O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 Golotsen  fauna  kompleksi  muzlik  davridan  keyin  shakllangan  hozirgi  zamon 

fauna  tipidir.  Golotsenga  kelib  yuqori  paleolit  fauna  kompleksining  ko‘plab 

vakillari  -  mamontlar,  serjunli  karkidonlar  qirilib  ketadi.  Ularni  faqat  qazilma 

shaklida  uchratish  mumkin.  Ayrim  hayvon  turlari,  jumladan  qo‘chqorlar  o‘zining 

arealini keskin qisqartiradi. Golotsen fauna kompleksi tarkibida hozirgi hayvonlar 

bilan bir qatorda uy hayvonlarining roli ham katta. 

Hayvonot  olamining  tabiiy  rivojlanish  tarixiga  insonning  xo‘jalik  faoliyati  haa 

kuchli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Paleolit  davridagi  qadimgi  odamlar  ovchilik  bilan 

shug‘ullanib, mamont va serjun karkidonlarni ko‘plab ovlagan. Insonning xo‘jalik 

faoliyati  rivojlangan  sari  uning  tabiatga,  jumladan  hayvonot  dunyosiga  bo‘lgan 

tasiri kuchaya boradi. Buning natijasida ayrim hayvon turlari umuman Yer yuzidan 

yo‘qolib  ketdi,  boshqalari  esa  o‘zining  geografik  tarqalish  chegaralarini  keskin 

o‘zgartirdi. Ko‘pchilik hayvon turlari uy hayvonlariga aylantirildi. 

Yevrosiyoning hayvonot dunyosi asosan geografik zonalar bo‘yicha tarqalgan. Har 

qaysi  ladshaft  zonasining  hayvonot  dunyosi  boshqa  zonalar  hayvonot  dunyosidan 

farq  qiluvchi  mustaqil  fauna  kompleksi  bo‘lib  hisoblanadi.  Lekin  o‘rmon-tundra, 

o‘rmon-dasht,  chala  cho‘l  va  boshqa  o‘tkinchi  zonalarda  fauna  komplekslari 



aralash  holda  uchraydi.  Shunga  qaramasdan  har  bir  zonaning  hayvonot  dunyosi 

o‘rtasidagi tafovut yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. 

 Arktika  sahrolari  hayvon  turlariga  juda  kambag‘al.  Muz  sahrolarinyng  tipik 

hayoni oq ayiq hisoblanadi. Yoz faslida muz zonasi uchun qushlar bozori harakteli. 

Ular  Arktika  orollarining  va  materikning  baland  qoyali  qirg‘oqlarida  uya  qo‘yib 

yashaydilar.  Bu  yerlarga  ming-minglab  oq  chaykalar,  kayralar,  gagalar,  lyuriklar 

uchib keladi. 

 Tundrada  hayvon  turlari  muz  zonasiga  nisbatan  bir  oz  ko‘proq.  Bu  zona  uchun 

endemik bo‘lgan qutb tulkisi-peseslar, lemminglarning bir necha turlari (Norvegiya 

lemmingi, Ob lemmingi, sariq to‘shli lemming), Shimol bug‘usi harakterli. Boshqa 

hayvonlardan  bo‘rilar,  oq  quyonlar,  oq  sichkonlar  uchraydi.  Qushlardan  qutb 

boyqushi, oq kaklik va tundra kakligi yashaydi. Tundra hayvonlaridan oq va havo 

rang  peseslar,  oq  quyonlar,  oq  sichkonlar  va  tundraning  janubiy  qismida  tulkilar 

ko‘plab ovlanadi. 

 O‘rmonlar  boshqa  zonalarga  nisbatan  hayvonot  olamiga  juda  boy.  O‘rmonlar 

zonasi tayga, aralash o‘rmonlar va keng barg‘li o‘rmonlarga xos bo‘lgan bir necha 

fauna  komplekslarini  o‘z  ichiga  oladi.  Ayniqsa  aralash  o‘rmonlarning  fauna 

kompleksi  xilma-xilligi  bilan  ajralib  turadi.  G‘arbdan  sharqga  keng  tarqalgan  los, 

qo‘ng‘ir  ayiq,  olmaxon,  rossomaxa,  oq  quyon  va boshqalar tayga  hayvonlarining 

tipik vakillaridir. YYevropaning aralash va keng barg‘li o‘rmonlari uchun o‘rmon 

mushugi,  zubr,  o‘rmon  suvsari,  asl  butu,  uyquchi  olmaxon,  kunduz,  yovvoyi 

cho‘chqa,  malla  quyon,  dala  sichqonlari  harakterlidir.  Sharqiy  Osiyodagi  keng 

barg‘li o‘rmonlarning fauna kompleksi ancha  murakkab bo‘lib, u yerlarda chipor 

bug‘u,  qora  ayiq,  qizil  bo‘ri,  yenotsimon  it,  Manchjuriya  quyoni,  Uzoq  Sharq 

yumshok  toshbaqasi,  Ussuriya  yo‘lbarsi,  o‘rmon  mushugi  hamda  tayga 

o‘rmonlariga  xos  hayvonlar  yashaydi.  O‘rmonlarda  qushlardan  qizil  ishton,  chil, 

karqur, kedrovka, g‘arb bulbuli, O‘rmon to‘rg‘ayi, sufito‘rgaylar keng tarqalgan. 

 O‘rmonlar  zonasi  qimmatbaho  muyna  beradigan  hayvonlarning  asosiy  makoni 

hisoblanadi.  O‘rmonlarda  olmaxon,  sobol,  kunduz,  tulki,  o‘rmon  suvsari, 

yenotsimon  it,  oq  quyon  va  boshqa  mo‘yna  beruvchi  hayvonlar  ovlanadi. 

Qushlardan oq kaklik, chil va karqurlar ovlanadi. 

 Dasht zonalarida ochiq, joylarda yashaydigan hayvonlar keng tarqalgan. Ularning 

aksariyati  tabiiy  pana  joy  bo‘lmaganligi  sababli  in  qazib  yashashga  moslashgan, 

boshqalari  esa  tezharakat  qilishga  o‘rgangan.  Dashtlarda  tuyoqlilardan  oqquyruq, 

antilopa-sayrok,  kemiruvchilardan  baybak-sug‘ur,  kichik  yumronqoziq,  chipor 

yumronqoziq, katta qo‘shoyoq, yelik, dasht dala sichqoni, krotsimon ko‘rsichqon, 

sassiqko‘zan,  bo‘ri,  qarsov  tulki,  olaxurjun,  kul  rang  dala  sichqoni  kabilar 

yashaydi.  Sudralib  yuruvchilardan  dasht  qora  iloni,  dasht  kichik  kaltakesagi 

uchraydi.  Qushlardan  tuvaloq,  bizg‘aldoq,  bedana,  to‘rg‘ay,  dasht  bo‘ktargisi  va 

kichik  turnalar  harakterli.  Zabaykale  dashtlarida  Mongoliya  jayroni,  Mongoliya 

sug‘uri,  Mongoliya  dala  sichkoni,  Dauriya  yumronqozig‘i,  Dauriya  pishchuxasi 

ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Dashtlarda  tulki,  malla  quyon,  oqish  sassiqko‘zan  va 

turli  xil  yumronqoziqlar  ovlanadi.  Lekin  ularning  muynasi  o‘rmonlardagi 

hayvonlarning muynasi singari u qadar qimmatli emass. 




 Cho‘l  hayvonlari  boshqa  zonalarning  fauna  komplekslariga  nisbatan  o‘ziga  xos 

xususiyatlari  bilan  farq  qiladi.  Ularning  bunday  xususiyatlari  yozda  jazirama 

issiqda,  qishda  sovuqda,  yil  davomida  namning  yetishmasligiga,  o‘simlik 

qoplamining  siyrakligiga,  turli  tipdagi  cho‘llarning  ekologik  sharoitiga 

moslashganligidadir. 

 Cho‘l  hayvonlari  endemik  turlarga  ancha  boy.  Chavkar  uzunburun,  sariq 

yumronqoziq,  gekkon  kaltakesaklar,  saksovul  chumchug‘i,  xo‘jasavdogar  kabilar 

endemik turlarga kiradi. O‘rta va Markaziy Osiyo cho‘llarining shimoliy qismida 

qadimiy hayvonlardan oqquyruq, sakrovchi ko‘shoyoq, sariq olasichqon, O‘rta va 

Old  Osiyo  cho‘llari  uchun  harakterli  bo‘lgan  yirik  echkemar,  qora  ilon,  zaharli 

charx  ilon,  cho‘l  bug‘ma  iloni,  o‘q  ilon,  cho‘l  toshbavasi  va  boshvalar  yashaydi. 

Cho‘l hayvonlari suv tanvisligiga turlicha moslashgan. Ayrim hayvonlar o‘simlik 

tarkibidagi namlik bilan qanoatlansa, ba’zilari suv qidirib uzoq, masofalarni bosib 

o‘tadi. Cho‘l hayvonlari orasida yozda uyquga kiradiganlari ham bor. 

 O‘rta  Osiyo  cho‘llarida  sutemizuvchi  hayvonlardan  jayron,  kulon,  O‘rta  Osiyo 

bug‘usi,  chiyabo‘ri,  sirtlon,  baxmalmushuk,  chipor  mushuklar  bor.  Cho‘llarda 

yashaydigan  arharlar,  yovvoyi  cho‘l  qo‘ylari  yo‘qolib  ketish  arafasida.  Cho‘l 

zonasidagi  to‘qayzorlarda  yovvoyi  cho‘chqa,  tuqay  mushugi,  tuqay  bug‘usi, 

chiyaburi, yo‘lbars, qirg‘ovullar yashaydi. Cho‘llarda uy hayvonlaridan tuyalar va 

qorako‘l qo‘ylari keng tarqalgan. 

 

Bir  xil  hayvon  turlari  o‘zining  geografik  tarqalishida  Markaziy  Osiyoning 



ayrim  oblastlari  bilan  chegaralansa,  boshqalari  uning  barcha  regionlari  bo‘ylab 

tarqalgan.  Masalan,  yovvoyi  yak  (qo‘tos)  faqat  Tibetda,  Kunlunda  va  Pomirda 

uchraydi.  Yaklar  (qo‘toslar)  hozirgi  paytda  Markaziy  Osiyoda  keng  tarqalgan  uy 

hayvoni  hisoblanadi.  Tibet  tog‘ligida  va  Markaziy  Osiyo  tog‘larida  antilopa, 

orongo,  antilopa  ada,  tog‘  qo‘yi  arhar,  tog‘  echkilari  ko‘pchilikni  tashkil  etadi. 

Yirtqich  hayvonlardan  qor  qoploni  irbis,  Tibet  qo‘ng‘ir  ayig‘i,  Tibet  bo‘risi 

uchraydi. 

O‘rta  dengiz,  Old  Osiyo  tog‘liklari  va  Arabistoning  fauna  komplekslari 

o‘ziga  xos  bo‘lganligi  sababli  ular  Golarktikaning  alohida  O‘rta  dengiz  kichik 

zoogeografik  oblasti  qilib  ajratilgan.  Bu  yerda  endemik  hayvonlarning  tog‘  va 

tekislik turlari bilan bir qatorda Shimoliy Afrika hayvonlariga o‘xshash turlar ham 

uchraydi.  Pireney  yarim  orolida  va  Fransiyaning  janubida  kichikroq  yirtqich 

hayvon  Yevropa  genettasi  yashaydi.  Pireney  yarim  orolining  janubida  YYevropa 

uchun  yovvoyi  holda  yashaydigan  maymunlarning  bitta  turi-dumsiz  makak 

uchraydi. Yaqingacha Qorsika va Sardiniya orollarida keng tarqalgan yovvoyi tog‘ 

qo‘yi - muflonlar hozirgi kunda deyarli qirib yuborilgan. 

Old Osiyo tog‘liklari fauna kompleksi tarkibida tipik O‘rta dengiz elementlaridan 

tashqari Markaziy Osiyoga xos hayvonlar ham uchraydi. Tuyoqlilardan g‘izollar, 

antilopalar,  yovvoyi  eshaklar,  Markaziy  Osiyo  tog‘  qo‘ylari  va  echkilari  keng 

tarqalgan.  O‘rmonlarida  Eron tog‘ligi  uchun  endemik  tur bo‘lgan  Eron olmaxoni 

yashaydi. Yirtqich hayvonlardan  qoplon, silovsin, giyena, chiyabo‘ri, tulkilar bor. 

Kemiruvchilardan quyonlar, qo‘shoyoqlar, jayralar keng tarqalgan. 

Yevrosiyoning  eng  janubiy  qismini  fauna  kompleksi  xilma-xilligi,  turlarga 

boyligi  va  vujudga  kelish  tarixiga  ko‘ra  qadimiyligi  bilan  harakterlanadi. 




Faunasining asosiy tarkibiy qismi tropiklarga xos bo‘lgan hayvon turlaridan tashkil 

topgan.  Shuning  uchun  ham  materikning  bu  qismi  Hind-Malay  zoogeografik 

oblastiga  qaraydi.  Ayniqsa  Malakka  yarim  oroli,  Zond  va  Filippin  orollarining 

hayvonot olami nihoyatda boy va rang-barang. Bu o‘lka fauna kompleksining boy 

va  xilma-xil  bo‘lishiga  Janubi-Sharqiy  Osiyoni  Avstraliya  bilan  qadimda  tutash 

bo‘lganligi ham ta’sir etgan. 

Malay  arxipelagida  yashaydigan  tuyoqli  hayvonlarning  eng  yorqin 

namoyondalari ikki xil rangli tapir, bir shoxli  va  ikki  shoxli  karkidonlar, yovvoyi 

ho‘kkiz  banteng,  hind  qo‘tosi,  gaur  va  boshqalardir.  Tapirlarning  ajdodi  Janubiy 

Amerikada yashagan. Banteng sungga yillarda Bali xalqining asosiy uy hayvoniga 

aylangan.  Tog‘larda  va  balandliklardagi  o‘rmonlarda  uncha  katta  bo‘lmagan 

muntjak  bug‘usi  tarqalgan.  Yirtqich  hayvonlardan  Malay  kalta  junli  ayig‘i  va 

yo‘lbarslar  ko‘p.  Yo‘lbarslar  Kalimantan  orolidan  tashqari  barcha  orollarda 

uchraydi. 

Sumatra  va  Kalimantan  orollarida  odamsimon  maymunlardan  orangutan 

yashaydi. Lekin ularning soni juda kam kolgan. Gibbonlar oilasiga mansub bo‘lgan 

maymunlar,  makaklarning  ayrim  turlari  barcha  orollarda  keng  tarqalgan. 

Qo‘shlardan go‘zal tustovuq argus, tovus, kelib chiqishi Avstraliya materigi bilan 

bog‘lik  bo‘lgan  jannat  qushlari,  katta  oyoqli  tovuqlar  qishilarning  e’tiborini  jalb 

etadi. 


Sudralib  yuruvchilar  turlarga  boyligi  va  g‘oyat  kattaligi  bilan  qishilarni 

hayratda  qoldiradi.  Komoda  orolida  uzunligi  3-4  m  keladigan  kaltakesaklarga 

taalluqli  ulkan  echkemar-varan,  Kalimantan  daryolarida  yirik  timsoh  gavial 

yashaydi.  Zaharli  ilonlar  jo‘da  ko‘p.  Bo‘g‘ma  ilonlar,  ko‘zoynakli  ilonlar  yoki 

kobralar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bulardan eng kattasi chipor piton bo‘lib, uning 

uzunligi 8-10 m gacha va og‘irligi 100 kg gacha boradi. Pitonlar inson uchun ham, 

yirik hayvonlar uchun ham juda xavfli hisoblanadi. 

Hindiston  va  Hindixitoy  yarim  orollarida  hamda  Shri-Lanka  orolida  Hind-

Malay zoogeografik oblastiga mansub bo‘lgan faunalardan tashqari Golarktika va 

Efiopiya  oblastlariga  xos  hayvon  turlari  ham  uchraydi.  Bu  o‘lkalar  qaraydigan 

Hind-Hindixitoy  kichik  zoogeografik  oblasti  faqat  turlargagina  boy  bo‘lib 

qolmasdan,  balki  hayvonot  dunyosining  soni  jihatidan  ham  boy.  Hayvonlarning 

bunday  rang-barangligi  va  serobgarchiligi  ayniqsa  Hindiston  uchun  harakterlidir. 

Chunki Hindistonda har qanday jonivorni, xatto zaharli hayvonni ham o‘ldirish din 

tomonidan qatiyan man etiladi. 

Hindiston  va  Hindixitoy  faunasi  tarkibida  hind  fili  alohida  o‘rin  tutadi. 

Yovvoyi  fillar  hozirga  qadar  Himolayning  tog‘oldi  rayonlarida,  Shri-Lanka 

o‘rmonlarida  uchraydi.  Fillar  hind  xalqining  uy  hayvoni  hisoblanadi  va  ularning 

yordamida og‘ir ishlarni bajarishadi. Mahalliy axoli keng tarqalgan yovvoyi hukiz 

gauralarni  va  hind  qo‘toslarini  qo‘lga  o‘rgatib,  ularning  kuchidan  yuk  tashishda, 

yerlarni  haydashda  foydalanadilar.  O‘rmon  massivlari  yaxshi  saqlangan  joylarda 

yirik antilopa nilgau, to‘rt shoxli antilopa, muntjak bug‘usi, aksis bug‘usi yashaydi. 

Yirtqichlardan  yo‘lbars,  koplon,  koplonlarning  aloxida  turi  bo‘lgan  qora  palang, 

Tar  cho‘lida  Efiopiya  oblastidan  kelib  qolgan  arslon  uchraydi.  Bular 

chorvachilikka juda katta zarar keltiradi. 



Hindiston va Hindixitoyning hamma regionlarida maymunlar keng tarqalgan. Ular 

o‘rmonlarda,  savannalarda,  bog‘larda,  shahar  va  qishloq  atroflarida,  hatto 

shaharlarda  ham  yashaydi.  Hindistonda  itsimon  maymunlar,  Hindixitoyda 

gibbonlar, makaklar ko‘p uchraydi. Lemurlar o‘rmonlarda ham, qishloqlarda ham 

ko‘pchilikni tashkil etadi. Hindistonda yovvoyi arslonlar juda ko‘p. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish