Kasallik rivojlanishi. Zamburug’ to’kilgan barglarda konidiyalari bilan qishlaydi. Bahorda konidiyalar tok barglarini birlamchi zararlaydi. Ularda rivojlanadigan yangi konidiyalar kasallik boshqa o’simliklarga tarqalishini ta’minlaydi. O’zbekistonda Oq Husayni, Kishmish, Ro’vaki, Oq va Pushti Toifa, Kattaqo’rg’on va Nimrang navlari kuchli zararlanadi. Kurash choralari. Serkosporozga qarshi maxsus kurash choralari qo’llanilmaydi; un-shudring va antraknozga qarshi tavsiya qilingan agrotexnik, tashkiliy chora-tadbirlar va fungisidlar bu kasallikni ham nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |