Olma (qurti) mevaxo’ri – Carpocapsa ( Cydia) pomonella



Download 15,16 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi15,16 Kb.
#577995
Bog'liq
Olma ( qurti) mevaxo\'ri


Olma (qurti) mevaxo’ri – Carpocapsa ( Cydia) pomonella
Zarari. Olma qurti 30 tudan ortiq mevali daraxtlarni, jumladan olma, nok, behi, yong’oq, o’rik, shaftoli va olxo’rini zararlaydi. Qurti meva ichiga teshib kirib bozorbopligini pasaytiradi va chirishiga sabab bo’ladi, bunday mevalarni saqlab bo’lmaydi.
Ta’rifi. Kapalagi qanotlarini yozganda 14-20 mm, oldingi qanotlari kulrang, uchi qoramtir; orqa qanotlari och qo’ng’ir tusli. Tuxumi 1 mm, yumaloq, yassilangan oqimtir. Qurtining uzunligi 10-20 mm, usti pushti, pasti oq yoki sarg’ish, tanasida tukli mayda och kulrang dog’chalar bor, boshi va ensa usti och qo’ng’ir yoki qizg’ish tusda; yosh qurt oq. G’umbagi 10-12 mm, jigar rang, yumshoq pilla ichida turadi.
Hayot sikli. Daraxt po’stloqlari orasida, bog’ ichidagi shoxlar ostida, omborxona va boshqa himoyalangan joylarda, yosh bog’larda esa ildiz bo’g’zi atrofidagi tuproqning 3 sm gacha bo’lgan chuqurligida, pilla ichida katta yoshli qurt shaklida qishlaydi. Erta ko’klamda qurtlar g’umbakka aylanadi. Olma gullay boshlaganda g’umbakda kapalaklar uchub chiqadi, uchish 7-14 kun davom etadi, uchushning 2-4 kuni urchib tuxum qo’yish boshlanadi, ommaviy tuxum qo’yish 8-10 kuni boshlanadi. Urg’ochi olma barglariga va meva tugunchalariga bittadan jami 100-160 ta tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar barg va meva eti bilan , keyinchalik uning urug’i bilan oziqlanadi. Har bir qurt 2-3 tadan mevani zararlaydi. Mevaga kirgan joyida chiqindisini ko’rish mumkin. Qurt yetilgandan so’ng mevadan chiqib daraxt ustida yoki yaqinida himoyalangan holda g’umbakka aylanadi. Yiliga 3 marta avlod beradi.
Kurash choralari. Agrotexnik tadbirlar – kuzda xazon barglarini to’plab ko’mib yuborish; daraxt tanasini eski po’stloqlardan tozalash; daraxt atrofini yaxshilab chopiq qilish; daraxtlar tanasini oqlash; bog’larda tutqich belbog’lar o’rnatish; pishmay to’kilayotgan mevalarni harkuni terib olish.
Kimyoviy usul: olma qurtining har bir avlodiga qarshi bir martadan quyidagi kimyoviy preparatlar dan biri purkaladi: Protekt pro (Эмамектин бензоат 5% ва индоксакароб 10%) 0,3-0,45 l/ga; Entovet (Тиаклоприд 24%) 0,3-0,4 l/ga; Indoksamektin (Индоксакарб 7.5% + Абамектин 1.8%) 0,45-0,7 l/ga; Agrofos ekstra (цермерметрин 10% + хлорпирифос 50%) 0,2-05 l/ga; Entometrin (Циперметрин 25%) 0,15-0,35 l/ga;
Download 15,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish