Ўзбекистон темир йўллари


POYEZD TELEFONOGRAMMALARI JURNALINI



Download 76,01 Kb.
bet2/8
Sana01.03.2022
Hajmi76,01 Kb.
#476735
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-laboratoriya ishi.

POYEZD TELEFONOGRAMMALARI JURNALINI YURITISH TARTIBI
Poyezdlar telefon aloqasi bo’yicha harakatlanganda, har bir stansiyada poyezd telefonogrammalari jurnali yuritiladi.
Poyezd telefonogrammalari jurnali bo’yicha istalgan har bir paytda tegishli peregonning (yoki peregonning yo’li) bo’sh yoki band ekanligi yaqqol ko’rinishi kerak.
Bir yo’llik peregonlarni chegaralovchi stansiyalarda bitta jurnal tutiladi. Jurnalning chap betlarida bir peregonga, o’ng betlarida esa - ikkinchi peregonga taalluqli bo’lgan telefonogrammalar yoziladi.
Bir yo’llik peregonlarni chegaralovchi berk yo’ldagi stansiyalarda poyezd telefonogrammalari betlarga bo’linmasdan ketma-ket tartibda yoziladi.
Ikki yo’llik peregonlarni chegaralovchi stansiyalarda har bir peregon uchun alohida, ikkita poyezd telefonogrammalari jurnali yuritiladi: har bir jurnalning chap betlarida toq yo’nalishdagi poyezdlar, o’ng betlarida esa - juft yo’nalishdagi poyezdlar uchun telefonogrammalar yoziladi.
Poyezd ikki yo’llik peregonda noto’g’ri yo’ldan jo’natilsa, toq yo’nalishdagi poyezdlar uchun telefonogrammalar jurnalining o’ng betlarida, juft yo’nalishdagi poyezdlar uchun esa, jurnalning chap betlarida yoziladi.
Ikki yo’lning peregonninig asosiy yo’llaridan birida harakatlanuvchi poyezdlar xaqidagi barcha telefonogrammalar hamma hollarda jurnalning peregonning ushbu asosiy yo’liga tegishli bo’lgan bir varag’ida yoziladi.
Stansiyaga uch yoki undan ortiq yo’nalish tutashgan bo’lsa, ushbu yo’nalishlardagi tutashgan har bir peregon uchun poyezd telefono-grammalarining alohida jurnali yuritiladi.
Barcha poyezd telefonogrammalari jurnalda shaxsan stansiya navbatchisi yoki operator tomonidan faqat siyoh bilan yozilishi shart.
CHiqish telefonogrammalari shaxsan stansiya navbatchisi tomonidan imzolanishi lozim.
Operator har bir kirish telefonogrammasini yozgandan so’ng, o’qishi va imzolashi uchun darhol stansiya navbatchisiga taqdim qilishi kerak.
Poyezd telefonogrammalari jurnaliga yozuv vaqtini qisqartirish maqsadida, AJ tashishlarnni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’ining farmoyishi bilan poyezd telefonogrammalari matni tushirilgan maxsus shtamplar qo’llanishi mumkin.
Chiqish poyezd telefonogrammalari Toshkent vaqti bo’yicha nol’ soatdan boshlab sutka mobaynida (birinchi nomerdan boshlab) har bir peregon uchun alohida olib boriladi. Signalizatsiya va aloqaning asosiy vositalari harakati to’xtashi natijasida telefon aloqasiga o’tilgan paytdan boshlab, chiqish telefonogrammalari birinchi nomerdan yuritiladi. Asosiy aloqa va signalizatsiya vositalarining sutka mobaynida takroran uzilishlari va telefon aloqasiga o’tish paytida, birinchi o’tishda boshlangan jo’natilayotgan telefonogrammaning ketma-ketlik nomerlanishi saqlanib qoladi.
Kirish telefonogrammalari jurnalga ularni jo’natgan stansiya qo’ygan nomer bo’yicha yoziladi.
Poyezd telefonogrammalarida tuzatish va qo’shimchalar kiritish, ularni bo’yash man etiladi. Hato yozilgan chiqish poyezd telefonogrammasi ustidan xoch shaklida chiziladi va tagiga "Haqiqiy emas" deb yoziladi. Ushbu telefonogramma nomerlanmaydi va qo’shni stansiyaga jo’natilmaydi.
Stansiya navbatchilari va operatorlari navbatchilikni qabul qilib, topshirayotganlarida poyezd telefonogrammalari jurnalida quyidagi shalda qayd kiritadi:



Download 76,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish