Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
 


362 
9.4. Valyuta birjasida banklararo savdo sessiyalarini o‘tkazish tartibi 
Valyuta birjasida savdolar Kuzatuv kengashiningqarori bilan tasdiqlangan 
“O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida banklararo savdo sessiyalarini 
o‘tkazish qoidalari asosida tashkil etiladi. 
Banklararo savdo sessiyalarida chet el valyutasining ularni kechiktirmasdan 
yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi birja bitimlari (spot) amalga 
oshiriladi. 
Banklararo savdo sessiyalarida chet el valyutasidagi operatsiyalar 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil yil 10 iyuldagi 
“Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 294-son Qaroriga, O‘zRVB Ustavi, O‘zbekiston Respublikasining 
valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda 
mazkur Qoidalar asosida amalga oshiriladi. 
O‘zRVB a’zoligiga qabul qilish tartibi, ularga qo‘yiladigan talablar, ularning 
huquq va majburiyatlari, birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish, shuningdek 
O‘zRVB a’zolari tarkibidan chiqarish tartibi “O‘zbekiston respublika valyuta 
birjasi” aksiyadorlik jamiyatiga a’zolik to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Diler bo‘lmagan vakolatli banklar banklararo savdo sessiyalarda 
operatsiyalarni Dilerlar orqali amalga oshirishlari mumkin. 
Banklararo savdo sessiyalarida O‘zRVBning funksiyalari quyidagilardir: 
-
birja savdolarini tashkil etish; 
-
savdolarda tuzilgan bitimlar bo‘yicha Hisob-kitob markazida ochilgan 
maxsus hisobraqamlar orqali hisob-kitoblarni o‘tkazish; 
-
savdolar yakuni bo‘yicha chet el valyutalarining so‘mga nisbatan joriy 
kursini belgilash va uni muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) o‘z rasmiy 
veb- saytida joylashtirish; 
-
Dilerlarni savdolarni o‘tkazish joyi hamda vaqti, shuningdek har bir birja 
savdosining yakunlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish. Savdolarni o‘tkazish 
vaqti va joyi bilan bog‘liq barcha o‘zgarishlar haqida O‘zRVB Dilerlarni savdolar 


363 
o‘tkaziladigan kundan kamida uch ish kuni oldin xabardor qiladi; 
-
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun shart sharoitlar 
yaratish; 
-
O‘zbekiston Respublikasi Valuta birjasi (keying o‘rinlarda O‘zRVB) va 
Dilerlar pul mablag‘larining alohida-alohida hisobini yuritish. 
Dilerlar taqdim etayotgan buyurtmalarining mazmuni O‘zbekiston 
Respublikasining qonunchilik talablariga mos kelishiga javobgardirlar. 
Savdolar jarayonida treyderlar tomonidan amalga oshirilgan barcha 
operatsiya va harakatlar ularni vakolatlagan Dilerlar operatsiya va harakatlaridek 
baholanadi. 
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasining chet el valyutasi bo‘yicha birja 
savdolarida ishtirok etish huquqi uchun treyderlarning attestatsiyasi (qayta 
attestatsiyasi) to‘g‘risida nizom”ga muvofiq O‘zRVBda attestatsiyadan o‘tgan va 
chet el valyutasi bo‘yicha birja savdolarida malakali ishtirokchi sifatida faoliyat 
ko‘rsatish huquqini beruvchi treyder sertifikatni olgan treyderlarga savdolarda 
ishtirok etishga ijozat beriladi. 
O‘zRVB treyderlarning vakolatlarini va tayyorgarlik darajalarini davriy 
ravishda tekshirib turishi huquqiga ega. Tekshiruv natijalari bo‘yicha, shuningdek, 
treyder tomonidan O‘zRVB ichki hujjatlarining talablari buzilganda, u savdolardan 
qatnashishdan vaqtincha yoki to‘liq chetlashtiriladi. Treyderlarga savdolarda o‘z 
hisobi hamda o‘z nomidan operatsiyalarni amalga oshirish ma’n etiladi. 
Dilerlar o‘zlarining treyderlari amalga oshirayotgan harakatlari va 
operatsiyalarining to‘g‘riligi va maxfiyligiga to‘liq javobgardirlar hamda 
o‘tkazilgan savdo yakunlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga 
majburdirlar. 
Dilerlar O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik hujjatlari va ushbu Qoidalar 
talablariga rioya qilishga majburdirlar. 
Dilerlar tomonidan chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibi 
va ushbu Qoidalar talablari buzilganligi aniqlangan hollarda O‘zRVB ichki 
hujjatlarida ko‘zda tutilgan choralarni qo‘llashga haqlidir. 


364 
Markaziy bank savdolarni tashkil qilish uchun hamda ularni o‘tkazish 
jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal etish maqsadida O‘zRVBga vakolatli 
vakilini
yuboradi. 
Savdolarni o‘tkazish zaliga faqat Kuzatuv kengashi a’zolari, treyderlar
Markaziy bankining vakolatli vakili va savdolarni tashkil qilish hamda o‘tkazishda 
qatnashuvchi O‘zRVB xodimlarigina kiritiladi. Ommaviy axborot vositalari
vakillari savdo o‘tkazish zaliga, kuzatuvchi sifatida O‘zRVB Ijroiya organi ruxsati 
bilan qo‘yiladi. 
Savdo boshlanguniga qadar va uni o‘tkazish paytida birja makleri Markaziy 
bankning vakolatli vakili bilan quyidagilarni bajarishda birgalikda ish olib boradi: 
savdolarni o‘tkazishga tegishli Markaziy bankning yozma ko‘rsatmalarini 
qabul qilish (jumladan, texnikaviy nosozliklar yuzaga kelganidagi harakatlar 
haqida); 
Markaziy bankdan qabul qilingan yozma ko‘rsatmalar haqida O‘zRVB 
rahbariyatini xabardor qilish; 
Markaziy bankning yozma ko‘rsatmalariga tegishli bo‘lgan O‘zRVB 
qarorlarini bajarish. 
Savdo qoidalariga kiritilgan barcha o‘zgarish va qo‘shimchalar kuchga 
kirgandan so‘ng dilerlar besh ish kunidan kechikmay xabardor qilinadi, agarda 
Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra boshqa muddat va tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa. 
Chet el valyutalari birja savdolariga qo‘yilgan chet el valyutalari ro‘yxatiga 
tovarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berishni amalga oshirish tartib-taomilisiz 
kiritiladi. 
Chet el valyutalari bo‘yicha savdolar birja instrumentini sotish va sotib olish 
uchun taqdim etilgan buyurtmalarning umumiy hajmlari tengligiga erishilganda 
kursni belgilash printsipiga asoslangan
 
uslubda (“fiksing”uslubi) bir haftada 
kamida ikki marta o‘tkaziladi. 
Banklararo savdo sessiyalarini o‘tkazish vaqti soat 11-00 dan 13-00 gacha etib 
belgilanadi. 


365 
Savdolarni o‘tkazishdan bir kun oldin Dilerlar O‘zRVBga soat 9-00 dan 13-
30 gacha chet el valyutasining xaridi va (yoki) sotuvi uchun dastlabki buyurtmalarni 
(

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish