Danakli meva daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash usullari.
DANAKLI MEVALI DARAXTLARNING KLYaSTEROSPORIOZ KASALLIGI
Klyasterosporioz (teshikli dog’lanish) kasalligi danakli mevali daraxtlarda butun dunyoda tarqalgan, o’rik va shaftoliga eng katta zarari MDHda Markaziya Osiyo, Kavkaz orti davlatlari, Moldaviya va Ukrainada kuzatiladi. Kasallik daraxtlarni tez nobud qilmaydi, uning zarari hosil miqdori va sifatini pasaytirish, yangi novdalar va shoxlar rivojlanishini kamaytirish, daraxtni juda zaiflashtirish bilan ifodlanadi. O’zbekistonda klyasterosporioz (monilioz bilan birga) o’rikning ikkita eng zararli kasalliklaridan biridir, shaftoliga ham iqtisodiy ziyon keltiradi. Gilos, olcha, tog’olcha, bodom, olxo’ri va Prunus turkumiga mansub boshqa turlar kamroq zararlanadi. Bahor sernam va salqin kelsa, (misol uchun, 2009 yilda kuzatilgan ob-havo sharoitlari kabi), o’rik mevalarining usti qo’tir bilan qoplanadi va ularning barchasi nafaqat bozorbopligini, balki iste’mol qilishga yaroqliligini ham yo’qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |