O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Kavkaz.  Kavkaz  g‘arbda  Qora  va  Azov  dengizlari  bilan,  sharqda  Kaspiy 

dengizi  bilan  chegaralangan.  SHimolda  Kuma-Manich  botig‘i  orqali  SHarqiy 

Yevropa  tekisligidan,  janubda  Rioni-Kura  cho‘kmasi  orqali  Armaniston  tog‘li 

o‘lkasidan  ajralib  turadi.  Kavkaz  hududining  katta  qismini  alp  bosqichida  paydo 

bo‘lgan  yosh  baland  tog‘lar  va  kichikroq  qismini  paydo  bo‘lishi  tog‘lar  bilan 

chambarchas bog‘liq bo‘lgan tekisliklar va balandliklar egallagan. 

Kavkazning  geologik  rivojlanish  tarixi  juda  murakkab.  Uning  hududida 

burmalanish  dastlab  kaledonda,  so‘ngra  gersin  bosqichida  sodir  bo‘lgan. 

Kavkazning  hozirgi  tektonik  strukturasi  yura  davridan  shakllana  boshlagan. 

Paleozoydagi  ko‘tarilishlar  Katta  Kavkazda  orollar  shaklidagi  quruqlik 

massivlarini hosil qilgan. Neogenda Katta Kavkaz va Zakavkaze geosinklinallarida 

vertikal  harakatlar  kuchayib  tog‘larning  maydoni  kengayadi,  tog‘oldi  va 

tog‘oralig‘i  cho‘kmalari  vujudga  keladi.  Neogenda  burmalanish  bilan  birga 

vulqanlar  faoliyati  ham  kuchayadi.  Bu  davrda  Katta  Kavkaz  Zakavaze  tog‘ligi 

bilan tutashadi. Antropogenda yangi ko‘tarilishlar natijasida Katta Kavkaz tog‘lari 

yoshardi, Elbrus va Kazbek cho‘qqilari harakatdagi vulkanlar bo‘lgan. 

Kavkaz geologik tuzilishi jihatidan Kavkazoldi va Katta Kavkazga bo‘linadi. 

Kavkazoldining shimoliy va o‘rta qismlari gersin burmalanishida vujudga kelgan 

platformali  strukturaga  ega  bo‘lib,  u  Skif  platformasining  bir  qismi  hisoblanadi. 

Katta  Kavkaz  bilan  Kavkazoldi  oralig‘ida  kambar  tektonik  bukilma  cho‘zilgan. 

Uning  g‘arbiy  qismi  Indol-Kuban  bukilmasi,  sharqiy  qismi  Terek-Kaspiy 

bukilmasi  deb  ataladi.  Kavkazoldining  o‘rta  qismidagi  Stavropol  balandligini 

asosini kam o‘zgargan gersin burmali platformasi tashkil etadi. Beshtov lakkolitlari 

to‘rtlamchi davr magmatizmi vujudga keltirgan vulkanogen shakllardir. 

Katta  Kavkazning  yadrosi  yuqori  proterozoy,  paleozoy,  trias  jinslaridan 

tuzilgan.  Ularning  yura,  bo‘r,  paleogen  va  neogen  davrlarining  cho‘kindi 

qatlamlari o‘rab olgan. Uning o‘ziga xos geologik xususiyati antiklinal tuzilishga 

ega ekanligidir. Katta Kavkaz Alp geosinklinal oblastning chekka magaantiklinoriy 

zonasiga kiradi. Kolxida, Kura-Arakas pasttekisliklari, Kichik Kavkaz, Tolish tog‘i 

va  Javaxet-Armaniston  tog‘ligi  Katta  Kavkazdan  farq  qilib  Alp  geosinklinal 

oblastining ichki burmali-sgruktura zonasiga qaraydi. 



Kavkazning  shimoliy  rayonlarida  -  Kuban  tekisligi,  Stavropol  balandligi, 

CHecheniston  va  Dog‘istonda  neft  va  tabiiy  gaz  konlari  keng  tarkalgan.  Ular 

paleogen va neogen yotqiziqlaridan qazib olinadi. Katta Kavkazning o‘q qismida 

metall rudalar, shimoliy yon bag‘rida, ayniqsa Sadonda tarkibida rux, ko‘rg‘oshin, 

kumush  ko‘p  bo‘lgan  polimetall  konlari,  volfram  va  molibden  ruda  konlari 

mavjud.  Kavkaz  shifobaxsh  mineral  suvlarga  juda  boy.  Mineral  buloqlar  asosida 

ko‘plab kurortlar va sanatoriyalar tashkil etilgan. 

Kavkazning  geomorfologik  strukturasi  asosan  yirik  tog‘  massivlaridan, 

balandliklaridan,  pasttekisliklardan  tarkib  topgan.  U  genetik  jihatdan  bir  xil 

bo‘lgan ikkita geomorfologik oblastga  Kavkazoldi va Katta Kavkazga bo‘linadi. 

Kavkazoldi  G‘arbiy  va  O‘rta  Kavkazoldi  hamda  Kaspiybo‘yi 

pasttekisligining  bir  qismi  bo‘lgan  Terek-Kuma  pasttekisligidan  iborat.  G‘arbiy 

Kavkazoldi  Kuban-Azovbo‘yi  pasttekisligi  deb  atalib,  o‘rtacha  balandligi  50-100 

m atrofida. O‘rta Kavkazoldining asosiy orografik birligi Stavropol balandligidir. 

Uning  mutloq  balandligi  Strijament  tog‘ida  831  m,  balandlikdan  janubi-sharqda 

dasht zonasi o‘rtasida 18 ta orol shaklidagi lakkolitlar ko‘tarilib turibdi.  Ularnipg 

eng  baland  nuqtasi  Beshtov  tog‘ida  1401  m  ni  tashkil  etadi.  Lakkolit  tog‘lardan 

janubi-sharqda Terek va Sunja balandliklari, ularning  oralig‘ida Alxanchurt vodiy 

botig‘i  joylashgan.  Balandliklarga  g‘arbdan  va  jaunbdan  Kabarda,  Osetin  va 

CHechen  kiya  tekisliklari  tutashgan.  SHarqiy  Kavkazoldi  yoki  Terek-Kuma 

pasttekisligi suglinkali, gilli va sho‘rxok chala cho‘l tekisliklardan, Terek va Kuma 

qum massivlaridan, Terek va Sulak daryolarining deltalaridan iborat. 

Katta Kavkaz tipik tog‘ landshaft oblasti bo‘lib, 1100 km masofaga cho‘zilgan, eng 

keng  joyi  Elbrus  rayonida  180  km,  maydoni  145000  km

2

.  U  garbda  Taman  va 



sharqda  Agpperon  yarim  orollari  bilan  tugaydi.  Landshaft  oblasti  relef 

xususiyatlariga ko‘ra uch qismga bo‘linadi: G‘arbiy, Markaziy va SHarqiy Kavkaz. 

Ular  o‘rtasidagi  chegara  Elbrus  va  Kazbek  meridianlari  orqali  o‘tadi.  Katta 

Kavkazning baland tog‘ o‘q zonasi ikkita tizmadan  Bosh yoki Suvayirg‘ich yaxlit 

tizmadan  va  unga  shimol  tomondan  hamroh  bo‘lib  cho‘zilgan  YOn  tizmadan 

iborat.  Ularning  tuzilishida    kristall  jinslar,  ohaktoshlar,  gilli  slanetslar, 

konglomeratlar ishtirok etadi. 

Katta  Kavkaz  landshaft  oblastining  zng  baland  qismi  Markaziy  Kavkazdir. 

Uning  ko‘pchilik  cho‘qqilarini  balandligi  5000  m  dan  oshadi.  Jumladan,  Elbrus 

cho‘kqisi  dengaz  sathidan  5642  m,  Dixtov  5204  m,  Kashtantov  5151  m,  SHxara 

5068 m, Kazbek 5033 m baland. 

G‘arbiy  Kavkaz  Markaziy  qismga  nisbatan  pastroq.  Uning  eng  baland 

cho‘qkilari  Domboyo‘lgan (4046  m),  Gvandra  (3983  m),  Pshish  (3785  m)  lardir. 

Tizmaning  janubiy  yon  bag‘rida  kanonsimon  vodiylar  bilan  kesilgan  Abxaz, 

Gagra, Bzib, Kodor nalaxsali tog‘lari ko‘ndalang joylashgan. G‘arbiy Kavkaz sohil 

tomon pasayib borib Qora dengiz Kavkazini hosil qiladi. 

SHarqiy Kavkaz G‘arbiy Kavkazga nisbatan balandroq. Uning bir necha tog‘ 

cho‘qqilari  4000  m  dan  yuqori  ko‘tarilgan.  Bular  Tebulosmta  (4493  m), 

Bozordyuzi (4466 m), SHak (4451 m), Diklosmta (4285 m), SHoxdog (4243 m) va 

boshqalardir.  SHarqiy  Kavkazning  shimoliy  yon  bag‘rlarida  Dog‘istonning  yirik 

burmali  tog‘  tizmalari    Andiya,  Bogos,  Gimri,  Samur  joylashgan.  Uning  sharqiy 



chekka past qismi Kaspiy Kavkazi deb ataladi. 

Kavkaz  mo‘‘tadil  va  subtropik  iqlim  mintaqalarida  joylashgan.  Katta 

Kavkazning suvayirg‘ich zonasidan shimoliy qismi mo‘‘tadil iqlim, janubiy qismi 

subtropik  iqlim  xususiyatlariga  ega.  Kavkazoldida  qish  sovuq  keladi,  yanvarning 

o‘rtacha  harorati  -2°,  -5°S,  janubiy  tog‘  etaklarining  g‘arbida  esa  +5°S,  sharqida 

+3°. YOz issiq, iyulning o‘rtacha harorati g‘arbda 23°, 24°S ga  sharqda 25°, 29°S 

ga  teng.  Katta  Kavkazda  iqlim  balandlik  mintaqalari  bo‘ylab  o‘zgarib  boradi. 

Yillik  yog‘in  miqdori  Qora dengiz  Kavkazida  1200-1600  mm,  Kuban-Azovbo‘yi 

pasttekisligi,  Ichki  Dog‘istonda  400-600  mm,  Terek-Kuma  pasttekisligining 

g‘arbida 350 mm va sharqida 200 mm. 

Hozirgi  zamon  muzliklarning  keng  tarkalishi  Katta  Kavkazning  harakterli 

xususiyatlaridan  hisoblanadi.  Muzliklarning  soni  2047  ta, umumiy  maydoni  1424 

1sm

2

. Ularning 70% ga yaqini shimoliy yon bag‘rda, 30% ga yaqini janubiy yon 



bag‘rda joylashgan. Eng yirik muzliklar Markaziy Kavkazga to‘g‘ri keladi. 

Kavkazning  daryolari  Kaspiy  (Sulak,  Terek,  Kuma,  Samur,  Alazani),  Qora 

(Rioni,  Inguri,  Kodori,  Bzib)  va  Azov  (Kuban  irmoqlari  bilan)  dengizlari 

havzalariga karaydi. Ular asosan yomg‘ir, qor va muzliklardan to‘yinib bahorda va 

yozda to‘lib oqadi. 

Kavkaz  hududida  tuproq  va  o‘simliklarning  taksimlanishi  kenglik  zonallik  va 

balandlik  mintaqalik  qonuniyatlariga  bo‘ysunadi.  Azovbo‘yi  pasttekisligida  va 

Stavropol  balandligining  g‘arbiy  qismida  qalin  gumusli  qora  tuproqlar  keng 

tarqalgan.  Stavropolning  sharqida  to‘q  tusli  kashtan,  undan  sharqroqda  och  tusli 

kashtan guproqlar shakllangan. Terekning quyi qismida sho‘r tuproqlar va qumlar, 

Kubanning  quyi  qismida  botqoq  va  o‘tloq  tuproqlar  katta  maydonlarni  egallab 

olgan.  Kolxida  pasttekisligiga  qaragan  tog‘  etaklarida  qizil,  sarik,  podzol  sariq 

tuproqlar  rivoj  topgan.  Katta  Kavkazda  qora  va  kashtan  tuproqlar  tog‘  o‘rmon 

ko‘ng‘ir  va  tog‘  podzol  tuproqlari  baland,  undan  yukorida  baland  tog‘  o‘tloq 

tuproqlari bilan almashinadi. 

G‘arbiy  va  O‘rta  Kavkazoldida  dasht  landshaftlari,.  SHarqiy  Kavkazoldida 

chala cho‘l landshaftlari hukmron. Lekin qora va kashtan tuproqli dashtlar kuchli 

o‘zlashtirilgan  va  ularning  o‘rnini  agrolandshaftlar  egallagan.  Ahyon-ahyonda 

betaga-chalov,  turli  o‘tlar-chalov  dashtlari  saqlanib  qolgan.  Katta  Kavkazning 

shimoliy  yon  bag‘rida  dasht  mintaqasi  200-400  m  balandlikda,  o‘rmon-dasht 

mintaqasi 400-800 m balanddikda joylashgan, Keng barg‘li o‘rmonlar mintaqasida 

(600-1200  m)  buk,  eman,  grab,  shumtol,  ilm,  zarang,  qayrag‘ochlar  o‘sadi.  Igna 

bargli o‘rmonlarda (1000-2200 m) baland bo‘yli Kavkaz pixtasi, eador qarag‘ayi, 

pitsund qarag‘ayi, Pallas qora qarag‘ayi va oddiy qarag‘aylar ko‘pchilikni tashkil 

etadi.  G‘arbiy  Kavkazda  2200-2600  m  SHarkiy  Kavkazda  2600-3500  m 

balandliklarda subalp va alp o‘tloqlari keng tarqalgan. Bu erda alp qo‘ng‘irboshi, 

yaltirbosh,  tog‘  yo‘ng‘ichkasi,  Kavkaz  zirasi  o‘sadi.  Eng  yuqorida  nival  mintaqa 

joylashgan. 

Kavkaz  faunasining asosiy  qismi  kelib  chiqishiga ko‘ra  O‘rta  dengiz  bo‘yi 

va Old Osiyo faunasi bilan bevosita bog‘lik. Kavkazoldi dashtlarida yumronqoziq, 

qo‘shoyok,  olaxurjun,  mala  quyon,  tulki  va  bo‘rilar  ko‘p,  SHarqiy  Kavkazoldida 

to‘g‘ay  qo‘shoyog‘i,  qumsichqon,  dala  qumsichqoni  uchraydi.  Terek  va  Sulak 




deltalaridagi to‘qayzorlar uchun yovvoyi cho‘chqa, chiya bo‘ri va to‘qay mushugi 

xarakterli.  Tog‘  o‘rmonlarida  asl  buru,  o‘rmon  savsari,  o‘rmon  mushugi,  tog‘ 

echkisi, uykuchi olmaxonlar yashaydi. 

Kavkazda  noyob  landshaftlarni  muhofaza  qilish  va  ularni  tabiiy  holda 

saqlash  maqsadida  Rida,  Pitsunda-  Myusser,  Arxiz,  Teberda,  Kabarda-Balkar, 

SHimoliy Osetiya, Zakatali va boshqa ko‘riqxonalar tashkil etilgan. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish