Valyuta birjasi –
chet el valyutasi, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyaviy
hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bog‘liq boshqa
birja bitimlari bo‘yicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda
Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit
auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxsdir.
Valyuta birjasi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish
to‘g‘risida»gi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi, «Birjalar
va birja faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlariga, “Valyuta birjasi faoliyatini
litsenziyalash tartibi” to‘g‘risida”gi nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga
muvofiq tartibga solinadi.
Valyuta birjasini litsenziyalovchi organ – O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankidir. Bunda litsenziya da’vogari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankiga valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya
berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etadi.
Valyuta birjasi yuridik shaxs bo‘lib, respublikamizda aksiyadorlik jamiyati
sifatida tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga
ega bo‘lgan valyuta birjasi litsenziat, deb yuritiladi. Litsenziya amal qilish muddati
cheklanmagan holda beriladi. Litsenziyani berish, amal qilishini tugatish, bekor
qilish, to‘xtatib turish, qayta rasmiylashtirish yoki qayta tiklash O‘zbekiston
352
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan rasmiylashtiriladi. Valyuta
birjasi faoliyatini tartibga solish litsenziyalovchi organ O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari
va shartlari hisoblanadi:
a) birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va birja savdolari
qoidalariga rioya qilish;
b) aksiyadorlik jamiyatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondi
(ustav kapitali)ning eng kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqlik;
v) kamida 10 ta tijorat banki sifatidagi birja a’zolarining mavjud bo‘lishi;
g) tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar
yaratilganligi;
d) belgilangan umumiy texnik talablarga qat’iy rioya etgan holda
shakllantirilgan birja savdolari elektron tizimining mavjudligi;
e) birja savdolarini oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan
qoidalar asosida elektron shaklda valyuta birjasi a’zolarining barchasiga ushbu
savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda o‘tkazish;
j) kliringni amalga oshirish va hisob-kitoblarni o‘tkazish, shuningdek davlat
qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish va ularni saqlash tizimining
mavjudligi;
z) axborotni qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilish;
i) litsenziyalovchi organning talabiga ko‘ra birja faoliyatini amalga oshirish
bilan bog‘liq axborotni taqdim etish;
k) xonalarning texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qo‘riqlash va
yong‘indan ogoh etish vositalari bilan jihozlanganligi;
l) kundalik buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlovchi dasturiy
ta’minotning mavjudligi;
m) birja savdolarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda
tuziladigan elektron bayonnomalar tarzida kiritilgan birja bitimlari to‘g‘risidagi
353
axborotni arxiv ishlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq
saqlash.
Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organga quyidagi
hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: litsenziya
da’vogarining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili),
elektron manzili, bank hisobi rekvizitlari;
b) litsenziya talablari va shartlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
v) litsenziya da’vogari ustavining nusxasi;
g) litsenziya da’vogarining boshqaruv organlari tarkibi to‘g‘risida ma’lumot;
d) litsenziya da’vogarining chet el valyutasi, davlat qimmatli qog‘ozlari,
moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi
va banklararo pul bozori, shuningdek Markaziy bankning tijorat banklari bilan
amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish bo‘yicha
bo‘linmalari, shuningdek xodimlar malakasi, bo‘linmalar ixtisoslashuvi va ularning
texnik jihozlanganligi tavsiflangan tashkiliy tuzilmasi.
Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan
litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron
shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron
shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi
bilan tasdiqlanadi.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron
manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot
tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligidir.
Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun
litsenziya da’vogari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Litsenziya
da’vogaridan qonunchilikda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni
talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya olish uchun ariza bilan barcha zarur hujjatlar litsenziyalovchi organ
tomonidan ushbu hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida ko‘rib
354
chiqiladi. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan
hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Lekin, litsenziyalovchi
organ tomonidan litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq davlat
boji undiriladi. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch
kun mobaynida litsenziya da’vogarini litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad
etish to‘g‘risidagi qaror haqida xabardor qiladi. Litsenziya berish bo‘yicha qaror
qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda
jo‘natiladi (taqdim etiladi). Litsenziya litsenziya da’vogari tomonidan davlat boji
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini
imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi. Litsenziya
blankasining asl nusxasi litsenziatga beriladi, litsenziya nusxasi litsenziyalovchi
organda saqlanadi. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro
huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi lozim:
-
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
-
tomonlarning rekvizitlari;
-
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
-
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
-
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning
javobgarligi;
-
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishining
litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinishi tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi litsenziyalovchi organda
qoladi, ikkinchisi esa litsenziatga beriladi.
Litsenziyalovchi organ quyidagi sabablarga ko‘ra litsenziya berishni rad
etishga haqlidir:
-
litsenziya da’vogari hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmagan holda
taqdim etishi;
-
litsenziya da’vogari taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
355
-
litsenziya da’vogarining litsenziya berish talablari va shart-sharoitlariga
nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq
emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga
yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning
sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni
ko‘rib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda
yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada
ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga
mutanosib bo‘lishi kerak.
Litsenziya da’vogari litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan
sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya
da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n
kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga
oshiriladi. Litsenziya da’vogarlarining arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun
ham yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya da’vogarining arizasini takroran ko‘rib chiqishda litsenziya
berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar
bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya da’vogarining litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada
ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan arizasi yangidan berilgan deb
hisoblanadi.
Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta
manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan
o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan
ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta
rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Litsenziat litsenziya qayta
rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya
asosida
amalga
oshiradi.
Litsenziyalovchi
organ
litsenziyani
qayta
356
rasmiylashtirishda
litsenziyalar
reestriga
tegishli
o‘zgartirishlar kiritadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli
hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza
olingan kundan boshlab, besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziya
yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat
berilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
-
litsenziat tomonidan valyuta birjasi faoliyatini tartibga soluvchi qonun
hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlanganda;
-
litsenziat tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari
va shartlari buzilishi aniqlanganda;
-
litsenziyalovchi organning litsenziat faoliyatida aniqlangan qoida
buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalari litsenziat tomonidan
bajarilmaganda.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan
e’tiboran uch kundan kechiktirmay etkaziladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib
turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilaydi. Bunda
belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan
holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyalovchi organ ko‘rsatilgan holatlar
bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning
amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul qiladi.
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
-
litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan
murojaat qilganda;
-
litsenziatning faoliyati yuridik shaxs sifatida tugatilganda — tugatilgan
paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda —
qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning o‘zgartirilishi bundan mustasno;
357
-
litsenziat litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va
shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
-
litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan
holatlarni litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi
qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan
kechiktirmay etkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish
to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya
litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak. Litsenziyaning amal
qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek
litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak. Tugatish
to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi
tugatiladi.
Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
-
litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
-
agar litsenziat litsenziya berishi haqida qaror qabul qilingani to‘g‘risida
xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran bir oy ichida litsenziya
bitimini imzolamagan bo‘lsa;
-
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi dalili
aniqlanganda.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori
litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan
kechiktirmay etkaziladi.
Litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan
e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q
qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot
vositalarida, shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida e’lon
qilinishi kerak.
358
Litsenziat faoliyatini tartibga solish va litsenziya talablari va shartlariga rioya
etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari
doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo
bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat
tomonidan aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar)
tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi
qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor
qilish to‘g‘risida qaror chiqarish.
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi
organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi,
ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda
qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |