O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Hind-Gang  pasttekisligi.  Hind-Gang  pattekisligi  Himolay  tog‘lari  bilan 

Hindiston  yarim  oroli  oralig‘ida  joylashgan  bo‘lib,  shimoliy  chegarasi    Himolay 

tog‘  etaklaridan,  janubiy  chegarasi  Dekan  yassi  tog‘ligi  etaklaridan  o‘tadi.  U 

g‘arbda Arabiston dengizi sohilidan sharvda Bengal qo‘ltig‘i sohiligacha 3000 km 

masofaga cho‘zilgan, eni 250-350 km. Hind va Gang daryolari havzalari o‘rtasida 

250 m gacha ko‘tarilgan suvayirg‘ich pasttekislikni ikki qismga  g‘arbiy va sharqiy 

qismlarga  bo‘ladi.  Pasttekislikning  yuzasi  suvayirg‘ichdan  daryo  oqimi  bo‘ylab 

dengiz  sohiligacha  juda  sekin  pasayib  boradi.  Masalan,  pasttekislik  yuzasining 

pasayishi  o‘rta  qismida  1  km  masofada  35  sm  ni,  quyi  qismida  10  sm  ni  tashkil 

etadi. Allyuvial tekislikning ayrim jrylardagina jarlar  uchraydi. 

Kaynazoyda  mavjud  bo‘lgan  tog‘oldi  bukilmasidagi  dengiz  havzasi 

tog‘lardan  keltirilgan  nuroq  jinslar  va  allyuvial  yotkdziqlar  bilan  to‘la  borgan. 

To‘lish  jarayoni  bukilmaning  cho‘kish  jarayoni  bilan  birgalikda  davom  etgan. 

SHuning  uchun  pasttekislikni  hosil  qilgan  qadimgi  allyuvial  yotqiziqlarning 

qalinliga  2500  m  gacha  etadi.  Hozirgi  allyuvial  yotqiziqlar  mayda  zarrachali 

qumoq-gillardan  tarkib  topgan.  SHarqda  pasttekislik  Bengal  qo‘ltig‘i  yaqinida 

maydoni  80000  km

keladigan  Gang  va  Braxmaputra  deltasi  bilan  tugaydi. 



Del’tada  daryolar  ko‘plab  shoxobchalarga  bo‘lingan,  botqoq  bosgan  erlar  keng 

tarqalgan. 

Hind-Gang  pasttekisligi  landshaft  oblasti  tabiiy  sharoiti  jihatidan  farq 

qiladigan bir necha qismlarga bo‘linadi. Gang va Braxmaputra daryolarining quyi 

qismi  Bengal  pasttekisligi,  Hind  pasttekisligining  yuqori  qismi  Panjob,  o‘rta  va 

quyi qismi Hind pasttekislgi deb ataladi. Hind pasttekisligidan sharq tomonda Tar 

cho‘li joylashgan. 

Oblastning  sharqiy  qismida,  ayniqsa  Bengal,  Assam  pasttekisliklarida  va 




SHillong  massivida  nam  tropik  iqlim  hukmron. YOzda  Hind  okeanidan  esadigan 

ekvatorial  passatlar  katta  mikdorda  namgarchilik  olib  keladi.  Yiliga  1000-2500 

mm  atrofida  yog‘in  tushadi.  SHillong  platosining  janubiy  yon  bag‘rida,  1358  m 

balandlikda  joylashgan  CHerapunjada  yog‘in  miqdori  1200  mm  dan  ham  oshadi. 

G‘arbga  borgan  sari  iqlim  kontinentallashib  boradi.  Hind  tekisligi  Gang 

pasttekisligiga  nisbatan  juda  quruq.  Bu  erga  janubi-sharkiy  musson  ancha 

kuchsizlashib  keladi,  shimoli-g‘arbiy  shamollar  esa  quruklikdan  esadi.  SHuning 

uchun  Hind  pasttekisligida  yog‘ingarchilik  kam  bo‘ladi.  Uning  hamma  qismida 

yog‘in miqdori 500 mm dan oshmaydi. Jumladan, yillik yog‘in miqdori Panjobda 

400 mm ni, Tar cho‘lida 100-150 mm ni tashkil etadi. Oblastda kuchli issiq mayda 

boshlanadi, o‘rtacha harorat 30°, 32°S ga etadi. G‘arbda yuqori harorat 38°S gacha 

ko‘tariladi. YAnvarning o‘rtacha harorati +18°, +20°S ga teng. 

Pasttekislikning  musson  iqlimli  sharqiy  qismida  g‘arbiy  qismiga  nisbatan 

daryo to‘ri yaxshi rivojlangan. Allyuvial yassi tekislikni tog‘lardan oqib tushadigan 

Hind,  Gang,  Braxmaputra,  Jamna  daryolari  kesib  o‘tgan.  Ularning  irmoqlari 

Himolay  tog‘laridan  boshlanib  musson  yomg‘irlari,  qor  va  muzlik  suvlaridan 

to‘yinadi.  Hind  havzasida  va  Gang  havzasining  g‘arbiy  qismida  kanallar, 

to‘g‘onlar va suv omborlari kurilgan. 

Ganga  daryosining  vodiysida  va  deltasida  botqoq  landshaftlar  rivoj  topgan. 

Botqoqlarda baland bo‘yli o‘tlar, orxideylar, paporotniklar, bambuklar, uzun bargli 

nipa palmasi va lianalar o‘sadi. Suv havzalarida hind nilufari ko‘p uchraydi. Gang 

va Braxmaputra deltasining ancha qismi mangr va doimiy  yashil o‘rmonlar bilan 

qoplangan.  Qishloqlar  atrofini  mango,  figi  daraxtlari,  bambukzorlar,  o‘lkan 

bananlar o‘rab olgan. Oblastning g‘arbiy  qismidagi sho‘rxok va qumli cho‘llarda 

siyrak holda sho‘ra, saksovul, yantoq va boshqa kserofit o‘simliklar o‘sadi. 

Ganga  pasttekisligida  aholi  nihoyatda  zich  joylashganligi  tufayli  tabiiy 

landshaftlar  juda  kam  saqlangan.  O‘zlashtirilgan  erlarda  sholi,  shakar  qamish, 

makkajo‘xori,  tarik,  bug‘doy,  tola  beradigan  jut  kabi  madaniy  ekinlar  ekiladi. 

Bengal  va  Assam  pasttekisliklarida  banan,  kokos  palmasi  va  choy  plantatsiyalari 

barpo  etilgan.  Hind  tekisligida  don  va  sabzavot  ekinlari  bilan  bir  qatorda  ko‘plab 

paxta ham ekiladi. Umuman, Gang pasttekisligining o‘rta va yuqori qismida, Hind 

tekisligida sug‘orma dehkonchilik yaxshi rivojlangan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish