizimiga treyderlar tomonidan buyurtma kiritilganida Savdo 
tizimi mazkur buyurtmalarga muvofiq quyidagi tartib-taomillarni amalga oshiradi: 
instrumentning xaridi uchun buyurtma kiritilganida, Dilerning so‘mdagi reja 
pozitsiyasini, O‘zRVB undiradigan vositachilik mukofotini hisobga olgan holda, 
ushbu buyurtmaning qondirilishi uchun etarli bo‘lgan miqdorga kamaytiradi va 
uning chet el valyutasidagi reja pozitsiyasini ko‘paytiradi; 
instrumentning sotuvi uchun buyurtma kiritilganida, Dilerning chet el 
valyutasidagi reja pozitsiyasini ushbu buyurtmaning qondirilishi uchun etarli 
bo‘lgan miqdorga kamaytiradi va uning so‘mdagi reja pozitsiyasini ko‘paytiradi. 
Savdolarni o‘tkazish jarayonida Savdo tizimidagi barcha buyurtmalarning 
hajmlari (xarid va sotuvga) orasidagi farq ishorasi musbat (“+”) bo‘lsa, birja makleri 
chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursini yana bir birlikka tushiradi. 
Aksincha, Savdo tizimidagi barcha buyurtmalarning hajmlari (xarid va 
sotuvga) orasidagi farq ishorasi manfiy (“-”) bo‘lsa, birja makleri chet el 
valyutasining so‘mga nisbatan kursini yana bir birlikka oshiradi. 
Savdolar o‘tkazishdagi bu jarayon Savdo tizimidagi barcha buyurtmalarning 
hajmlari (xarid va sotuvga) orasidagi farq miqdori nolga (“0”) teng bo‘lgunga qadar 
davom etadi. 
Savdo tizimidagi barcha buyurtmalarning hajmlari(xarid va sotuvga) 
orasidagi farq miqdori nolga (“0”) teng bo‘lganda, ya’ni chet el valyutasiga bo‘lgan 
talab va taklif hajmlarining tenglashishiga erishilsa, fiksing holati yuz beradi va birja 
makleri savdolarni yopiq, deb e’lon qiladi. 


368 
Savdolar davomida tuzilgan barcha bitimlar uchun chet el valyutasining 
so‘mga nisbatan yagona kursi qo‘llaniladi. 
Savdo tizimiga treyderlar tomonidan qo‘shimcha buyurtma kiritilganida chet 
el valyutasining xaridi va(yoki) sotuvi uchun taqdim etilgan barcha buyurtmalarning 
umumiy hajmlari orasidagi farq ishorasi o‘zgarsa, oxirgi berilgan buyurtma kurs 
belgilash uchun zarur bo‘lgan hajmda qondiriladi. 
Kurs belgilash jarayonida Savdo tizimiga turli Dilerlar tomonidan qo‘shimcha 
buyurtmalar bir vaqtda kiritilganda, maksimal summaga ega bo‘lgan buyurtma 
qondiriladi. Agarda, qo‘shimcha buyurtmalarning summalari ham teng bo‘lsa, bu 
buyurtmalar proportsional teng ravishda qondiriladi. 
Savdolar yakunlanganidan so‘ng, O‘zRVB

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish