Himolay tog‘lari. Himolay Baland Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyo
chegarasida joylashgan Er yuzidagi eng baland tog‘ tizimidir. Uning nomi "qorlar
makoni" degan ma’noni bildiradi. Himolay tog‘larining chegarasi tabiiy geografik,
tektonik, orografik jihatdan aniq ifodalangan. U shimolda Tibet tog‘ligidan Hind
va Braxmaputra (Sagatyu) daryolarining bo‘ylama tog‘oralig‘i tektonik vodiylari
orqali ajralib turadi. Janubda Hind-Gang pasttekisligining shimoliy chekka qismi
bilan chegaradosh. Himolay shimoli-g‘arbda Hindukush tog‘lari bilan, janubi-
sharqda Sino-Tibet tog‘lari bilan chegaralangan. Tizma shimoli-g‘arbdan janubi-
sharqqa tomon 2400 km masofaga cho‘zilgan. Eni 200-300 km ni tashkil etadi,
o‘rtacha balandligi 6000 m, maydoni 650 ming km
2
. Himolayda har biri 8000 m
dan baland bo‘lgan 11 ta cho‘qqi bor. SHulardan eng balandlari Jomolungma
(8848 m), Kanchenjanga (8585 m), Dxaulagiri (8221 m), Nangaparbaton (8126 m)
va boshqalar. Jomolungma (Everest) Er yuzidagi eng baland cho‘qqi bo‘lib, u
alpinistlar tomonidan ilk bor 1953 yilda zabt etilgan.
Himolay tog‘ tizimi alp orogenizining oligonen, miotsen va antropogen
fazalarida vujudga kelgan. Bu tizim O‘rta dengiz burmalanish mintaqasida
joylashgan Tibet tog‘ligidan farq qilib, u Hindiston platformasining shimoliy
chekkasida neogen va antropogenda yuz bergan intensiv vertikal tektonik
harakatlar natijasida burmalangan. SHuning uchun Himolayning geologik
tuzilishida asosan kembriydan oldingi qadimiy kristall metamorfik vulkanik jinslar,
qisman geosinklinal tipdagi dengiz yotqiziqlari va kontinental jinslar ishtirok etadi.
Himolay tog‘larining ko‘tarilishi hozir ham davom etmoqda. Seysmik
harakatlarning faolligi va kuchli zilzilalarning tez-tez takrorlanib turishi buning
isbotidir.
Himolay tog‘lari Hind-Gang pasttekisligi tomondan tik ko‘tarilgan uchta
bosqichli orografik mintaqadan iborat. Birinchi yosh yotqiziqlardan tuzilgan
tog‘oldi mintaqasi Sivalik tizmasi deb ataladi. Uning shimoliy va janubiy yon
bag‘rlari tik, balandligi 1000 m gacha boradi. Ikkinchisi kristall va
metamorflashgan jinslardan tarkib topgan, Kichik Himolaydir. Bu tizmalar uchun
intensiv burmalanishlar, kundalang va bo‘ylama uzilmalar, vulkanizm harakterli.
Kichik Himolay tizmasining o‘rtacha balandligi 3500-4500 m, ayrim tog‘
cho‘qqilarining balandligi 6000 m dan oshadi. Uchinchisi Himolayning eng baland
cho‘qqilari joylashgan Katta Himolaydir. SHarqqa borgan sari Himolay tog‘lari
toraya boradi. SHarq tomonda Kichik Himolay tizmasi juda yaqinlashib kelib
o‘rtacha balandlikdagi Maxobxorag va kuchli parchalangan Duara tog‘lariga
bo‘linib ketadi.
Katta va Kichik Himolay tizmalari oralig‘ida bo‘ylama tektonik botiqlar
hosil bo‘lgan. SHulardan eng yiriklari 1400 m balandlikdagi Katmandu va 1600 m
balandlikdagi Kashmir botiqlaridir. Katta Himolaydan shimolda balandligi 4000-
4500 m bo‘lgan Ladakx tizmasi cho‘zilgan. Undan shimolroqda Hind va
Braxmaputra daryolari oqib o‘tadigan bo‘ylama tektonik cho‘kma joylashgan.
Himolayda qazilma boyliklar geotektonik strukturaga bog‘liq holda
tarqalgan. Kristall jinslar keng tarqalgan zonada mis rudasi, xromit rudasi, oltin
konlari bor. Botiqlarda va tog‘oldi zonasida neft, tabiiy gaz, qo‘ng‘ir ko‘mir, turli
xil tuz konlari joylashgan.
Himolay tog‘lari Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyo o‘rtasida iqlim
bo‘luvchi vazifani bajaradi. Uning shimoliy qismida mo‘‘tadil mintaqaning
kontinental havo massasi, janubida mussonli tropik havo massasi hukmronlik
qiladi. SHuning uchun Himolayning shimoliy va janubiy yon bag‘rlari iqlimi
o‘rtasida keskin farq bor. Uning janubiy yon bag‘rida yil bo‘yi harorat yuqori
bo‘ladi. 2000 m balandlikacha yanvarning o‘rtacha harorati +6°, +7°S gacha
ko‘tariladi. Iyulning o‘rtacha Xarorata 18°, 19°S atrofida. 3000 m balandlikkacha
yanvarning o‘rtacha harorati 0°S dan pastga tushmaydi. Iyul oyida manfiy harorat
4500 m dan yuqorida ko‘zatiladi. Janubiy yon bag‘rlarda atmosfera yog‘inlari
g‘arbda 1000 mm dan sharqda 2000-3(X)0 mm gacha ko‘payib boradi.
Tog‘oralig‘i botiqlarida va ichki daryo vodiylarida yillik yog‘in miqdori 1000 mm
dan oshmaydi. Baland tog‘lar uchun kuchli shamollar xarakterli. Qor chizigi
g‘arbda 5100-5300 m dan sharqda 4500 gacha pasayadi.
Himolay tog‘larida muzliklarning hosil bo‘lishi uchun balandlik va namlik
omillari to‘liq mujassamlashgan. SHuning uchun barcha cho‘qqilar qor va
muzliklar bilan qoplangan. Eng katta muz massivlari Kumaon Ximolayidagi
Gangotri (26 km), Kanchenjondagi Zemu (25 km), Jomolungmadagi Rongbuk (19
km) muzliklaridir. Janubiy Osiyoning eng yirik daryolari Hind, Gang,
Braxmaputra va ularning ko‘plab irmoqlari ana shu qor va muzliklardan to‘yinib,
yozda to‘lib oqadi. SHulardan Braxmaputra daryosining uzunligi 2900 1sm,
havzasining maydoni 935 ming km
2
, o‘rtacha yillik suv sarfi 12100 m
3
/sek.
Himolayda o‘simlik mintaqalari asimmetrik sharqda joylashgan. YOg‘in
ko‘p tushadigan janubiy yon bag‘rda nam tropik o‘rmonlardan tortib subalp va alp
o‘tloqlarigacha rivojlangan. Himolayning janubiy tog‘ etaklarida teraylar - botqoq
bosgan chakalakzorlar va o‘rmonlar polasasi joylashgan. Tuprog‘i qoramtir balchiq
tuproqlardan iborat. Butazor va qalin, o‘rmonlarda sovun daraxt, san, mimoza,
magnoliya, banan, bambuk, pakana palmalar o‘sadi. Daraxt tanalariga lianalar
chirmashib ketgan. Quritilgan teraylarda tropik ekinlar ekiladi.
Teraylardan yuqorida 1000-1200 m balandlikkacha doimiy yashil nam tropik
o‘rmonlar o‘sadi. Bu o‘rmonlar dafna, baland bo‘yli palma, daraxtsimon
paporotnik va bambuklardan iborag. Lianalar va epifitlar keng tarqalgan. 1000-
1200 m dan yuqorida tropik o‘rmonlar tarkibiga doimiy yashil bargini to‘kuvchi
subtropik turlar - emanlar, qarag‘aylar, zaranglar, kashtanlar, magnoliyalar
ko‘shiladi. 2000 m dan balandlikda subtropik o‘rmonlar mo‘‘tadil tipdagi
o‘rmonlar bilan almashinadi. Igna barglshshr orasida kumush rang pixta, tilog‘och,
mojjevelniklar ko‘p uchraydi. 3500 m dan yuqorida o‘rmonlar baland bo‘yli o‘tlar
va butalar o‘sadigan subalp mintaqa bilan va undan yuqorida alp mintaqasi bilan
almashinadi. Alp mintaqasining yuqori chegarasi sharqda 5000 m balandliqdan
o‘tadi.
Janubiy yon bag‘rning g‘arbiy qismida namgarchilik kamroq bo‘lganligi
sababli teraylar uchramaydi. O‘simlik qoplamida o‘rta dengiz subtropik turlar -
doimiy yashil tosh eman, tilla bargli zaytun, Himolay kedri, pixtalar ko‘pchilikni
tashkil etadi. O‘rmonlardan yuqorida subal’p va alp mintaqalari joylashgan.
Himolayning shimoliy yon bag‘rida aksincha, balandlik mintiqalar unchalik aniq
ifodalanmagan. Mavjud bo‘lgan tog‘ landshaftlarining xususiyatlari Markaziy
Osiyo tog‘-cho‘l landshaftlariga o‘xshash. Quyi daryo vodiylaridan tog‘
tepalarigacha siyrak quruq o‘tlar va kserofit butalar uchraydi.
Himolayning hayvonot dunyosi nihoyatda xilma-xil. Ayniqsa uniig janubiy
yon bag‘rida tropiklarga xos fauna turlari ko‘p uchraydi. Teraylarda va nam tropik
o‘rmonlarda fil, buyvol, yovvoyi cho‘chqa, karkidon, antilopa, maymunlar,
yirtqich hayvonlardan yo‘lbars va qoplonlar yashaydi. Tog‘larnipg yuqori
qismlarida va shimoliy yon bag‘rlarida Markaziy Osiyo faunasiga xos turlar
yovvoyi ko‘y, yovvoyi echki, qo‘tos, tog‘ bo‘risi, himolay qora ayig‘i va ko‘plab
kemiruvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi tovuqlar, to‘tilar, tustovuqlar va
tovuslar xarakterli.
Do'stlaringiz bilan baham: |