Qo’zg’atuvchining belgilari.Erysiphe cjmmunis. Konidioforalar kalta. Konidiyalar zanjirchalarda, ellipsoid yoki silindr, ba’zan oval yoki bochka shaklli, o’lchami 20-40x10-20 mkm. Kleystotesiylar sharsimon, quriganda yassiroq shaklli, diametri 65-180 mkm, o’rtacha 90 mkm, 2-8 qopchali. Xaltachalar tuxum, ellipsoid yoki shar shaklli, 46-72 (80)xZO-45 mkm, ichida 3-6 (ba’zan 8 va kamdan-kam 2) askosporalari mavjud. Askosporalar ellipsoid shaklli, 19-25x9-14 mkm.
Un-shudring issiq va quruq havoda, 20-30°S haroratda ekin ichida tez tarqaladi. Lavlagining ba’zi navlari boshqalariga nisbatan kamroq zararlanadi. Kasallik Xorazm viloyatida qand lavlagida keng tarqalgan va hosilni 10-40% ga, ildizmeva tarkibidagi qand miqdorini 0,5-1,5% ga, Qirg’izistonda ildizmeva hosilini 20-22% ga, qand chiqishini 28-30% ga pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |