O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/128
Sana07.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#535797
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot

Хулоса
Кўрсатма: 
тренинг иштирокчиларига қуйидагича карточка тарқатилади. 
“Менга тренингда ёққан нарса ...” 
“Мен машғулотда ... лар ҳақида маълумотга эга бўлдим!” 
“Мен навбатдаги учрашувда ... ни исбот қиламан.” 
Сўнг ўқитувчи томонидан тренинг иштирокчиларига ўқиб берилади. 
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar

1.Quyidagi «.. donolar bisotidan..» deb nomlanmish hikoyatlardan parchalarni o’qing va 
mushohada qiling.
Ilm o’rganish fazilatlari haqida
Allohning yerdagi elchisi Rasululloh aytmishlarki, ilm o’rganish har bir mo’min va muslima 
uchun farzdir. Ilm tolibi uchun borliq mavjudot, hatto dengizdagi baliqlar ham (o’z) gunohlarini 
so’rab istig’for aylaydilar.


Ilm ibodatdan afzaldir, chunki u dinni tutib turuvchidir. Bilim olmoq ikki toifaga bo’linur, ya’ni 
biri qalban ilmga tashnalikdur, bu foydali ilmdur. Bunday ilm kishi hayotini toabad nurafshon 
qiladur. Ikkinchi xildagi ilm esa faqat tildagidur.
Savol: Bu hikoyatda qanday ilm to’g’risida fikr bildirilyapti?
2. 
F a r o s a t u ch u n m a o sh. 
Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi 
ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida 
anchagina farq bo’lib, biri ko’p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. 
Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og’zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda 
hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o’z ishlari bilan mashg’ul bo’lar ekan.
Sabr kosasi to’lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to’kib solibdi.
Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror 
vazifadan bo’yin tovlagan yerim yo’q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib 
biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim yetmayotir,- 
debdi.
Xoja mirzaning so’zini eshitib miyig’ida kulibdida, uning da’vosi to’g’ri ekanligini tan olibdi va 
bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi.
Bosh ustiga!- debdi mirza tavoze bilan o’rnidan turarkan.
Bo’lmasa eshiting- debdi xoja.-Karvonsaroyga Bog’doddan savdogarlar tushishibdi. Borib 
ulardan so’rang-chi, bisotlarida baxmal matosi bormikan?
Mirza ko’ksiga kaftini qo’yib: «Xo’p bo’ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha 
vaqt o’tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi.
-Taqsir bog’dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan!-debdi.
Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi?-debdi xoja.
Yo’q! Rangini so’ramabman.
Rangini bilib keling!- deb buyuribdi xoja mirzaga.
Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o’tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi.
Bildim taqsir! Rangini so’rab bildim! Pistamagiz ekan baxmal rangi!
Yaxshi, - debdi xoja.- Baxmalning gazini necha so’mdan sotarkanlar bog’dodlik birodarlar?
Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga zing’illabdi va u yerdan 
baxmal narxini ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo’lib 
qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?»-degan savolni ko’ndalang qilib, uni mulzam 
qilibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan 
ekan, xoja uni to’xtatibdi.
To’xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib,birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni 
aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o’tgach, xoja va birinchi 
mirza o’tirgan yerga kirib kelibdi.
To’g’ri taqsir! Karvonsaroyga Bog’doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari 
xam bisyor emish,- debdi.
Rangi qanday ekan uning?
Rangi pistamag’iz, sifati ham soz!
Har gazini qanchadan deyishmoqda?
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xojasining «Hammasi bo’lib qancha 
baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi.
Shu paytdan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va 
birinchi mirzaga yuzlanibdi.
Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini?
Maosh belgilashda xodim farosati xam e’tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir!- 
debdi.
Savol
: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 
2)Mustaqil fikrlovchi inson bo’lib shakllanishda farosatning o’rni qanday? Sizning fikringizcha , 


xalq manfaatini ko’zlashda, Vatan ravnaqini yuksaltirishda mustaqil fikrlash ko’nikmalari 
zarurmi? . Javobingizni asoslab bering 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish