Lavlagining un-shudring kasalligini Erysiphe cjmmunis f.betae askomiset zamburug’i qo’zg’atadi. Kasallik barcha mintaqalarda, jumladan O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Xo’raki hamda qand lavlagi zararlanadi. Qirg’izistonda qand lavlagida ko’pincha serkosporoz bilan birga uchraydi.
Zararlangan barglarning ikki tomonida ham oq, siyrak, mayin, zamburug’ning konidiofora va konidiyalaridan iborat bo’lgan mog’or rivojlanadi; mog’or tezda o’sib, barglarning ko’p qismini egallaydi vaqalin qatlamga aylanadi.
Yoz oxirida qatlam ichida va ustida qo’ng’ir, so’ngra qora tus oluvchi kleystotesiylar paydo bo’ladi. Zamburug’ ekin ichida konidiyalari bilan tarqaladi; o’simlik qoldiqlari, urug’lik ildizmevalari va tuproqda kleystotesiylar yordamida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |