Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
 


383 
9.6. Kriptovalyutalar. Kriptovalyutalar bozori. Kriptovalyuta turlari. 
Bitkoin. 
Soʻnggi yillarda kriptovalyutalar moliya bozorida shiddat bilan 
rivojlanayotgan asosiy tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda. 
Kriptovalyutalar
– shunday toʻlov vositasiki, bunday toʻlov tizimining egasi 
ham, ichkaridan yoki tashqaridan biror boshqaruvchisi mavjud emas. Bunday 
tizimning asosiy xususiyati ham bevosta markazlashtirilmagan tartibda 
ekanligidadir.
Kriptovalyutalarni bir tomondan oʻziga xos gʻoyaga asoslangan pullarning 
yangi koʻrinishi sifatida, ikkinchi tomondan esa nima bilan savdo qilishlariga 
ahamiyat bermay, faqatgina foyda olishni koʻzlovchi spekulyantlar uchun juda 
qiziqarli boʻlgan urfdagi, oʻzgaruvchan (volatil) moliyaviy aktivlardan biri sifatida 
aniq farqlab olishimiz lozim.
Insonlarning dunyo haqidagi qarashlarini yuqori tezlikda kechuvchi 
jarayonlar qanchalik oʻzgartirmaydi deysiz-a? Koʻpincha insonlar, huddi baliq 
qarmoqqa bogʻlangan yaltiroq xoʻrakka talpinganidek, urfdagi hodisa ortidan 
kelajak uchun barcha narsalari bilan risk qilishga tayyor boʻlishadi. Ayniqsa, bunda 
ularning ham fikrlari koʻp boʻlsa. 
Kriptovalyutalar –
raqamli yoki virtual valyuta hisoblanib, ularda xavfsizlik 
uchun 
kriptografiya (grekcha soʻz, 
maxfiy belgilar bilan yozilgan xat
)
dan 
foydalaniladi. 
Kirptografiya 
– 
bu 
ma’lumotni 
koʻzda 
tutilmagan 
foydalanuvchilardan himoyalash yoʻlida, axborotni oʻzgartirish bilan bogʻliq 
boʻlgan gʻoya va usullar yigʻindisidir. Tarixiy jihatdan, kriptografiya maxfiy 
ma’lumotlar, asosan, maxfiy xizmat va razvedka idoralari tomonidan maxfiy 
ma’lumotlardan himoya qilish uchun ishlatilgan. Ushbu sohadagi olimlarning 
koʻpchiligi, har qanday hukumat yoki bank kabi boshqa vositachilar bilan 
bogʻlanmagan avtonom raqamli valyutaning oʻzi yashaydigan maxfiylik va erkinlik 
tufayli foydali va qulay deb hisoblaydilar. Bunday tizimda pulni boshqa joyga 
oʻtkazilishi, mahalliy va xalqaro miqyosdagi hududlar davlat tartib-qoidalarini 
chetlab oʻtgan holda osonlik va tezda amalga oshirilishi mumkin. AQSHda 


384 
kriptografiya asoschisi Horst Fietsel tomonidan “Dighital Enscryption Standard” 
(DES) ning 1975-yil 17-martda Federal Reyestriga kiritilishi bilan qabul qilinadi.
Ushbu tizim xavfsizlik xususiyati tufayli kriptovalyutalarini soxtalashtirish 
murakkab hisoblanadi. Kriptovalyutaning alohida xususiyatlaridan biri uning 
muomilaga kiritilish jarayonidir. Ya’ni, u hech qanday markaziy hokimiyat 
tomonidan berilmaydi va uni davlat aralashuvi yoki manipulyatsiyasidan holi 
hisoblanadi. Oʻz oʻrnida Kriptovalyutalarda ham kamchiliklar ham mavjud. 
Shuningdek, ularning moliya bozoridagi dastlabki rivojlanish bosqichlari, xavf-
xatarlari, imkoniyatlari va ularning kelajakdagi holati kriptovalyutalar bozorini 
alohida jihatini asoslaydi. 
Kriptografik pullarning kelajagini bashorat qilish oson emas, chunki rasmiy 
tuzilmalar sohasida ayniqsa juda koʻp ishlar qilinishi kerak. Shu bilan birga, banklar 
va boshqa moliya institutlari kelajakda moliyaviy bitimlar uchun alternativ sifatida 
kriptovalyutalarni koʻra olishi kerak. Soʻnggi yillarda jahon moliya bozorida katta 
oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Shuningdek, valyuta instrumentlari sifatida 
ishlatiladigan vositalarni, savdo operatsiyalarini iloji boricha osonlashtirsh va 
qulaylashtrirish, bozor ehtiyojlariga mos ravishda oʻzgarishlarini va rivojlanishni 
talab etmoqda. Tovar ayriboshlanishi uchun foydalaniladigan vositalar pul deb 
ataladi. Pul - bu oʻzaro kelishuv vositasi boʻlib, bozorning barcha ishtirokchilari buni 
amalga oshirishda ishtirok etadilar. Insoniyat va jamiyat, iqtisodiy munosabatlar, 
bozorlar tobora rivojlanib borishi sababli, murakkab tovar almashinuvi vositalariga 
ehtiyoj paydo boʻldi. Shu munosabat bilan, shifrlangan valyutalarning joriy etilishi 
xalqaro toʻlov tizimini bir necha yil avval tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada 
kengayishiga sabab boʻlmoqda.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish