O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Sabzining rizoktonioz qizil chirishini



Download 46,5 Mb.
bet201/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Sabzining rizoktonioz qizil chirishini Rhizoctonia violaceazamburug’i qo’zg’atadi. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida tarqalgani xabar qilingan, ammo u O’zbekistonda qayd etilmagan. Sabzidan tashqari lavlagi, piyoz va boshqa ko’p ekin va begona o’tlar (qaylyug’un, olabo’ta, yulduzo’t, gazanda o’t va b.) zararlanadi.

Dalada zararlangan ildizmevalarning tepasida kulrang-qo’rg’oshin rangli dog’lar paydo bo’ladi, ular sekin-asta qizg’ish tus va biroz botiq shakl oladi, oldin rangsiz, so’ngra binafsha tusli, qalin, kiygizsimon mog’or qatlami bilan qoplanadi, ustida ko’p, mayda, to’q-binafsha sklerosiylar rivojlanadi, ildizmevalar qurib, kichrayib qoladi, ba’zan chirib ketadi. Zararlangan o’simliklarning barglari sarg’ayadi, so’ladi va quriydi. Havo harorati 20-30°S va nisbiy namligi yuqori bo’lsa, rizoktonioz tez tarqaladi, 10°S dan past haroratda rivojlanmaydi.

Ildizmevalar chirishi omborxonalarda davom etadi va ularning to’qimalarini ikkilamchi mikroorganizmlar zararlaydi. Qo’zg’atuvchi miseliy va sklerosiylari yordamida zararlangan ildizmeva, o’simlik qoldiqlari va tuproqda saqlanadi.

Rizoktonioz bilan kurashda fomozga qarshi tavsiya qilingan tadbirlarni qo’llash, nordon tuproqlarga ohak solish, begona o’tlarga qarshi gerbisid purkash lozim (Gerasimov, Osniskaya, 1961; Peresыpkin, 1982; Vyangelyauskayte i dr., 1989).

AQSh da o’tkazilgan tadqiqotlarda sabzini zamburug’ning boshqa turi - Rhizoctonia carotae zararlashi aniqlangan, kasallik "krater chirishi" nomini olgan. Dastlabki 4 oy mobaynida omborxonadagi sabzi deyarli faqat krater chirishi bilan zararlangan. Saqlash davrining ikkinchi yarmida sabzida kulrang chirish, qora chirish va ildiz bo’g’zi hamda meva tepasi chirishi (qo’zg’atuvchi Rhizoctonia sp.) ko’p tarqalgan. Kam tarqalgan kasalliklardan sabzida yumshoq chirish (qo’zg’atuvchilar Erwinia spp.), oq chirish, yumshoq mukoroz (Rhizopus spp.), quruq fuzarioz (Fusarium roseum) va qizilmiya chirishi (Centrospora acerina) qayd etilgan. Bu tajribalarda chirishni kamaytiradigan eng muhim faktor kavlab olingan sabzini juda tez 0°S gacha sovutish ekanligi, u qancha tez sovutilsa, uning omborxonada chirishi shunchalik kamayishi isbotlangan (MacNab et al., 1983).


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish