Qo’zg’atuvchining belgilari.Perenospora farinosa. Barglar ustida, asosan ostki tomonida, och-sariq, so’ngra sariq va qo’ng’ir dog’larda patogenning spora hosil qiluvchi organlaridan iborat bo’lgan juda mayin, yupqa, ko’zga zo’rg’a ko’rinadigan, kulrang-binafsha qatlam paydo bo’ladi. Konidioforalar o’lchami 250-650x8-12 mkm, barg teshikchalaridan 1-3 tadan chiqadi, ular 6-8 marta dixotomik shoxlangan, uchlari o’tkirlashgan. Konidiyalar yupqa kulrang-binafsha qobiqli, ellipsoid yoki tuxum shaklli, o’lchami 20-28 x 16-23 mkm. Oogoniylar dumaloq, qobig’i yupqa, rangsiz, diametri 50-60 mkm. Oosporalar kam hollarda paydo bo’ladi, shar shaklli, qobig’i sarg’ish-qo’ng’ir, qalin, silliq, 2 qavatli, diametri 32-60 mkm. Qishlagan oosporalar bahorda gifa hosil qilib o’sadi va ekinlarni zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |