O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Armaniston  tog‘ligi.  Armaniston  tog‘ligi  g‘arbda  Kichik  Osiyo,  sharqda 

Eron  tog‘liklari,  shimolda  Kapa  Kavkaz,  janubda  Mesopotamiya  pasttekisliklari 

bilan  chegaralashgt.  Maydoni  400  ming  km

2

  atrofida.  Tog‘lik  tektonik  tuzilishi, 



relef xususiyatlari, iqlimining kontinentalligi bilan Kichik Osiyodan farq qiladi. 

Armaniston  tog‘ligida  Kichik  Osiyo  va  Eron  tog‘liklaridagiga  nisbatan 

burmali  tog‘lar  bir-biriga  yaqin  joylashgan  va  o‘zaro  tutashgan.  Kars  yassi 

tog‘ligidan boshqa keng ichki yassi tog‘liklar yo‘q. Qadimgi burmalar paleozoyda 

sodir  bo‘lgan.  Kaynozoyda  kaytadan  burmapanib  tizmalar  va  bukmlmalar  hosil 

qilgan. Asosiy relef tiplari neogen va antropogenning lava-tuf jinslaridan tuzilgan 

tizmalar,  tog‘liklar,  platolar,  vulkan  konuslari  va  tektonik  botiqlardan  iborat. 

Botiqlar  burmali-palaxsali  tizmalar  bilan  o‘ralgan.  Tizmalarning  ko‘pchiligi  kator 

so‘ngan  vulkanlardan  iborat.  Eng  yirik  vulkanlari  va  baland  cho‘qkilari  Katta 

Ararat  (5165  m),  Sebelan  (4821  m),  Syupxan  (4434  m),  Jilo  (4168  m),  Aragan 

(4090 m), Kichik Ararat (3925 m), Kaputjux (3904 m) va boshkalar. 

Tog‘likning  shimolida  balandligi  3000-4000  m  dan  oshadigai  Kichik 

Kavkaz  (Mesxet,  Trialit,  SHoxdog‘,  Qorabog‘,  Vardenin,  Zangezur  tizmalari), 

Tolish  tog‘lari,  janubida  balandligi  2500-3500  m  ga  etadigan  SHarqiy  yoki 

Armaniston  Tavr  tog‘lari,  Kurdiston  tizmalari  joylashgan.  Tog‘  tepaliklarida  alp 

relef shakllari keng tarqalgan. Tog‘oralig‘i botiqlari orasida eng yiriklari Kolxida, 

Kura,  Ararat,  Arzirub,  Tabriz  va  boshkalar  dengiz  sathidan  100  m  dan  20(YU  m 

gacha  balandlikda  joylashgan.  Barcha  botiqlar  aholining  zichligi  tufayli  kuchli 

o‘zlashtirilgan, ayrimlari ko‘llar bilan band. 

Armaniston  tog‘ligining  iqlimi  subtropik,  kontinental.  Er  yuzasiningkatta 

qismi  baland  bo‘lganligi  va  tog‘lik  ustida  antigщklon  sharoiti  vujudga  kelganligi 

tufayli  qish  sovuk  bo‘ladi  va  uzok  davom  etadi.  YAnvarning  o‘rtacha  harorati  -

15°S  gacha  tushadi.  YOzi  jazirama  issiq  bo‘ladi,  botiqlarda  iqining  o‘rtacha 

harorati  24°,  30°S  ni  tashkil  etadi.  Tog‘  yon  bag‘rlarida  va  platolarida  yozda 

mo‘‘tadil  issiq  bo‘lib,  o‘rgacha  harorat  20°S  dan  oshmaydi.  Kolxida  va  Kura 

botiqlarida,  Lenkoran  pasttekisligida  qish  oylarining  harorati  0°S  dan  yuqori. 

Kura-Araks  pasttekisligida  yanvarning  o‘rtacha  haroralgi  +1°,  +3°S  ga,  Kolxida 

pasttekisligida  +4°,  +6°S  ga  teng.  Tog‘larning  baland  cho‘qqilarida  harorat  yil 

davomida 0°S dan past bo‘ladi. 

Tog‘  tizmalarining  tashqi  yon  bag‘rlarida  yog‘ii-sochin  mikdori  1000  mm 

gacha etadi. Lenkoran pastgekisligi va Tolish tog‘ etaklarida bu ko‘rsatkich 1200-

1700  mm  ni,  Kolxidada  1500-1800  mm  ni  tashkil  etadi.  Ichki  rayonlarning 

g‘arbida yillik yog‘in miqdori 500-700 mm ga, sharqda 300-500 mm ga tesh. Qor 

chizig‘i 4200-4300 balandlikdan o‘tadi. 

O‘lkaning  shimol  tomonga  oqadigan  daryolari  Kaspiy  va  Qora  dengiz 

havzalariga,  janub  tomon  oqadigan  daryolari  Fors  qo‘ltig‘i  havzasiga  qaraydi. 

Armaniston  tog‘ligidan  Kura,  Arake,  Dajla,  Furot  kabi  yirik  daryolar  boshlanadi. 

Ular  qorlar,  muzliklar  va  yomg‘ir  suvlaridan  to‘yinib,  bahorda  va  yozda  to‘lib 

oqadi. Daryo suvlari qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini sug‘orishda foydalaniladi. 

Armaniston  tog‘ligida  uchraydigan  tektonik  ko‘llar  turli  balandliklarda 

joylashgan. Ular orasida eng kattasi bulgan Urmiya (Rezaye) kuli dengiz sathidan 

1275  m  balandda  joylashgan.  Maydoni  5800  km

2

,  chuqurligi  15  m.  Suvning 




sho‘rligi  150 

0

/



00

  dan  230  °/

00 

gacha  ko‘tariladi.  Bahorda  yog‘in-sochin  paytida 



ko‘lning  suv  sathi  ko‘tarilib,  qirg‘ok  chizig‘i  o‘zgaradi,  qirg‘oqdagi  pastqam 

erlarni  suv  bosadi.  Kattaligi  jihatidan  ikkinchi  o‘rinda  Van  ko‘li  turadi.  Uning 

balandligi  1720  m,  maydoni  3764  km

2

,  chuqurlita  25  m,  suvining  sho‘rligi  20 



Sevan ko‘lining balandligi 1900 m, maydoni ]400 km

2

, chuqurligi 86 m. Sevanga 



30 ga yaqin kichik daryolar kelib quyiladi va undan Razdan daryosi oqib chiqadi. 

Kolxida pasttekisligida qadimgi lagunaning qoldig‘i bo‘lgan Paleostomi ko‘li bor. 

O‘lka iqlimi quruq kontenental bo‘lganligi sababli tog‘ dasht va chala cho‘l 

landshaftlari  keng  tarqalgan.  Katta-katta  maydonlarni  qoplab  olgan  och  tusli 

kashtan,  qo‘ng‘ir,  och  tusli  qo‘ng‘ir  tuproqlarda  dasht,  chala  cho‘l  o‘simliklari, 

kserofit butalar o‘sadi. Daryo vodiylarida butazorlar, o‘tloqzorlar va qamishzorlar 

mavjud. O‘rmonlar tog‘ tizmalarining yog‘in-sochin ko‘proq tushadigan tog‘ yon 

bag‘rida  o‘sadi.  Tog‘  etaklari,  botiqlar  va  pasttekisliklarda  paxta,  sholi,  tamaki, 

bug‘doy,  makkajo‘hori  ekiladi,  sitrus  plantatsiyalari,  turli  xil  mevali  bog‘lar  va 

tokzorlar barpo etilgan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish