O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

YApon  orollari.  SHarqiy  Osiyodan  YApon  dengizi  orqali  ajralib  turgan 

YApon  orollari  to‘rtta  yirik  orol  -  Xokkaydo,  Xonsyu,  Sikoku,  Kyusyularni, 

ulardan  janubda  joylashgan  Ryukyu  arxipelagini  va  boshqa  mayda  orollarni  o‘z 

ichiga  oladi.  YApon  orollari  shimoldan  janubga  qarab  2300  km  dan  ziyodroq 

masofaga cho‘zilgan. Maydoni 384 ming km

2



YApon orollari Aleut, Kuril va Filippin orollari bilan birgalikda Tinch okean 

geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orollar o‘zining shakllanish tarixida paleozoydan 

boshlab  to  so‘nggi  davrgacha  bir  necha  burmalanish  boskichlarini  boshdan 

kechirgan. Tog‘ hosil bo‘lish jarayoni ayniqsa mezozoyda kuchli bo‘lib, vulkanlar 

faol  harakat  qilgan.  Kaynozoyga  kelib  mezozoy  kurilmalari  qaytadan 

burmalangan.  Neogen  va  antropogenning  boshida  yuz  bergan  vertikal  harakatlar 

YApon  orollarining  hozirgi  relef  shakllarini  vujudga  keltirgan.  Bu  davrda 

vulkanlar faoliyati kuchli bo‘lgan. YAponiyada mavjud bo‘ltan  150 ta vulkandan 

40  tasi  hozir  ham  harakatdagi  vulkan  hisoblanadi.  Aksariyat  vulkanlarning 

konuslari  orollar  relefini  tuzilishida  etakchi  rol  o‘ynaydi  va  ularning  eng  baland 

nuqtalari  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  erda  seysmik  xarakatlarning  intensivligi  er 

yuzasining doimiy ravishda o‘zgarib turishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 

YAponiya  orollari  tog‘lik  va  servulkan  orollar  bo‘lib  pastgekisliklar  kam 

uchraydi.  Orollardagi  barcha  tog‘lar  uchun  bo‘ylama  yo‘nalish  harakterli. 

Xokkaydo  (maydoni  77,7  ming  km

2

)  orolida  joylashgan  o‘rtacha  balandlikdagi 



Kitami va Xidaka tog‘lari shimoli-g‘arbdai janubi-sharqqa tomon cho‘zilgan. Ular 

granit,  kvarsit,  ohaktosh  va  slanetslardan  tuzilgan.  Orolning  eng  baland  nuqtalari 

Asaxi  (2290  m),  Garumae  (1893  m),  Meakan  (1503  m)  va  boshqa  harakatdagi 

vulkanlar  hisoblanadi.  Isikari  pasttekisligi  orolning  asosiy  qismidagi  tog‘larnn 

Osima yarim orolidagi tog‘lardan ajratib turadi. 

Xonsyu  (maydoni  223,4  ming  km

2

, qirg‘oq chizig‘ining uzunligi  8298 km) 



YAponiyaning eng katta oroli. YAponiyaning  75% axolisi shu orolda joylashgan. 

Uning relefida past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar ustunlik qiladi. Bu tog‘lar alp 




burmalanishi  natijasida  ko‘tarilgan  qadimiy  tekislangan  yuzalardir.  Orolning 

shimoliy  qismidagi  tog‘lar  vodiylar  va  botiqlar  bilan  ajralgan  uchta  bo‘ylama 

tizmadan  iborat.  Markaziy  qismida  Ou  bosh  tizmasi  joylashgan.  Tizmadagi  Ivate 

vulkani  dengiz  sathidan  2040  m  baland.  Bosh  tizmadan  g‘arbda  Deva  tog‘lari, 

sharqda  Kitamaki  va  Abukuma  tog‘lari  sohil  bo‘ylab  cho‘zilgan.  Orolning  o‘rta 

qismida shimoliy va janubiy tog‘ tizmalarini birlashtirb turgan, YAponiyaning eng 

baland,  servulkan,  seysmik  harakatchan,  chuqur  tektonik  uzilmalar  bilan  kesilgan 

yirik  tog‘  massivi  joylashgan.  Bu  massivni  Buyuk  graben  deb  ataluvchi  tektonik 

cho‘kma  Tinch  okean  sohilidan  YApon  dengizi  sohiligacha  kesib  o‘tgan. 

CHo‘kma vulkanik jinslar bilai to‘lgan. Buyuk graben bo‘ylab YAponiyaning eng 

baland  vulkani  Fudziyama  (3776  m)  hamda  YArigatake  (3190  m),  Ontake  (3063 

m),  Xanusan  (2702  m)  vulkanlari  serjilo  tabiati  bilan  yuksaklikka  qad  ko‘tarib 

turibdi.  Buyuk  grabendan  janubi-g‘arbda  YAponiya  Alpi  deb  nom  olgan  va  alp 

relef shakllari xos bo‘lgan Akaisi, Kiso va Xida tog‘lari joylashgan. 

Orolning  dengiz  sohillarida  va  tog‘oralig‘i  botiklarida  uncha  katta 

bo‘lmagan  tekisliklar  mavjud.  Bular  Kanto,  Nbbi,  Kinki,  Etigo  va  boshqa 

tekisliklardir. Sikoku orolida Surugi (1955 m) vulkani va Kyusyu orolida Kudzyu 

(1788  m),  Aso  (1592  m)  va  Klrisima  (1700  m)  vulkanlari  past  tog‘lar  ustidan 

yukoriga bo‘y cho‘zib to‘radi. Bu orollardan janubda 98 ta mayda orollardan tarkib 

topgan yoysimon shakldagi Ryukyu arxipelagi joylashgan. 

YApon  orollarining  iqlimi  mo‘‘tadil  va  subtropik  musson  iqlim.  Xokkaydo 

oroli  va  Xonsyuning  shimoliy  qismi  mutadil  mintaqada,  Xonsyuning  janubiy 

kismi, Sikoku, Kyusyu va Ryukyu orollari subtropik mintakada joylashgan. YOzda 

tropik  musson  ta’sirida  havo  issiq  va  dim  bo‘ladi.  SHimolda  Oyya-Sivo  sovuq 

oqimi  tufayli  harorat  bir  oz  pasayadi.  Iyulning  o‘rtacha  harorati  shimolda 

Xokkaydo orolida 17°, 21

0

S ni, janubda Kyusyu orolida 25°, 27°S ni tashkil etadi. 



Qishda sovuq havo massalari YAponiyaning shimoliy qismiga ko‘proq ta’sir etadi 

va haroratni pasaytiradi. YAnvarning o‘rtacha harorati Xokkaydoda -3°, -10°S ga, 

Kyusyu  orolida  +8°S.  ga  teng.  YAponiyaning  janubiy  qismida  tayfunlar  tez-tez 

takrorlanib, juda katta talafotlar keltiradi. 

YAponiyada  daryolar  va  ko‘llar  juda  ko‘p,  ammo  ular  kiskqa  va  kichik. 

Xokkaydodagi  Tesno  (491  km)  va  Isikari  (365  km)  daryolari  YApon  dengiziga 

quyiladi.  Xonsyu  orolida  Sinano,  Tone,  Kiso  daryolari  bor.  Ular  musson 

yomg‘irlaridan  va  qor  suvlaridan  to‘yinadi.  YAponiyaning  eng  katta  ko‘li 

Xonsyudagi  Biva  (maydoni  716  km

2

)  tektonik  ko‘ldir.  Xokkaydodagi  vulkan 



kraterlarida Kuttyaro (76. km

2

), Sikotsu (72 km



2

) va boshqa vulkanik ko‘llar hosil 

bo‘lgan. Dengiz sohillarida laguna ko‘llari ko‘p uchraydi. 

Aholi nihoyatda zich joylashgan bo‘lishiga qaramasdan YAponiyaning 60% 

maydoni  o‘rmonlar  bilan  band.  Ular  shimoldan  janubga  tomon  kenglik  zonallik, 

tog‘larda  balandlik  mintaqalari  bo‘ylab  tarqalgan.  Xokkaydoning  shimoliy  qismi 

Saxalin  pixtasi,  Xokkaydo  eli,  qisman  tilog‘ochdan  tarkib  topgan  tayga  o‘rmoni 

bilan  qoplangan.  Tayg‘ada  podzol  va  torfli  botqoq  tuproqlar  rivojlangan. 

Xokkaydoning  janubida  va  Xonsyuning  shimolida  qo‘ng‘ir  o‘rmon  tuproqlari 

ustida  keng  bargli  o‘rmonlar  tarqalgan.  Uning  tarkibi    buk,  eman,    zarang, 

Manchjuriya  shumtoli,  YAponiya  sarv  daraxti,  quyi  yarusi  yovvoyi  gilos,  



magnoliya,  bambuklardan  iborat.  Tog‘larda  500  m  dan  balandda  keng  bargli 

o‘rmonlar  igna  bargli  o‘rmonlar  bilan,  undan  yuqorida  subalp  butazorlari  bilan 

almashinadi. 

 Xonsyuning  Xitati-Nomo  yarim  oroli  kengligadan  janubda  doimiy  yashil 

subtropik  o‘rmonlar  paydo  bo‘ladi  bu  o‘rmonlarda  doimiy  yashil  eman,  kamfar 

dafnasi,  YAman  qarag‘ayi,  YApon  sarv  daraxti,  tuya,  tis,  kriptometriyalar 

ko‘pchlikni  tashkil  etadi.  Quyi  yarusda  bambuk,  magnoliya,  azaliya,  aukubalar 

o‘sadi. YAponiyaning subtropik o‘rmonlari aholi zich bo‘lganligi sababli ko‘proq 

kesilgan  va  ularning  o‘rnini  turli  xil  madaniy  o‘simliklar  egallagan.  Tog‘larning 

500-800  m  dan  yuqori  qismida  subtropik  o‘rmonlar  igna  va  keng  bargli  aralash 

o‘rmonlar bilan, undan yuqorida tog‘ tayg‘asi bilan almashinadi. Kyusyu orolining 

janubiy  qismida  tipik  tropik  o‘rmonlar  shakllangan.  Doimiy  yashil  subtropik 

o‘rmonlar tog‘ bag‘rlab 1000 m gacha ko‘tarilgan. Ryukyu orollarining 300-500 m 

balandligigacha bo‘lpsh qismi ham tropik o‘rmonlar bilan qoplangan.  

YApon  orollarining  tekisliklari,  daryo  vodiylari  va  dengiz  sohillari  kuchli 

o‘zlashtirilgan. Subtropik mintaqadagi o‘zlashtirilgan erlarda bug‘doy, arpa, sholi, 

shakar  qamish,  araxis,  batat,  dugskaklilar  ekiladi.  Terrasalashtirilgan  tog‘  yon 

bag‘rlarida  sitrus  plantatsiyalari,  choy  butazorlari,  tutzorlar,  bambukzorlar  barpo 

etilgan. 

Barcha orollar fauna turlariga ancha  kambag‘al. Xokkaydoda qo‘ng‘ir ayiq, 

olmaxon,  sobol  uchraydi.  Subtropik  o‘rmonlarda  janubga  xos  turlar  yapon  qora 

ayig‘i,  makakalar  yashaydi.  Enotsimon  it  keng  tarqqalgan.  Suvda  va  kuruqlikda 

yashaydigan hayvonlardan Salamandra saqlanib qolgan. 

YAponiyada  tabiatni  muhofaza  qilishga  va  uni  sog‘lom  saqlashga  katta 

ahamiyat  beriladi.  Xokkaydoda  tashkil  etilgan  Taysetsudzan,  Xonsyudagi  Nikko 

va Kyusyudagi Aso milliy parklari buning isbotidir.    




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish