O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Arabiston  yarim  oroli.  Arabiston  yarim  oroli  Yevrosiyoning  eng  katta  va 

arid  iqlilmi  tabiiy  geogarfik  o‘lkalaridan  biri  bo‘lib,  uning  cho‘l  landshaftlari 

shimolda Suriya cho‘li va Sinay yarim oroligacha kirib boradi. Bu erdagi cho‘llar 

Afrika  tropik  cho‘lparining  davomi  hisoblanadi.  Arabiston  yarim  orolining 

maydoni 3 mln km dan ziyodroq. Uning katta qismi Saudiya Arabistoniga, qolgan 

qismi  YAmai  Arab  Respublikasi,  Oman,  Birlashgan  Arab  Amirliklari,  Quvayt, 

Iordaniya, Iroq va Suriyaga qaraydi. YArim orol janubi-g‘arbda Qizil dengiz bilan, 

janubi-sharqda  Adan  qo‘ltig‘i  va  Arabiston  dengizi  bilan,  shimoli-sharqda 

Mesopotamiya pasttekisligi, Fors va Oman qo‘ltiqlari bilan, g‘arbda O‘rta dengiz 

bilan chegaralanadi. 

O‘lkaning Oman ko‘ltig‘iga yaqin uchastkasidan boshqa barcha qismi Afrika 



platformasidan  ajralgan  qadimiy  kristall  massivdan  shakllangan.  Arxey  kristall 

jinslari yarim orolning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismida er yuzasiga chiqib yotadi. 

Qolgan rayonlarda ular yura, bo‘r va paleogen dengiz yotqiziqlari tagida qolgan. Er 

yuzasining  hozirga  tuzilishi  neogevda  yuz  bergan  vertikal  tektonik  harakatlar  va 

vulkanizmning mahsulidir. 

Tog‘lar Arabiston yarim orolining Qizil dengiz sohili bo‘ylab tik yon bag‘r 

hosil  qilib  ko‘tarilgan.  Ularning  platosimon  tekislangan  tepalari  chuqur 

pastqamliklar  bilan  alohida  massivlarga  bo‘lingan.  Massivlarning  balandligi 

shimolda  2000-2500  m  dan  janubda  2700-2800  m  gacha  ko‘tariladi.  Makkaning 

janubida joylashgan Hijoz tog‘larining maksimal balandligi Daka cho‘qqisida 3353 

m  ga  etadi.  O‘lkaning  janubi-g‘arbiy  chekkasidagi  tizmalarning  eng  baland  joyi 

Xisha tog‘ida 3268 m ga, En-Nabishaib tog‘ida 3600 m ga teng. Tog‘li relef yarim 

orolning  sharqiy  chekkasi  uchun  ham  harakterli.  Bu  erdagi  Oman  tog‘lari  kelib 

chiqishiga  ko‘ra  alp  burmalanish  zonasigi  qaraydi  va  tektonik  jihatdan  Zagros 

tog‘larining  davomi    hisoblanadi.  Oman  tizmasining  eng  baland  nuqtasi  SHam 

tog‘ida 3353 m ga teng. 

Arabiston  yarim  orolining  ichkari  qismi  turli  xil  balandliklardagi  plato  va 

tekisliklardan  tarkib  toptan.  Ularning  geologik  tuzilishi  va  relef  shakllari  ham 

xilma-xil.  Relefini  shakllanishida  sahroviy  nurash  va  eol  jarayonlar  etakchi  rol 

o‘ynagan.  Ichki  Arabistonning  eng  baland  ko‘tarilgan  qismi  O‘rta  Arabiston 

platosidir.  U  Hijoz  va  Al-Asir  tog‘laridan  sharq  tomonda  joylashgan  va  qadimiy 

kristall jinslardan tuzilgan. Bu jinslar ayrim joylarda lavalar bilan qoplangan. O‘rta 

Arabiston  platosi  relefida  orollar  shaklida  1000-1500  m  gacha  ko‘tarilib  turgan 

balandliklar  ko‘p  uchraydi.  Laxu  (1574  m),  Tuvayk  (1143  m),  Ibn-Axmar  (1371 

m), kabi tog‘lar shular jumlasidandir. 

O‘rta Arabiston platosidan shimolda Katta Nefud cho‘li va sharqda Kichik 

Nefud (Daxna) cho‘li joylashgan. Bu cho‘llarda sochma qumlar, balandliga 80-100 

m gacha etadigan qum gryadalari va qum tepaliklari keng tarqalgan. 

YArim  orolning  janubiy  qismida  maydoni  650  ming  km

2

  atrofida  bo‘lgan 



Rub’-ul-Xoli cho‘li joylashgan. Qumli cho‘l g‘arbda Jihoz va Sirot tog‘ etaklaridan 

sharqda  Oman  tog‘  etaklarigacha  cho‘zilgan.  Er  yuzasi  g‘arbda  500-1000  m  dan 

sharqda  100-200  m  gacha  pasayib  boradi.  Uzoq  masofalarga  cho‘zilib  yotgan 

ko‘chma kum barxanlari va qum gryadalariiing balandligi 100-200 m gacha etadi. 

CHo‘llarning er yuzasi ueddalar-quruq o‘zanlar bilan kesilgan. 

Katta Nefud cho‘lidan shimol tomonda SHimoliy Arabiston va Suriya cho‘li 

yastanib yotibdi. Ularning poydevori kristall jinslardan iborat. Ustki qatlami bo‘r 

va  paleogen  cho‘kindi  jinslari  bilan  qoplangan.  SHimoliy  Arabiston  platosining 

o‘rtacha balandligi 400-500 m, eng baland nuqtalari Al-Garais ko‘tarilmasida 1182 

m  ga,  Katob-esh-SHama  ko‘tarilmasida  1010  m  ga  etadi.  Suriya  cho‘lida  qum 

gryadalari,  dyunalardan  tashqari  keng  pastqam  joylar  ham  uchraydi.  Atrofdagi 

ko‘p tarqalgan quruq o‘zanlar ueddalar berk botiqlarga kelib tugaydi. 

Arabiston  yarim  orolining  er  bag‘ri  neft  konlariga  boy.  Ayniqsa  Qatar, 

Quvayt,  Saudiya  Arabistoni,  Dammam  rayonlari  neftga  nihoyatda  boy.  Bu 

regiondagi  neftlar  yura  davrining  ohaktoshlaridan,  Baxreyn  orollaridagi  neft  bo‘r 

yotqiziklaridan qazib olinadi. 




YArim  orolning  katta  qismi  tropik  cho‘llar  zonasida  joylashganligi  tufayli 

yil  bo‘yi  kontinental    tropik  havo  massasi  hukmronlik  qiladi.  SHuning  uchun 

atmosfera yog‘inlari nihoyatda kam tushadi. O‘lkaning ichki rayonlarida va g‘arbiy 

sohillarida yillik yog‘in miqdori 30-50 mm ga ham etmaydi. Yil bo‘yi quruq davr 

davom etib, harorat yuqori bo‘ladi. Arabistonning faqat shimoliy kismi subtropik 

mintaqaga  qaraydi.  O‘lkaning  tekisliklari  va  platolarida  yoz  oylarining  o‘rtacha 

harorati  25°,  30°S  ni  tashkil  etadi.  Maksimal  harorat  Arabistonning  markaziy 

rayonlarida 55°S gacha borgan. Tog‘ massivlarida harorat bir oz pasayadi. YArim 

orolning  shimoliy  qismiga  va  Suriya  cho‘ligi  sovuq  havo  to‘lqini  kirib  kelgan 

paytlarda  eng  sovuq  oyning  harorati  10°,  15°S  gacha  tushadi.  O‘lkaning 

yog‘ingarchilik  ko‘p  bo‘ladigan  joylari  Oman  va  YAman  tog‘laridadir.  Yillik 

yog‘in miqdori Oman tog‘ yon bagrlarida 750 mm ni tashkil etadi. 

Arabiston  yarim  orolining  hozirgi  iqlim  sharoiti  daryo  to‘rlarini 

rivojlanishiga  imkon  bermaydi.  SHu  sababdan  uning  katta  qismida  oqar  suvlar 

uchramaydi.  Keng  tarqalgan  quruq  daryo  o‘zanlari  qadimda  nam  iqlim  davri 

bo‘lganligidan  dalolat  beradi.  Bu  o‘zanlardan  ahyon-ahyonda  bo‘lib  turadigan 

yomg‘irlar  vaqtidagina  suv  oqadi.  Arabistonni  suv  bilan  ta’minlashning  asosiy 

manbai er osti suvlari hisoblanadi. Voha landshaftlarining mavjudligi ham bevosita 

grunt suvlari bilan bog‘liq. 

Arabistonning  asosiy  qismini  tropik  cho‘l  va  chala  cho‘l  landshaftlari 

egallab  olgan.  Bunday  joylarda  tuproq-o‘simlik  qoplami  kam  rivojlangan. 

O‘simliklari  sukkulentlardan  (aloy,  sutqon),  butalardan  va  tomiri  yaxshi 

rivojlangan  astragal,  shuvoq,  aristidalardan  iborat.  YAman  tog‘larining 

mussonlarga ro‘para bo‘lgan yon bag‘rlari tabiiy va madaniy o‘simliklarga boyroq. 

O‘rmonlar ko‘pincha 1000-2000 m balandliklar oralig‘ida tarqalgan. Ular akatsiya, 

mimoza,  daraxtsimon  sutqon,  ulkan  ajdar  daraxta  kabilardan  iborat.  O‘rmonlar 

mintaqasidan  pastda  o‘simlik  qoplami  cho‘l  qiyofasiga,  yuqorida  esa  cho‘l-dasht 

harakterga  ega.  Vohalarda  finik  palmasi,  ayrim  sug‘oriladigan  sohillarda  kokos 

palmasi o‘sadi. 

Arabiston  faunasi  G‘arbiy  Osiyo,  O‘rta  dengiz  Yevropasi  va  Afrika 

faunasiga o‘xshash. CHo‘llarda antilopa, gizol, yovvoyi eshak-onagr, katta kuloqli 

tulki  -  fenek,  ola  sirtlon  va  chiyabo‘rilar  yashaydi.  Tog‘larda  daman,  qoplon, 

gamadrillar uchraydi. CHo‘llarda sudralib yuruvchilardan zaharli qora ilon, kobra 

yoki  ko‘zoynakli  ilon,  ko‘k  ilon  (gurza),  agama  va  kaltakesaklar  ko‘p  tarqalgan. 

CHo‘l  parrandalaridan  to‘rg‘aylar,  chillar,  kakliklar  xarakterli.  Tropik 

savannalarda deyarli qirilib, ketgan va hozirgi vaqtda juda kam qolgan tuyaqushlar 

ahyon-ahyonda uchrab turadi. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish