Hayvonot dunyosi
Hayvonot dunyo geografik mihitning harqatchan komponenti hisoblanadi. Lekin
hayvonlarning harakatchanligi nihoyatda shartli bo‘lib, uning geografik tarqalishi
muayyan tabiiy sharoit, landshaft zonalari va o‘lkalari bilan chambarchas bog‘liq.
Shuning uchun ham Yevrosiyoning fauna kompleksi huddi flora Kompleksiga
o‘xshash shimoldan janubga va tekisliklardan tog‘larga qarab boyib boradi.
Hayvonlarning relikt va endemik turlari ham tekisliklarga nisbatan tog‘li o‘lkalarda
ko‘p uchraydi.
Yer ko‘rasini zoogegrafyk rayonlashtirish sxemasiga ko‘ra Yevrosiyo hududining
shimoliy katta. qismi Golarktika zoogeografik oblastiga, janubiy kichikroq qismi
Hind-Malay va Efiopiya zoogeografik oblastiga varaydi. Golarktika zoogeografik
oblastining turli qismlarida tabiiyki, hayvonot olami bir xil emas. Shuning uchun
bu oblast landshaft-faunistik prinsipga asosan quyidagi kichik zoogeografik
oblastlarga bo‘lingan: Arktika, YYevropa-Sibir, O‘rta dengiz, Markaziy Osiyo va
Xitoy-Hmolay. Hind-Malay zoogeografik oblastiga materikning Hindiston va
Hindixitoy yarim orollari hamda Tayvan, Filippin, Zond orollari qaraydi. Bu oblast
ikkita kichik zoogeografik oblastga bo‘linadi: Hind-Xitoy va Malay. Efiopiya
zoogeografik oblastiga Arabiston yarim orolining janubiy qismi kiradi va
Afrikaning katta qismi bilan birgalikda Sharqiy Afrika kichik zoogeografik
oblastini tashkil etadi. Mezozoyning oxirida Yevrosiyoning barcha regionlari turli
xil faunalarning shakllanish markazi bo‘lib, xaltali sutemizuvchilar, ilonlar,
toshbaqalar keng tarqalgan. Platsentar sutemizuvchilarning, ayniqsa yirtqich
hayvonlrning paydo bo‘lishi bilan quyi sutemizuvchilar janubga, Afrika va
Avstraliya tomon chekinishadi. Ularning o‘rnini hartumlilar, yovvoyi tuyalar,
yovvoyi otlar, karkidonlar egallaydi. Bu turdagi hayvonlar kaynozoyda
Yevrosiyoning katta qismida ko‘pchilikni tashkil etgan.
Yevrosiyo materigining hozirgi fauna kompleksi kaynozoy erasining paleogen va
neogen davrlaridan boshlab xilma-xil tabiiy geografik sharoitga ega bo‘lgan
landshaft zonalarining rivojlanishi bilan vujudga kela boshlagan. Neogenning
oxiriga kelib materikning o‘simlik va hayvonot dunyosida katta o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi. Iqlimning sovushi va muz koplamining hosil bulishi geografik muxitni,
tabiiy sharoitni va hayvonlar ekologiyasini keskin o‘zgartirib yubordi. Tropik va
subtropik iqlimga moslashgan ko‘pgina hayvonlar qirilib ketib, ularning o‘rnini
sovuqda chidamli hayvonlar egallay boshlagan. Neogenga qadar va hatto neogen
davrida ham materikning arktika va mo‘’tadil kengliklarida tropik va
subtropiklarga xos hayvonlar-gipparionlar, tapirlar
jirafalar, qilich tishli yo‘lbarslar yashagan. Ammo materik muzligi Yevrosiyoning
hayvonot olamiga kuchli talofat keltirgan deb qarash kerak emas. Chunki fauna
kompleksining taraqqiyot tarixidagi o‘zgarishi ozmi-ko‘pmi asta-sekinlik bilan
bitta fauna kompleksi ikkinchi fauna kompleksi bilan almashinib borgan.
V.I.Gromov hayvonot olamining antropogen davridagi rivojlanish tarixini tahlil
qilib, Rossiya hududida va unta qo‘shni bo‘lgan o‘lkalarda fauna kompleksi
quyidagi tartibda birin-ketin almashingan degan xulosaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |