O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Kasallik belgilari va rivojlanishi



Download 46,5 Mb.
bet307/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Kasallik belgilari va rivojlanishi. Kasallik bilan daraxtlarning barg, novda, kurtak, gul, gul tugun, meva va shoxlari zararlanadi. Ularda och-jigarrang tusli, atrofida qizg’ish-binafsha, qizg’ish-qo’ng’ir yoki to’q-qizil hoshiyali dog’lar paydo bo’ladi. Dog’lar oldin kichik nuqta shaklli, keyin o’sib kengligi 2-5 mmga yetadi, ulardan yelim oqib chiqadi. Dog’lar bilan qoplangan to’qima 2-3 hafta ichida qurib qoladi va tushib ketadi, barglar ilma-teshik bo’lib qoladi. Zararlangan barglarning ko’pchiligi to’kilib ketadi, natijada qishlovchi kurtaklar uyg’onadi, daraxtlar sovuqqa chidamsiz bo’lib qoladi va kelgusi yil hosili kamayadi. Zararlangan kurtaklar qo’ng’ir tus oladi va nobud bo’ladi. Ba’zi zararlangan gulkurtaklar sog’lom bo’lib ko’rinishi mumkin, ammo keyingi yil bahorda ochilmaydi. Zararlangan gullar to’kilib ketadi. O’rik mevalari ustida kichik qizil yoki apelsin tusli, biroz botiq dog’lar paydo bo’ladi, ular o’sib qizg’ish-qo’ng’ir yoki qo’ng’ir, o’rtasi ochroq tusli so’galchalarga aylanadi. Kuchli zararlangan mevalarda so’gallar qo’shilib ketadi, meva qobig’i dag’al, terisimon shakl oladi, qobiq usti qo’tirga o’xshab qoladi, ulardan yelim oqib chiqadi. O’rik novdalari kamroq zararlanadi, yosh novdalardagi dog’lar barglardagiga o’xshash, noto’g’ri dumaloq shaklli, ular o’sadi, chatnaydi, biroz botiq shaklli yaralarga aylanadi, qoramtir-qo’ng’ir tus oladi va yelim chiqaradi. Vaqt o’tishi bilan, yaralar bilan zararlangan novdalarning ko’pchiligi nobud bo’ladi. Kuchli zararlangan daraxt ham nobud bo’lishi mumkin.Zararlangan gilos va olcha mevalarining eti to’lmaydi va ular qurib qoladi. Shaftolining yosh novdalari, shoxlari va kurtaklari zararlanadi, mevalari kamroq shikastlanadi. Novdalarda dastlab kichik, qizg’ish, bo’rtgan dog’lar hosil bo’ladi, keyin ular uzunchoq, qo’ng’ir va qora tusli yaralarga aylanadi (44-rasm). Yaralar novdani o’rab olishi va nobud qilishi mumkin. Ulardan yelim oqadi. Novdalar zararlanishi ko’pincha kurtaklardan boshlanadi. Zamburug’ miseliy, konidiya va xlamidosporalari bilan kasal kurtaklarda (tangachalar ostida) va novdalardagi har xil teshiklarda, yaralarda yelim tagida va qisman barglarda5 (shaftoli barglarida kam hollarda) qishlaydi. Erta bahorda harorat 4-5oS ga yetganda yomg’ir suvida yelim eriydi va konidiyalar yomg’ir tomchilari ichida, shamol vositasida uyg’onayotgan kurtaklar va yozilayotgan barglarga tushadi va ularni birlamchi zararlaydi. Konidiyalar qushlar, hasharotlar, daraxtlarga ishlov berish asbob-uskunalari va boshqa yo’llar bilan ham tarqalishi mumkin. Konidiyalar nish (murtak) naychalari yordamida o’simlik to’qimalariga teshiklar orqali yoki bevosita epidermisni teshib kiradi. Kasallikning yashirin davri 2-4 kun, yangi konidiyalari 5-7 kun so’ngra paydo bo’ladi. Konidiyalar bog’da tarqaladi va sog’lom to’qimalarni zararlaydi, yana konidiyalar hosil qiladi va qo’zg’atuvchining rivojlanish sikli qaytariladi. Ustida shilimshiq modda mavjudligi tufayli, konidiyalar daraxt a’zolariga yaxshi yopishadi. Daraxtlarning shoxlari qalinlashib ketishi kasallik kuchayishiga olib keladi. Zamburug’ o’sishi, konidiyalar rivojlanishi va o’sishi uchun optimal harorat (18)21-26oS, minimum 0-3oS va maksimum 28-29oS. Qulay haroratda tez-tez jala yog’ib va shamol bo’lib turishi kasallik ham bahorda, ham kuzda, juda tez tarqalishiga olib keladi.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish