Tropik iqlimli SHarqiy Osiyo. Tropik (yoki subekvatorial) iqlimli
landshaft oblastiga SHarqiy Osiyoning janubiy qismi, Tayvan va Xaynan orollari
(Janubiy Xitoy) kiradi. Bu erdagi fasliy nam tropik o‘rmonlarning issiqlik va
namlik rejimi subekvatorial musson o‘rmonlaridan kam farq kilganligi uchun
Janubiy SHarqiy Osiyoning iqlimini subekvatorial iqlim deb ham qarashadi.
Oblast hududi. o‘rtacha va past tog‘lar hamda sertepa balandliklar bilan band. Ular
qadimgi burmalangan strukturalardan tarkib topgan bo‘lib, Janubiy Xitoy burmali
tog‘lari deb ataladi. Bu tog‘lar mustaqil nomlarga ega bo‘lgan YUnnan-Guychjou
tog‘ligi, Nan’lin past tog‘lari va Uishan tizmalariga bo‘linadi. Janubiy Xitoy
tog‘larining maksimal balandligi Uishan tog‘ida 2120 m, YUnnan-Guychjou
tog‘ligida 2050 m (YUanbaoshan tog‘i), Nanlin tog‘ida 1922 m.
Landshaft oblastining materik qirg‘oqlari kuchli parchalangan, mayda tog‘li
orollar nihoyatda ko‘p. Eng yiriklari Tayvan (36000 km
2
) va Xaynan (34000 km
2
)
orollaridir. Janubiy Xitoy tog‘larining eng baland nuqtasi Tayvan orolida 3997 m
ga (ayrim manbalarda 3950 m ) etadi. Bu Tayvanshan tizmasining YUyshan’
cho‘qqisidir. Orolning shimolida 13 ta so‘ngan vulkanlar mavjud. Uniig g‘arbiy
qismi sohil bo‘ylab chuzilgan pasttekislik bilan band.
Janubiy SHarqiy Osiyo tropik ( yoky subekvatorial ) iqlim mintakasida
okeanga yaqin joylashganligi tufayli ilimi nam, yog‘in-sochini musson rejimiga
ega, havo harorati yil davomida yuqori. YAnvarning o‘rtacha harorati +15°, +20°
S, iyulniki 27°, 28°S. YOg‘in-sochin miqdori oblastning materik qismida 1500-
2000 mm, Tayvan orolining g‘arbida 1000 mm, tog‘li qismida 2000-4000 mm.
Nisbiy namlik 80°/
0
atrofida.
Daryo to‘ri qalin, lekin yirik daryolar kam. Eng katta daryosi Sinzyan YUnnan
tog‘ligining‘ sharqiy qismidan boshlanib Janubi-Xitoy dengiziga quyiladi.
Uzunligi 2129 km, havzasining maydoni 357 ming km
2
ga yaqin, o‘rtacha yillik
suv sarfi 8049 m
3
/sek. Musson yomg‘irlaridan to‘yinib, aprel-maydan to sentyabr-
oktyabrgacha to‘lib oqadi. Nisbatan kichiq bo‘lgan Ounzyan, Minszyan, Xanszyan,
Beyszyan daryolari ham sersuv va musson rejimli.
Tropik iqlim sharoitida rang-barang o‘simliklarr, ayniqsa ularning tropik
elementlari. yaxshi rivojlangan. Birgina Tayvan orolining florasi 3265 tur
o‘simliklardan iborat bo‘lib, shundan 1605 turi evdemikdir. Tog‘ etaklarida va 500
m balandlikkacha bo‘lgan mintaqada palma, fikus, pandus, bambuk va lianalardan
tarkib topgan doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar o‘sadi. 500-1800 m balandlikda
kamfar dafnasi, tunga daraxti, magnoliya, daraxtsimon paporotnik va janub igna
barglilaridan iborat subtropik tipdagi doimiy yashil keng bargli o‘rmonlar
mintakasi joylashgan. 1800 m dan balandda igna bargli (sarv daraxti, pixta, el)
o‘rmonlar tarqalgan. Tayvanshanning 3700 m dan yuqori qismida baland tog‘
butazorlari joylashgan. Tropik o‘rmonlar tagida qizil, sarg‘ish-kizil, kizg‘ish-
qo‘ng‘ir tog‘ tuprokdari rivojlangan. Daryo vodiylarida, tekisliklarda va
terrasalashtirilgan tog‘ yon bag‘rlarida agrolandshaftlar barpo etilgan.
Oblastning dehkonchilik qilinadigan erlarida banan, kokos palmasi, ananas,
shakar kamish kabi tropiklarga xos madaniy ekinlar etishtiriladi. Daryo vodiylarida
va pastqam joylarda sholikorlik rivojlangan. Terrasddashtirilgan tog‘ yon
bag‘rlarida choy butasi, limon, apelsin, mandarin va boshqa subtropik ekinlar
ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |