O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Hindiston yarim oroli. Hindiston yarim oroli Janubiy Osiyo regionining Himolay 

tog‘lari  va  Hind-Gang  pasttekisiligi  landshaft  oblastlariga  nisbatan  o‘zining 

qadimiyligi  bilan  farq  qiladigan  tabiiy  geografik  o‘lkadir.  U  Osiyoning  janubiy 

qismida  joylashgan  bo‘lib,  shymolda  X,ind-Gang  paettekisligi  bilan 

che1aralangan.  YArim  orolniig  g‘arbiy  qirg‘og‘i  Arabiston  dengizi,  sharqiy 

qirg‘og‘i  Bengal  qo‘ltig‘i  suvlari  bilan  yuvilib  turadi.  O‘lka  hududi  shimoldan 

janub  tomon  torayib  kelib  uchburchak  shaklni  hosil  qiladi.  Maydoni  2  mln  km

atrofida. Qirg‘oqlari ko‘p joylarda tekis, kam kesilgan. 



Hindiston  yarim  orolining  poydevori  eng  qadimgi  kristall  jinsli  Hindiston 

platformasidan tarkib topgan. Uning yuzasi ayrim joylarda yoshroq kontinental va 

vulkanik  jinslar  bilan  qoplangan.  Ko‘pchilik  joylarda  qristall  jinslar  er  yuzasiga 

chiqib  peneplenlashgan  platolar  hosil  qilgan.  Daryo  vodiylari  platolarni  kesib 

parchalab, tak yon bag‘rli uchastkalarga ajratib yuborgan. YArim orolning shimoli-



g‘arbii  qismi  mezozoyning  oxiri  va  kaynozoyning  boshida  otilib  chiqqan  bazalt 

lavalari  bilan  qoplangan.  Bu  lavalardan  keng  maydonlarni  egallab  yotgan  yassi 

platolar  hosil  bo‘lgan.  SHarqidagi  qadimiy  tektonik  cho‘kmalar  laguna  va 

kontinental yotqiziqlar bilan to‘lgan. 

Normada  daryo  vodiysi  cho‘kmasi  Hindiston  yarim  orolini  shimoliy  va 

janubiy qismlarga - Markaziy Hindiston va Dekan yassi tog‘ligiga ajratib turadi. 

Marqaziy Hindistonning g‘arbiy chekkasida Katxiyavar yarim orolidan Dehli 

tomon  submeridional  ravishda  Aravalli  tizmasi  cho‘zilgan.  Uning  eng  baland 

nuqtasi 1722 m ga teng. Undan sharqda o‘rtacha balandligi 500 m atrofida bo‘lgan 

va  qadimiy  kristall  jinslardan  tarkib  topgan  Malva  platosi  yastanib  yotibdi.  Ba’zi 

joylarda  platoning  yuzasi  lavalar  bilan  qoplangan.  Platoning  shimoliy  chekkasi 

Hindiston  yarim  orolining  shimoliy  chegarasi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  regionda 

eng so‘nggi tog‘ hosil bo‘lish jarayoni mezozoyda bo‘lib o‘tgan. Malva platosining 

janubiy  ko‘tarilgan  qismida  Vindxya  (881  m)  va  Kaymur  past  tog‘lari  cho‘zilib 

yotibdi.  Normada  vodiysi  tektonik  cho‘kmasidan  janubda  maksimal  balandligi 

1325  m  bo‘lgay  Saptura  tog‘i  joylashgan.  Bu  tog‘lar  sharq  tomonda  Gondvana 

platosi bilan tutashgan. 

Hindiston yarim orolining janubiy kapa qismi Dekan yassi tog‘ligi bilan band. 

Uning  o‘rtacha  balandligi  800  m  atrofida  bo‘lib,  zaminini  Hindiston  platformasi 

tashkil  etadi.  YAssi  tog‘likning  sharqiy  na  janubiy  qismlarida  qadimiy  kristall 

jinslar  er  yuzasiga  chiqib  qolgan.  Uning  g‘arbida  dengiz  qirg‘og‘i  bo‘ylab  katta 

masofaga  cho‘zilgan  G‘arbiy  Gat  tog‘lari  va  sharqida  SHarqiy  Gat  tog‘lari 

joylashgan. 

G‘arbiy  Gat  tog‘lari  Arabiston  dentizi  qirg‘og‘i  bo‘ylab  1800  km  masofaga 

cho‘zilgan, daryo vodiylari, kanonsimon daralar bilan kesilgai. G‘arbiy yon bag‘ri 

zinapoya bo‘lib sohil tomon tik tushgan. Uning o‘rtacha balandligi 1300 m, baland 

nuqtalari Dodabetta cho‘qqisida 2633 m, Mulaynagiri tog‘ida 1923 m va Kalauba 

tog‘ida  1646  m.  G‘arbda  sohil  bo‘ylab  cho‘zilgan  kambar,  qumoq  va  lagunali 

dengizbo‘yi pasttekisligi Malabar qirg‘og‘i deb ataladi. 

Dekan  yassi  tog‘ligining  sharqiy  ko‘tarilgan  qismi  SHarkiy  Gat  tog‘lari  deb 

ataladi. Bu tog‘lar G‘arbiy Gatga nisbatan ancha past, daryo vodiylari bilan kuchli 

parchalangan va bir necha massiklarga bo‘lingan. O‘rtacha balandligi 1000 m dan 

oshmaydi,  eng  baland  joyi  Devodi-Munda  tog‘ida  1.680  m.  SHarqiy  Gat  tog‘ 

etaklariga  tutashgan dengizbo‘yi pasttekisliklari Koromandel qirg‘ogi deb ataladi. 

YAssi  tog‘likning  janubiy  qismida  g‘arbiy  va  SHarqiy  Gat  tog‘lari  bir-biri 

bilan  tutashib  Nilgiri  tog‘  massivini  hosil  qiladi.  Massivning  eng  baland  nuqtasi 

Dodabetta tog‘ida 1633 m ga teng. Undan janubda Palni tog‘lari joylashgan, Uning 

okean  sathidan  2698  m  qad  ko‘tarib  turgan  Anaymudi  cho‘qqisi  Hindiston  yarim 

orolining ent baland nuqtasi hisoblanadi. Dekan yassi tog‘ligining ichkari rayonlari 

relefi uchun bazaltli yassi platolar, tekislangan gryadalar xarakterli. Ularni chuqur 

daryo  vodiylari  kesib  o‘tgan.  SHarqiy  va  janubiy  rayonlarda  peneplenlashgan 

kristall  jinsli  yuzalar  relefi    u  er-bu  erda  ko‘tarilib  turgan  balandliklar,  kryajlar 

bilan murakkablashgan. 

O‘lka  hududida  xilma-xil  foydali  qazilmalar  mavjud.  Uning  shimoli-sharqiy 

qismidagi    Damodar  daryo  vodiysida  toshko‘mir, CHxota-Nagpur platosida  temir 



va marganets rudalari, boksit, slyuda konlari joylashgan. G‘arbiy Gat tog‘laridan 

temir  rudasi,  boksit,  monatsit  qo‘mir  qazib  olinadi.  Dekan  yassi  tog‘ligining 

janubidagi  Maysura  platosi  oltin  koni  bilan  mashhur.  YArim  orolda  olmos,  neft, 

grafit va boshqa konlar ham bor. 

Hindiston  yarim  orolining  iqlimi  subekvatorial  musson  iqlim.  YOzda 

ekvatorial  dengiz  havo  massalari    nam  mussonlar, qishda  kontinental  tropik  havo 

massalari  -  quruq  mussonlar  hukmronlik  qiladi.  Havo  massalarining  almashinishi 

termik  ekvatorning  mavsumiy  siljishiga  bog‘liq.  Himolay  tog‘lari  yarim  orolni 

shimoldan  kirib  keladigan  sovuq  havo  massalaridan  to‘sib  turadi.  Himolayning 

janubiy  yon  bag‘ri  ustida  shakllanadigan  shimol-sharqiy  passat  yuqori  haroratga 

ega. SHuning uchun yanvarning o‘rtacha harorati o‘lkaning shimolida +20°, +21°S 

ni,  janubida  +27°,  +29°S  ni  tashkil  etadi.  Eng  issiq  kunlar  mart-may  oylariga 

to‘g‘ri  kelib,  o‘rtacha  harorat  32°S  ga  etadi.  Markaziy  rayonlarda  o‘rtacha 

maksimal harorat 40°S dan ham oshadi. 

YArim orolga tushadigan atmosfera yog‘inlarining 90% dan ko‘prog‘i yozgi 

musson mavsumiga to‘g‘ri keladi. O‘lkaning g‘arbiy qismida yillik yog‘in miqdori 

2500  mm  dan  oshadi.  G‘arbiy  Gatning  ayrim  joylarida  6000-7000  mm  ga  etadi. 

SHarqiy sohillarda g‘arbga nisbatan yog‘ingarchilik kamroq bo‘ladi. Bu erda yiliga 

1000  mm  dan  ko‘proq  shimoli-sharqiy  qismida  1200-1300  mm  yog‘in  tushadi. 

Quruq iqlim ichkari rayonlar uchun xarakterli. Dekan yassi tog‘ligining markaziy 

va  shimoli-g‘arbiy  rayonlariga  500  mm  atrofida  yog‘in  tushadi.  Qurgoqchil  davr 

o‘lkaning janubida 3 oy, shimoliy qismida 6-7 oy davom etadi. 

Hindiston  yarim  orolining  ko‘pchilik  daryolari  -  Gadavari,  Bxima,  Krishna, 

Tungabxadra, Kaverilar G‘arbiy Gat tog‘laridan boshlanib sharqqa tomon oqadi va 

Bengal  qo‘ltig‘iga  quyiladi.  Yirik  daryolardan  Narmada,  Tapti  va  Maxi  g‘arbga 

tomon  oqib  Arabiston    dengiziga  quyiladi.  Barcha  daryolarning  vodiylari  tor  va 

chuqur.  Ularning  gidrologik  rejimi  musson  xarakterga  ega.  Daryolar  musson 

yomg‘irlaridan  to‘yinib  yozda  toщib  oqadi,  qishda  esa  juda  kamayadi.  Daryo 

suvlaridan qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini sug‘orishda foydalaniladi. 

 Tuproqlarning  geografik  tarqalishi  bevosita  ona  jinslar  litologiyasi  bilan 

bog‘liq. YAssi tog‘likning ichki rayonlarida qizil rangli savanna tuproqlari, bazaltli 

lava  qoplamlari  ustida  tropik  qora  tuproqlari-regurlar,  dengiz  sohillarida  va 

deltalarda  allyuvial  tuproqlar  keng  tarqalgan.  Regurlar  vulkanik  jinslar  ustida 

shakllangan  bo‘lib,  namlikni  yaxshi  saqlaydi.  SHuning  uchun  paxta 

plantatsiyalarining  asosiy  maydoni  ana  shu  tuproqlarda  barpo  etilgan.  Hindiston 

yarim  orolining  o‘simlik  qoplami  antropogen  omil  ta’sirida  kuchli  o‘zgargan. 

Dekan  yassi  tog‘liga  uyaun  ko‘proq  savannalar  va  siyrak  o‘rmonlar  xarakterli. 

Ko‘p  joylarda  kesib  yuborilgan  o‘rmonlar  o‘rnida  ikkilamchi  yoki  antropogen 

savannalar  vujudga  kelgan.  Savannalarda baland  bo‘yli  o‘tlar,  soyabon  shakldagi 

akatsiyalar, sal daraxti, finik palmalari o‘sadi. G‘arbiy Gatning shamolga ro‘para 

yon  bag‘rlarida  palma,  bambuk,  kameliya,  sandal  daraxti,  epifitlar  va  lianalar 

ko‘pchilikni tashkil etadi. Nilgiri tog‘ining yuqori mintaqasida mo‘‘tadil mintaqaga 

xos o‘simlik turlari  emanlar, kashtanlar ko‘p uchraydi. Malabar qirg‘og‘i bo‘ylab 

kokos palmazorlari cho‘zilgan. Torpik o‘rmonlarning katta maydoni o‘zlashtirilib, 

ularning o‘rnini kofe, choy va sholi plantatsiyalari egallagan. Qishloq xo‘jaligida 




shakar qamish, makkajo‘xori, araxis, tariq ham etishtiriladi. 

Hindiston  yarim  orolining  hayvonot  olami  nihoyatda  xilma-xil.  O‘rmonlarda 

maymunlarning  gibbon,  langur,  xanuman,  makak  kabi  turlari,  lemurlar  keng 

tarqalgan.  Savannalarda  Hind  bo‘yvoli,  gayal,  banteng,  yovvoyi  echki,  yovvoyi 

ko‘y,  antilopa,  bug‘u,  karkidon,  yovvoyi  ho‘kiz-gaur  va  boshqalar  yashaydi. 

Yirtqich  hayvonlardan  yo‘lbars,  sirtlon,  qoplon,  bo‘ri,  yovvoyi  it,  chiyabo‘ri, 

mangusta, viverlar ko‘p uchraydi. Sudralib yuruvchilardan zaxarli ilonlar, ayniqsa 

kobralar ko‘p tarqalgan. Qushlardan kakku, to‘ti, kaptar, qarg‘a, turna, oddiy tovus, 

bankiv  xo‘rozi  va  yirtqich  qushlar  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Qalin  o‘rmonlarda 

hozir ham yovvoyi fillar uchraydi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish