O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“Transport harakatini tashkil etish”
kafedrasi
1-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Telefon aloqasi tizimida poyezdlar harakatini uchastkalarda tashkil etish
Bajardi: ТF-322 guruh talabasi
|
U.Sh.Sa’dullayev
|
Qabul qildi: assistent, M.M. Po‘latov
|
Toshkent – 2022
1-LABORATORIYA ISHI
TELEFON ALOQASI TIZIMIDA POYEZDLAR HARAKATINI UCHASTKALARDA TASHKIL ETISH
Telefon aloqa vositalarida poyezd peregonni egallash uchun lokomotiv mashinistiga taqdim etiladigan yo’l xati (qog’ozi) (DU-50 shaklidagi blankda keltirilgan) ruxsatnoma bo’lib xizmat qiladi.
Yo’l xati (qog’ozi)ni berishdan oldin stansiya navbatchisi quyidagi xabarlarni qabul qilishi shart: bir yo’llik peregonlarda poyezdni qabul qilishga roziligi xususida qo’shni stansiya navbatchisining poyezd telefonogrammasini, ikki yo’llik peregonlarda esa, ushbu stansiyaga avval jo’natilgan poyezdning yetib kelganligi to’g’risida poyezd telefonogrammasini.
Qo’shni stansiyalar o’rtasida poyezd telefonogramalari bilan shaxsan stansiya navbatchilari yoki ularning ko’rsatmasi bo’yicha operatorlar almashadilar.
Poyezdlar harakati xaqidagi barcha so’zlashuvlar stansiyalararo poyezd telefon aloqasi yoki poyezd dispetcherlik aloqasi orqali olib borilishi lozim.
Stansiyalararo poyezd aloqasi va poyezd dispetcher aloqasi nosoz bo’lgan favqulotda holatlarda poyezdlar harakati to’g’risida so’zlashuvlar stansiya navbatchisining ixtiyorida bo’lgan boshqa aloqa vositalari bo’yicha ham olib borilishi mumkin.
Yo’l xat (kog’oz) lari blankalari stansiya navbatchisi yoki operator tomonidan shaxsan to’ldiriladi.
Stansiya navbatchisi yoki operator yo’l xat (qog’oz)i blankalarini faqat poyezd telefonogrammalari jurnalida tegishli yozuvlar: bir yo’llik peregonlarda - qo’shni stansiyadan poyezdni qabul qilishga roziligi xaqida poyezd telefonogrammasi, ikki yo’lli peregonlarda — qo’shni stansiyaga avval jo’natilgan poyezdning yetib borganligi to’g’risida poyezd telefonogrammasi mavjud bo’lsagina to’ldirish xuquqiga egadirlar.
Operator tomonidan to’ldirilgan yo’l xati (qog’ozi) blankasini stansiya navbatchisi poyezd telefonogrammalari jurnalidagi yozuvlar bo’yicha tekshirishi hamda stansiya shtempeli va o’z imzosi bilan tasdiqlashi lozim.
Jo’natish yo’llari stansiya navbatchisi postidan yiroqlashgan, xizmat so’zlashuvlari qayd etgichlarda qayd etiladigan stansiyalar uchun bu xuquq park navbatchisiga, stansiya texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan, stansiya navbatchisi va park navbatchisi oldida maxsus jurnallarda ro’yxatga olinuvchi buyruq asosida taqdim etilishi mumkin. Bu holda yo’l xati (qog’ozi) ni park navbatchisi imzolaydi va mashinistga taqdim etadi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
a) peregonni boshqa poyezd band etib turgan paytda poyezdni jo’natish to’g’risida so’rov yuborish;
b) qo’shni stansiyadan poyezdni qabul qilishga roziligi to’g’risida (bir yo’llik peregonlarda) yoki avval jo’natilgan poyezd yetib borganligi to’g’risida (ikki yo’llik peregonlarda) poyezd telefonogrammalarini qabul qilmasdan turib, yo’l xati (qog’ozi) blankalarini to’ldirish;
v) jo’natilayotgan telefonogrammalarini poyezd telefonogrammalari jurnaliga yozishdan ilgari va stansiya navbatchisining imzoisiz uzatish.
Yo’l xati (qog’ozi) mashinistga qo’shni stansiyaning kirish signaligacha, poyezd noto’g’ri yo’ldan jo’natilganda va kirish signali mavjud bo’lmaganda - "Stansiyaning chegarasi" signal belgisigacha harakatlanish xuquqini beradi.
Poyezdlarning to’xtovsiz harakatida yo’l xat (qog’oz)lari lokomotivga qo’lda uzatkichga solinib va odatda, stansiya navbatchisi xonasi tomonidan uzatilishi mumkin.
Poyezd chiqish signali mavjud yo’ldan jo’natilganda, yo’l xati (qog’ozi) bo’lgan taqdirda, yopiq signalni o’tishga yozma ruxsatnoma berish talab qilinmaydi.
Poyezd ikki lokomotiv yoki peregonning boshdan oxirigacha suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda, yo’l xati (qog’ozi) yetakchi lokomotiv mashinistiga taqdim etiladi.
Poyezd peregonning bir qismida suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda, yo’l xati (qog’ozi) suruvchi mashinistiga ham taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |