O‘rta dengiz Osiyosi. O‘rta dengiz Osiyosi yoki Levant O‘rta dengizning
sharqiy sohili. bo‘ylab shimoldan janubga cho‘zilgan. Uning shimoliy chegarasi
qisman Turkiya hududigacha kirib borgan, janubi-g‘arbiy chegarasi Sinay yarim
orolining sharqiy chekkasidan o‘tgan. Levant oblastiga Suriya, Livan, Isroil va
qisman Iordaniya tog‘larining g‘arbiy chekka qismi ham kiradi. Suriya cho‘li va
Arabiston yarim oroli bilan bo‘lgan sharqiy chegarasi aniq ifodalanmagan. Levant
tektonik jihatdan Arabiston-Suriya kristall massivining burmalangan va ko‘tarilgan
chekka qismi hisoblanadi. Kristall poydevor bur va paleogen yotkiziqlari bilan
qoplangan.
Levantning g‘arbiy qismi tog‘ pasttekislikdan va sharqiy qismi tog‘likdan
iborat. Qirg‘oqbo‘yi pasttekisliti kam parchalangan. U shimolda va janubda
(Suriya va Isroil hududdarida) 30-50 km gacha kengayadi, o‘rta qismida (Livan
hududida) 1,5-3 km. gacha torayadi. Pasttekislik Levantning aholi eng zich
joylashgan va maksimal o‘zlashtirilgan rayoni hisoblanadi. Pasttekisliklardan
sharqda tog‘ massivlari va platolar meridional yo‘nalashda cho‘zilgan. Tog‘larning
eng baland joylari oblastning markaziy qismida joylashgan Livan tizmasiga to‘g‘ri
keladi. Bu massivdagi Kurnet-es-Sauda tog‘i dengiz sathidan 3088 m baland
ko‘tarilgan. Undan shimol va janub tomon tog‘ massivlari va platolar 1500-1000 m
gacha pasayib boradi. Ohaktoshli tog‘larda Karst hodisalari yaxshi rivojlangan.
O‘rta dengiz sohilidagi tog‘larning sharqiy qismidan meridian bo‘ylab
cho‘zilgan tektonik cho‘kma o‘ggan. U Arabiston yarim orolini Sinay yarim
orolidan ajratib turadi. Tektonik cho‘kmaning qiyofasi graben shaklida bo‘lib,
chuqurligi shimoldan-janubga tomon orta boradi. CHo‘kma o‘z navbatida Ul-Gab,
Bekaa, O‘lik dengiz grabenlariga bo‘linadi. Iordaniya hududidagi grabenlar ancha
chuqur va qisman ko‘llar bilan band. O‘lik dengizining akvatoriyasi okean sathidan
400 m, botiqning tagi 748 m pastda joylashgan. Tektonik cho‘kmaning bu qismi
Gxor deb ataladi-Oblastning sharqiy qismida Antilivan tog‘ tizmalari mavjud
bo‘lib, ularning balandligi o‘rta qismida 2659 m ga Xermon massivida 2800 m ga
etadi.
O‘rta dengiz Osiyosi hududida yoz faslida tropik havo hukmronlik qiladi,
havo quruq va issiq bo‘ladi. Qishda siklonlar faoliyati tufayli yog‘ingarchilik ko‘p
bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati 24°, 28°S, O‘lik dengiz sohillarqda 30°S dan
yuqori ko‘tariladi. Eng yuqori harorat 50°S gacha etadi. YAnvarning o‘rtacha
harorati Bayrutda 13°S ni, Suriyada 4°, 5°S ni, O‘lik dengiz atrofida 11°, 12°S ni
tashkil etadi. Atmosfera yog‘inlari g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon
kamayib boradi. Livan tog‘larining g‘arbiy yon bag‘rlarida 1000-2000 mm, Isroil
va Iordaniya pasttekisliklarida 500 mm, O‘lik dengiz sohillarida 200 mm yog‘in
tushadi. Tog‘ vodiylarida va sharqiy rayoniarda 500-300 mm atrofida yomg‘ir
yog‘adi.
Er usti suvlari kam rivojlangan. Tog‘larning g‘arbiy yon bag‘ridan
boshlanuvchi daryolar qisqa va kam suv. SHulardan doimiy oqimga ega bo‘lgan
Naxr-ul-Litani va Naxr-ul-Asi daryolari O‘rta dengizga quyiladi. Eng yirik Iordan
daryosi Xermon massividan boshlanib, Gxor grabenidan oqib o‘tadi va O‘lik
dengizga quyiladi. Levantda tektonik cho‘kmalarda hosil bo‘lgan ko‘llar ham bor.
Bular O‘lik dengiz, Tiveriada va Xula ko‘llaridir. O‘lik dengiz suvining sho‘rligi
jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Suvining o‘rtacha sho‘rligi 260 °/
00
,
chuqurlikka tushgan sayin bu ko‘rsatgach 300°/
00
dan ham oshadi.
Levantning tuproq-o‘simlik qoplami subtropik xarakterga ega. Dengiz
sohillarida va tog‘larniig g‘arbiy yon bag‘rlarida O‘rta dengiz subtropigiga xos
landshaftlar tarkib topgan. YAxshi rivojlangan qizil va jigar rang tuproqlar makvis
va gariga tipidagi doimiy yashil butazorlar bilan qoplangan. Doimiy yashil emanlar
juda siyrak tarqalgan. YOg‘ingarchilik ko‘p bo‘ladagan joylarda chinor va zarash
lardan tashkil topgan keng bargli o‘rmonlar va sarv bugazorlari uchraydi.
Oblastning janubiy qurg‘oqchil rayonlarida kserofit qiyofadagi butazorlar paydo
bo‘ladi. Typik sho‘r tuprokli cho‘llarda shuvoq, sho‘ra, olabuta, saksovul va
akandyalar o‘sadi. Tog‘larning 1000 m dan yukori kismida Livan kedri, pixta,
alepp qarag‘ayi kabi igna bargli endemik daraxtlar, 2000 m dan balandda
daraxtsimon mojjevelniklar, eng baland qismida esa alp o‘tloqzorlari joylashgan.
Levantda dehqonchilikning sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan turlari
rivojlangan. Tog‘larning terrasalashtirilgan quyi qismida bananlar, sitruslar, baland
qismida toklar, zaytul daraxtlari, shaftoli, olma va noklar ekiladi. Qurg‘oqchil
rayonlardagi cho‘l landshaflari o‘rtasida voxalar uchraydi. Janubiy voxalarda
tropik o‘simliklardan finik palmasi keng tarkalgan.
Levantning fauna tarkibida qoplon, sirtlon, chiyabo‘ri, karakallar uchraydi.
Tog‘ o‘rmonlarida yovvoyi echki, toshloq erlada damanlar yashayda.
Kemiruvchilardan qo‘shoyok, jayra va quyonlar harakterli.
Do'stlaringiz bilan baham: |