O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Eron  tog‘ligi.  Old  Osiyo  tog‘liklari  orasida  maydoni  jihatidan  eng  kattasi 

Eron  tog‘ligidir.  Uning  maydoni  2,7  mln  km

2

,  g‘arbdan  sharqqa  2500  km, 



shimoldan  janubga  1500  km  masofaga  cho‘zilgan.  Eron  tabiiy  geografik  o‘lka 

sifatida  shimolda  Turon  tekisligi  va  Kaspiy  dengizi  bilan,  g‘arbda  Armaniston 

tog‘ligi  bilan,  janubi-g‘arbda  Mesopotamiya  pasttekisligi  bilai,  janubda  Fors, 

Omon  qo‘ltiqlari  va  Arabiston  dengizi  bilan,  sharqda  Hind  daryosi  tekisligi  va 

Hinduqush tog‘lari bilan chegaralanadi. O‘lka uchun yoysimon shaklda cho‘zilgan 

chekka tizma tog‘lar, ichki keng yassi tog‘liklar va berk botiqlar, kam rivojlangan 

gidrografik  to‘r,  quruq  iqlim,  cho‘l  va  chala  cho‘l  landshaftlarining  xukmronligi 

xarakterli. 

Eron tog‘ligining  yoysimon  cho‘zilgan  chekka tizma  tog‘lari ikki  polosaga 

bo‘lingan.  SHimoliy  polosa  Elburs,  balandligi  2000-3000  m  atrofida  bo‘lgan 

Turkman-Xuroson,  Paropamiz  tog‘  tizmalaridan  tashkil  topgan.  Bu  tizmalarning 

eng  baland  joylari  Elbursda  5604  m  (Demovend  vulkani),  Turkman-Xurosonning 

shimoliy  qismm  Kopetdog‘da  3117  m  (Xazormasjid  cho‘qqisi),    janubiy    qismi  

Nishapurda  3314  m    (Ko‘hi  Binlaud  massivi)  va  Bandi  Turkistonda  3809  m. 

Kopetdog‘  va  Nishapur  tizmalari  oralig‘ida  Kuchan-Mashhad  botig‘i  joylashgan. 

G‘arb  tomonda  bu  tog‘lar  Turkmaniston  Kaspiybo‘yi  pasttskisligining  janubiy 

qismi  hisoblangan  Gorgan  pasttekisligiga  tik  tushgan.  Janubiy  polosa  Zagros, 

Makran  va  Sulaymon  tizmalaridan  iborat.  Janubiy  tizmalarning  maksimal 

balandliklari  Zagrosning  markaziy  qismidagi  Baxtiar  tog‘  massivida  4548  m 

(Zardko‘h  cho‘qqisi),  Sulaymon  tog‘idagi  Obashta  cho‘qqisida  3441  m  va 

Markaziy Makran tizmasida 2293 m. 

Eron tog‘ligining‘ ichki qismi O‘rta Eron, O‘rta Afg‘on tog‘lari bilan keng 

cho‘l tekisliklarga va botiqlarga bo‘lingan. Ichki tog‘larning balandligi 1500-2000 

m  atrofida.  Ularning‘  ayrim  cho‘qqilari  4000  m  dan  ham  oshadi.  Jumladan 

Ko‘hirud tizmasining Xazar cho‘qqisi dengiz sathidan 4419 m, SHirko‘h cho‘qqisi 

4075 m, Sarhad tog‘idagi Teftan so‘ng‘an vulkani 4042 m baland. Ichki regionda 

joylashgan  Dashti  Kabir,  Dashti  Lut,  Jazmuriyon,  Seyiston,  Registon,  Dashti 

Margoh tekisliklari va botiqlari sho‘rhok, gilli, toshloq va qum cho‘l landshaftlari 




bilan band. Tekislik va botiqlar yuzasining balandligi 200 m dan 600 m gacha, tog‘ 

etaklariga yaqin joylarda 800 m gacha boradi. 

Eron  tog‘ligidagi  kristall,  vulkanik  va  cho‘kindi  jinslarda  xilma-xil  foydali 

qazilmalar  vujudga  kelgan.  Eronning‘  janubi-g‘arbiy  qismida,  Zagros  tog‘ 

etaklarida, Kaspiybo‘yi pasttekisligida neft konlari ishlab turibdi. Ichki va chekka 

tog‘  tizmalarida  temir,  mis,  rux,  qo‘rg‘oshin  ruda  konlari,  oltin  keng  tarqalgan. 

SHimoliy botiqlarda toshko‘mir qazib olinadi. Zagros tizmasining janubiy qismida, 

ichki rayonlardagi sho‘r ko‘llar atrofida katta zaxdraga ega bo‘lgan osh, kaliy va 

glauber tuz konlari mavjud. 

Eron  tog‘ligi  subtropik  iqlim  mintakasida  joylashgan.  Ichki  tekisliklari  va 

botiqlari tog‘ tizmalari bilan o‘ralgangili sababli uning hududida quruq kontinental 

iqlim,  yozda  yuqori  harorat  ustunlik  qiladi.  Tog‘likning  katta-  kismida  iyulning 

o‘rtacha  harorati  24°S  atrofida.  Markaziy  tekisliklarda  va  janubda  harorat  30°, 

32°S  gacha  boradi.  YOzda  tropik  havo  shakllanib  haroratni  40°,  50°S  gacha 

ko‘taradi.  YAnvarning  o‘rtacha  harorati  Kaspiybo‘yida  +10°S,  janubda  +15°S. 

Ichki  botiqlarda  va  tog‘likning  katta  qismida  esa  0°S  atrofida.  Ichki  cho‘llarda 

yog‘in  miqdori  50-100  mm  dan  oshmaydi.  CHekka  tog‘larning  ichki  yon 

bag‘rlarida 200-300 mm gacha ko‘payadi. Elburs tog‘ining shimoliy yon bag‘rida 

va  Kaspiy  sohilida  1000-2000  mm  ni  tashkil  etadi.  Musson  ta’sirida  bo‘lgan 

Xayber va Sulaymon tog‘larining janubi-sharqiy yon bag‘rlariga 1000 mm yog‘in 

tushadi. 

O‘lka  er  usti  suvlariga  juda  kambag‘al.  Daryolari  Kaspiy  dengizi,  Fors  va 

Oman  qo‘ltiqlari  hamda  berk  havzalarga  qaraydi.  Eng  yirik  daryolari  Atrek, 

Gorgan,  Gerirud,  Keshefrud,  Gilmend,  Xashrudoardir.  Ko‘pchilik  vohalar  daryo 

vodiylari bo‘ylab joylashgan. Er usti suvlari aholining suvga bo‘lgan talabini to‘liq 

qondira olmaydi. SHuning uchui kishilar ko‘pchilik joylarda kuduqlar va karizlar 

qazib er osti suvlaridan ham foydalanadilar.         

Eron  tog‘ligida  ko‘llar  mo‘‘tadil  tarqalgan.  Biroq  ular  sayoz,  sho‘r,  aksariyati   

yozda      qurib      qoladigan      ko‘llardir,      Bular      Daryochai-Namak,  Bextegan, 

Jazmurian,  Gaudi-Zira,  Sabari  va  boshqa  ko‘llardir.  Ularning  atrofini  sho‘rxoklar 

qoplab  olgan.  Ko‘llarning  suv  rejimi  va  qiyofasining  o‘zgarishi  atmosfera 

y

o



g

i



n

l

a



r

i

g



a

 

b



o

g



l

i

q



O‘lka hududida cho‘l bo‘z tuproqlari va chala cho‘l qo‘ng‘ir tuproqlari keng 

tarqalgan.  Tekislik  va  botiqlarda  sho‘rxok  tuproqlar  rivojlangan.  Ayniqsa  Dashti 

Kabirning  katta  maydoni  sho‘rxok  cho‘llar  bilan  band.  Tog‘larda  och  tusli  va 

qoramtir  kashtan  tuproqlar,  Elburs  va  Sulaymon  tog‘lari  yon  bag‘rlarida  o‘rmon 

qo‘ng‘ir tuproqlari uchraydi. 

O‘simlik  qoplamida  tog‘  cho‘liga  va  quruq  dashtlarga  xos  kserofitlar 

formatsiyasi  hukmronlik  qiladi.  Ular  ichki  tekisliklarda,  platolarda,  kam  yog‘in 

tushadigan  tog‘  yon  bag‘rlarida  quruq  iqlimga  moslaщgan  holda  o‘saveradi. 

Kserofit flora tarkibida astragallar, akantolimonlar, esparsetlar ko‘p uchraydi. Gilli 

cho‘llarda  tropik  mintaqaga  xos  akatsiyalar,  baland  bo‘yli  boshrqli  o‘tlar,  cho‘l 

lshiayniklari o‘sadi. 

Keng  bargli  o‘rmonlar  Janubiy  Kaspiy  pasttekislig‘ida  va  Elburs  tog‘ining 

2000  m  balandlikkacha  bo‘lgan  shimoliy  yon  bag‘rida  o‘sadi.  Ularning  tarkibida 




kashtanbargli eman, boshqa turdagi emanlar, buk, grab, gledichiya, doimiy yashil 

shamshod,  temir  daraxti  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Turkman-Xuroson,  Paropamiz 

va  Sulaymon  tog‘larida  pistazorlar,  daraxtsimon  mojjevelniklar  uchraydi. 

Balandroqda  ular  butazorlar  va  alp  o‘tloqlari  bilan  almashinadi.  Daryo  vodiylari 

bo‘ylab qamishzorlar, yulg‘unzorlar va oleandrazorlar polosasi cho‘zilgan. Dengiz 

sohillarida, vodiylarda va tog‘ etaklarida yirik voxalar joylashgan. Sug‘oriladigan 

vohalarda  paxta,  sholi,  tamaki  etishtiriladi,  mevali  bog‘lar,  sitruszorlar  va 

xurmozorlar  barpo  etilgan.  Janubiy  rayonlarda  shakar  qamish,  finik  palmasi 

plantatsiyalari bor. 

Ichki  tekisliklarda  va  tog‘larda  antilopa  jayron,  tog‘  echkisi,  tog‘  qo‘yi, 

yovvoyi  cho‘l  mushugi,  chiya  bo‘ri  va  kemiruvchi  hayvonlar  yashaydi.  Tog‘ 

o‘rmonlarida qo‘ng‘ir ayiq, kosulya, yo‘lbars, qoplonlar uchraydi. To‘qayzorlarda 

yovvoyi  cho‘chqa,  janubiy  cho‘llarda  g‘izol,  bengal  echkemari,  mangustalar  bor. 

Daryo va ko‘l bo‘yi chakalakzorlari qushlarga boy. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish