Kasallikning zarari. Zararlangan tokning barglari to’kiladi, tok zaiflashadi, novdalar yaxshi pishmaydi va qish sovug’iga chidamliligi kamayadi. Sentyabr oyida zararlangan tok barglarining yarmi to’kilib ketishi mumkin. O’zbekistonda kasallik hosilni pasaytirmasligi yoki ba’zan serkosporoz kuchli rivojlangan mavsumlarda hosilning bir yoki ko’p qismini nobud qilishi mumkin.
Qo’zg’atuvchilarning belgilari. Qo’zg’atuvchilar gifomiset zamburug’lardir.
Ragnhildiana roesleri, cinonim Cercospora roesleri. Konidioforalar odatda zich joylashgan, och-zaytun yoki zaytun-qo’ng’ir tusli, 35-80x4-5 mkm. Konidiyalari ba’zan shoxlangan zanjirlarda, zaytun tusli, silindr shaklli, to’g’ri yoki egilgan, 1-6 hujayrali, 20-65x5(8) mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |