Kichik Osiyo tog‘ligi. Kichik Osiyo tog‘ligi hududiy jihatdan Osiyoning
g‘arbiy qismida joylashgan Kichik Osiyo yarim oroliga to‘g‘ri keladi. U shimolda
Qora, g‘arbda Marmara va Egey, janubda O‘rta dengizdari bilan, sharqda
Armaniston tog‘ligi bilan chegaralangan. Kipr, Rodos, Lebos va boshqa orolpar
ham shu o‘lkalarga qaraydi. O‘lkaning shimoliy va janubiy chekkalari uchun tizma
tog‘lar, markaziy qismi uchun keng yassi tog‘lik relef tiplari xarakterli. SHarq
tomonda chekka tog‘ tizmalari bir-biriga yaqinlashib, ularni daryo vodiylari ajratib
turadi, yassi tog‘lik esa bir necha bo‘laklarga bo‘linadi. Relefining asosiy qiyofasi
neogen va antropogenda shakllangan.
Kichik Osiyo tog‘ligining shimoliy chekkasidagi tog‘ tizmalari Pontiya
tog‘lari deb ataladi. Bu tog‘larning shimoliy yon bag‘rlari Qora dengiz tomon tik
tushgan. Pontiya tog‘lari bo‘ylama botaqlar va vodiylar bilan ajralib turgan ikkita
parallel tizmadan-shimblda Kyure, janubda Ilgaz va Ko‘ro‘g‘li tizmalaridan iborat.
Pontiya tog‘lari kembriydan oldingi va paleozoyning kristall jinslaridan tarkib
topgan. Vulkanik jinslar sharq tomonda ko‘p uchraydi.
Pontiya tog‘lari orografik tuziliщi va relef xususiyatlariga ko‘ra G‘arbiy,
O‘rta va SHarqiy qismlarga bo‘linadi. G‘arbiy Pongiya kuchli parchalangan
o‘rtacha balandlikdagi tog‘lardir. Ayrim baland cho‘qqilarigina 2000 m dan
oshadi. Jumladan Ulug‘tog‘ cho‘qqisi dengiz sathidan 2543 m, Ko‘ro‘g‘li tog‘i
2378 m baland. Tog‘ oralig‘i botiqlari va daryo vodiylari maksimal darajada
o‘zlashtirilgan. O‘rta Pontiya kuchli parchalangan va eng past tog‘lardan tashkil
toptan. U Qizil Irmoq va YAshil Irmoq daryo vodiylari oralig‘ida joylashgan
bo‘lib, shimolda tog‘ etaklari botqoqlangan delta teqisliklari bilan tutashgan.
SHarqiy Pontiya tog‘lari G‘arbiy va O‘rta Pontiyaga nisbatan balandligi va kam
parchalanganligi bilan farq qiladi. Bu erda ayrim tog‘larning balandligi 3000 m
dan oshadi, cho‘qqilarda alp tipidagi relef shakllari va kichik-kichik muzliklar
uchraydi. Eng baland nuktasi Laziston tizmasidagi Kachkar cho‘kqisidir - 3937 m.
Kichik Osiyo tog‘ligining janubiy chekkasida yoysimon shaklda cho‘zilgan
tizmalar Tavr tog‘lari deb ataladi. Ularning janubiy yon bag‘ri O‘rta dengizga tik
tushgan. Uzunligi 1500 km, maksimal, balandligi Kaldidog‘ massivida 3726 m ga
etadi. Bu erda 2000-3000 m balandlikdagi tog‘lar ko‘pchilikni tashkil etadi. Faqat
Jayxon daryosining Iskandaron qo‘ltig‘iga, Sayxon daryosining Mersin qo‘ltig‘iga,
Oqsuv va Kyopryu daryolarining Antalya qo‘ltig‘iga qo‘yilish joylarida hosil
bo‘lgan pasttekisliklar tog‘ ichkarisiga bir oz kirib boradi. Tavr tog‘lari alp
orogenezida burmalangan bo‘lib, asosan mezozoy ohaktoshlaridan, qisman
metamorfik va kristall jinslardan tarkib topgan. Oxaktoshli tog‘larda karst
jarayonlari va
-
karst relef shakllari keng tarqalgan.
Tavr tog‘lari G‘arbiy, Markaziy va SHarqiy Tavrga bo‘linada. Uning eng
baland joylari Taxtali tog‘idagi Bey (3054 m), Tejer tog‘idagi Bey (2792 m ),
Manzur tog‘idagi Oqbobo . (3449 m), Temirqoziq (3726 m), Madadsiz (3585 m),
Oqtog‘ (3086 m) cho‘qqilaridir.
Pontiya va Tavr tog‘ tizmalari oralig‘ida Anatoliya yassi tog‘ligi joylashtan. Uning
balandligi g‘arbda 800 m dan sharqda 1500 m gacha oshib boradi. YAssi tog‘lik
yuzasidan ayrim palaxsali tog‘lar va vulkanlarning cho‘qqilari 2500-3000 m gacha
ko‘tarilib turadi. Jumladan, Nurxok tog‘i dengiz sathidan 3090 m, Toprak tog‘i
2531 m, Erjiyos vulkani 3916 m baland. YAssi tog‘likdagi botiqlar sho‘r ko‘llar va
sho‘rxoklar bilan band. G‘arbda dengiz sohillari, tog‘ tizmalari va yassi tog‘lik
massishtari kuchli parchalangan.
O‘lkaning‘ iqlimi tipik O‘rta dengiz subtropik iqlim. YAnvarning o‘rtacha
harorati g‘arbda +5°, janubda +10°S. YOz issiq bo‘ladi, iyulning o‘rtacha harorati
25°, 30°S ga teng. SHarqda qish ancha sovuq keladi, yanvarning o‘rtacha harorati -
16°S gacha pasayadi. YOzda botiqlarda va yassi platolarda xarorat 30°S gacha
ko‘tariladi. Tog‘larda harorat 15°, 20°S dan oshmaydi.
Atmosfera yog‘inlari notekis taqsimlangan. Anatoliya yassi tog‘ligida yillik
yog‘in 200 mm atrofida. Pontiya tog‘larining shimoliy yon bag‘rida 3000 mm
gacha yog‘in tushadi. Xuddi shunday Tavriya tog‘larining janubiy yon bag‘rlari
ham yiliga 1000 mm dan 3000 mm gacha yog‘in oladi. O‘lkaning g‘arbiy
qismidash xavo oqimiga ro‘para joylashgan tog‘ yon bag‘rlarida yog‘in-sochin
mikdori 1000 mm dan oshadi. Ichki rayonlarda va baland tog‘larda qishda yog‘in
qor tarzida tushadi.
Kichik Osiyo tog‘ligida gidrografik to‘r kam rivojlangan. Uning hududidan
boshlanuvchi daryolar Qora, Marmara, Egey, O‘rta dengizlarga va Fors qo‘litig‘iga
quyiladi. Eng yirik daryolari Qizil Irmoq (uzunligi 950 km), YAshil Irmoq,
Sayxon,. Jayxon, Katta Menderes va boshqalar. Dajla va Furot daryolari ham
Kichik Osiyoning sharqiy qismidagi tog‘lardan boshlanuvchi yirik daryolardandir.
Ularning suv rejimi fasllarga qarab keskin o‘zgarib turadi.
Ko‘llar kam tarqalgan. Ular kelib chiqishiga ko‘ra tektonik va karst ko‘llar
tipiga kiradi. Eng katta ko‘li Anacholiya yassi tog‘ligida joylashgan Tuz tektonik
ko‘lidir. Uning suvi sho‘r, atrofi botqoq tekislik bilan o‘ralgan. Tektonik ko‘llar
G‘arbiy Tavrda ko‘p uchraydi. Ohaktoshli tog‘larda karst ko‘llari keng tarqalgan.
Kichik Osiyo o‘lkasida o‘rmonlar unchalik ko‘p emas. Pantiya tog‘larining
yog‘in-sochin ko‘p bo‘ladigan shimoliy yon bag‘rlarida namlikni sevadigan
Kolxida tipidagi doimiy yashil o‘rmonlar o‘sadi. O‘rmonlar tagida qizil tuproqlar
rivojlangan -600-700 m dan yuqorida tog‘ qo‘ng‘ir tuproqlari O‘rta dengiz tipidagi
o‘rmon va butazorlar bilan qoplangan. Tog‘ etaklaridagi tabiiy landshaftlar o‘rnini
antropogen agrolandshaftlar va seliteb landshaftlar o‘rab olgan. Tavrning janubiy
yon bag‘rlarida Livan kedridan iborat o‘rmon massivlari uchraydi.
Baland tog‘larda subtropik o‘simliklar bargini to‘kadigan keng bargli (buk,
grab, kashtan, jo‘ka) o‘rmonlar bilan, undan yuqorida aralash o‘rmonlar, igna
bargli o‘rmonlar, subalp butazorlari va tog‘ o‘tloqlari bilan almashinadi. Ichki
qurg‘oqchil yassi tog‘liklarda o‘rmonlar o‘smaydi. Bu erda o‘simlik qoplami
siyrak holda o‘sadigan qarag‘ay butalaridan, past bo‘yli yostiqsimon butalardan,
shuvoklardan va turli boshoqli o‘tlardan iborat. Och tusli qo‘ng‘ir va sho‘rxok
tuproqlar ko‘p uchraydi.
Hayvonot olami Yevropa va Osiyoga xos elementlardan tarkib topgan.
Pontiya o‘rmonlarida asl zotli bug‘u, qo‘ng‘ir ayiq, kosulya, yovvoyi cho‘chqa,
bo‘ri va tulkilar yashaydi. Ichki tog‘li rayonlarda muflon va yovvoyi echkilarni
uchratish mumkin. Dasht va o‘rmonlarda kemiruvchilar keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |