Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


Valyuta birjasi savdolarining elektron tizimlariga qo‘yiladigan



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
9.3. Valyuta birjasi savdolarining elektron tizimlariga qo‘yiladigan 
umumiy texnik talablar
 
Birja savdolarining elektron tizimlari (keying o‘rinlarda BSET) quyidagilarni 
ta’minlashi lozim:
-
lokal hisoblash tarmoqlari sharoitlarida faoliyat ko‘rsatish; 
-
ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langanlik asosida, valyuta birjasi savdo 
ishtirokchilari (bundan buyon matnda savdo ishtirokchilari deb yuritiladi) haqidagi 
axborotni shakllantirish, saqlash va aks ettirishi; 
-
ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langanlik asosida, buyurtmalar, bitimlar va 
savdo natijalari bo‘yicha axborotni saqlash va aks ettirishi; 
-
ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotnomalar asosida axborotni 


359 
saqlash va aks ettirishi; 
-
dasturiy vositalar majmuining ishini qisqa yo‘riqnomalar, yordam 
ko‘rsatish va tushuntirishlar bilan ta’minlaniladigan menyu tizimi orqali tashkil 
qilishi; 
-
terminalning jismonan joylashishidan qat’i nazar, aniq vaqt rejimida birja 
savdolarida qatnashish imkonini yoki savdo ishtirokchilari o‘rtasida axborot 
almashinuvini ta’minlash; 
-
o‘tkazilgan birja savdolari bo‘yicha hisobotlarni mazkur savdolarning 
elektron bayonnomasi mazmuniga qat’iy mos keltirgan holda shakllantirish; 
-
birja savdolari jarayonida bajarilayotgan har bir operatsiyaga avtomatik 
ravishda identifikatsiya raqamini biriktirish va ushbu operatsiyalarni mazkur 
savdolarning elektron bayonnomasida yuritish. 
BSETning tarkibida quyidagi ma’lumotlar ro‘yxatga olinadigan birja 
savdolari bo‘yicha bajarilgan amallarning hisobini yurituvchi avtomatlashtirilgan 
(elektron bayonnoma) bo‘lishi lozim: 
-
savdoning ochilishi; 
-
savdoning yopilishi; 
-
savdo ishtirokchisini identifikatsiya qilish; 
-
savdo ishtirokchisining tizimga kirish vaqti; 
-
savdo ishtirokchisining tizimdan chiqish vaqti; 
-
savdo ishtirokchisi tomonidan buyurtma berilgan vaqt; 
-
savdo ishtirokchisi buyurtmani qaytarib olgan vaqti; 
-
savdo ishtirokchisi buyurtmani o‘zgartirgan vaqti;
-
savdo ishtirokchisi bitim tuzgan vaqti; 
-
birja tovarining nomi; 
-
buyurtmadagi birja tovarining miqdori; 
-
birja tovarining narxi. 
Yozuvlarni qayd qilish vaqtining formati — yil, oy, kun, soat, daqiqa, soniya. 


360 
BSETning dasturiy vositasi litsenziyaviy dasturiy ta’minotdan foydalangan 
holda va texnik topshiriqqa asosan ishlab chiqilishi hamda ekspluatatsiya qilinishi 
lozim. 
Axborotning to‘liq yoki qisman talofati yo‘qolishi va ma’lumotlar bazasi 
butunligi buzilishini oldini olish maqsadida BSETning dasturiy vositasi 
foydalanuvchining xatolariga, texnik nosozliklar holatlarida yuzaga keladigan 
xatolarga hamda ma’lumot bazasi xatolariga foydalanuvchiga uning keyingi xatti-
harakatlari ko‘rsatilgan axborotni taqdim etgan holda ishlov berilishini ta’minlashi 
lozim. 
BSETning dasturiy vositasida quyidagi funksiyalarni ta’minlaydigan 
dasturlar ishini nazorat qiluvchi modul bo‘lishi shart: 
foydalanuvchini identifikatsiya qilish (tanib olish), autentifikatsiya qilish 
(haqiqiyligini tasdiqlash) va avtorizatsiyalash (vakolatlarni o‘zlashtirib olish); 
BSET resurslaridan foydalanishni nazorat qilish; 
BSETda sodir bo‘layotgan voqealarni ro‘yxatga olish va tahlil qilish; 
BSET resurslari butunligini nazorat qilish. 
BSETning dasturiy vositasi quyidagi dasturiy tizimlardan iborat bo‘lishi yoki 
mavjud dasturiy tizimlar bilan elektron tarzda o‘zaro ishlashni ta’minlashi lozim: 
-
savdo tizimi; 
-
kliringni amalga oshirish va hisob-kitoblarni o‘tkazish tizimi; 
-
davlat qimmatli qog‘ozlari hisobini yuritish va saqlash tizimi; 
-
axborot-tahlil tizimi; 
-
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari (agar texnologik savdo jarayoni bunday 
tizim bilan o‘zaro ishlashni ko‘zda tutsa). 
Valyuta birjasida axborot xavfsizligi axborotni muhofaza qilishning tashkiliy-
texnik chora-tadbirlari va dasturiy-apparat vositalaridan iborat tizim bilan 
ta’minlanishi va quyidagilarni nazarda tutishi lozim: 
-
xodimlar va ishtirokchilarning BSETga kirishi uchun parollarni qo‘llash 
bo‘yicha sxemalar va yo‘riqnomalarni; 
-
BSET axborot resurslari va xizmatlaridan xodimlarning foydalanish 


361 
bosqichlarini bir-biridan farqlash sxemalarini; 
-
axborotni takrorlash hamda ma’lumotlar nusxalari va jo‘natilgan xabarlarni 
saqlash texnologiyasi bo‘yicha yo‘riqnoma va hujjatlarni; 
-
xodimlarning maxfiy hujjatlarni oshkor qilishi mumkin bo‘lgan yoki 
oshkor qilgan harakatlari uchun javobgarlikni belgilaydigan hujjatlarni; 
-
axborotni muhofaza etishni ta’minlash maqsadida ishtirokchilarning 
elektron tarzda o‘zaro aloqasida axborot almashinuvi qoidalarini belgilaydigan 
hujjatlarni. 
Savdolarning texnologik jarayoni ishtirokchilar uchun axborot almashinuvi 
maqsadida uzunligi 1024 bitdan kam bo‘lmagan kalitli ma’lumotlarni yagona 
shifrlash algoritmi qo‘llanilishi lozim. 
Tashkiliy choralar yuridik shaxslarni BSET dasturiy vositalarini loyihalash, 
yaratish, ekspluatatsiya qilish va ta’minlashga jalb qilish qoidasini tartibga soluvchi 
talablar hamda harakatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi mumkin. 
Valyuta birjasi a’zolarining BSETda axborotni kriptografik muhofaza qilish 
vositalaridan, shu jumladan, elektron raqamli imzodan foydalangan holda, ish olib 
borishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim. 
BSET dasturiy vositalarining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi xavf-
xatar tahdidi hamda ularning normal faoliyat yuritilishining buzilishi bilan bog‘liq
sabablar va sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlanishini ta’minlaydigan tegishli xavfsizlik 
siyosati bilan amalga oshirilishi lozim. 
BSET uzluksiz ravishda sutkasiga 24 soat mobaynida (ish kunlarida) ishlash 
imkoniyatini ta’minlashi lozim. 
Har bir ishtirokchi BSETdan teng shart-sharoitlarda foydalanish huquqiga ega 
bo‘lishi lozim. Ishtirokchilar soni BSET dasturiy vositasi ish unumdorligi yoki 
dasturiy-apparat tavsiflari bilan cheklanmasligi kerak. 
Valyuta birjasi savdo ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida 
savdo zalidagi terminallar soni etarli bo‘lishini ta’minlashi shart. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish