5-Mavzu: Beda o’simligi kasalliklari Reja



Download 30,01 Kb.
bet1/7
Sana04.03.2022
Hajmi30,01 Kb.
#482957
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza


5-Mavzu: Beda o’simligi kasalliklari
Reja:
1.Bedaning un-shudring, zang, qong’ir dog’lanish, askoxitoz, fuzarioz so’lish, sozta un-shudring va virusli kasalliklari hamda gullik parazitlari.
2.Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalishi, kasallik belgilarining namoyon bo’lishi muddatlari va xususiyatlari.
3.Kasallikka qarshi kurash choralari.
TAYaNCH TUSHUNCHALAR
Urediniospora, teliospora, urediniokapsula, piknidiy, piknospora, dukkak bandi, pentaxlorfenolyat natriy, oraliq -o’simlik, sutlama o’t, kigizsimon g’ubor, mumsimon g’ubor, oltingugurt - ohak aralashmasi, tsineb, kolloid oltingugurt.
Beda barglarining qo’ng’ir dog’lanish kasalligi
Pseudopeziza medicaginis. Fekl
Bedaning bu kasalligi hamma joyda uchraydi, asosan ko’p yog’ingarchilik bo’ladigan hududlarda va bahor sernam kelganida kasallik har xil joyda har xil vaqtda paydo bo’ladi: masalan kasallik O’rta Osiyo bedazorlarida aprelь-may oylarida kuchli ko’rinadi. Koraqalpog’iston Respublikasida esa ko’proq avgust sentyabr oylarida kuchli rivojlanadi.
Birinchi o’roq bedalarining kasallik ta’sirida bargi to’kilib ketishi hosilni ko’plab nobud bo’lishiga olib keladi, natijada pichan hosili 5,2 ts/ga gacha kamayadi, hosilning sifati keskin buziladi. Agarda urug’li beda bu kasallik bilan kasallansa yo’qotiladigan hosil ko’lami kattagina miqdorni tashkil etadi. Agarda kuchsiz kasallansa 25 %, kuchli kasallansa 95 % hosil nobud bo’ladi. Kasallik alomatlari: Kasallik asosan bedaning pastki barglarida qo’ng’ir yumaloq dog’ hosil qilib ko’rinadi, dog’lar avvalo mayda bo’ladi, keyinchalik kattalashadi va diametri 2-3 mm ga yetadi. Dog’larning cheti notekis tishchali bo’ladi. Dog’larning o’rtasida 1 yoki 2 tadan zamburug’ning mevali tanasi apotetsiylari hosil bo’ladi.
Kasallik alomatlari bargdan tashqari bedaning poyasida va dukkaklarida ham namoyon bo’ladi. Kasallik alomatlari poyada cho’zinchoq qo’ng’ir dog’ hosil qilib ko’rinadi. Bedani bu kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’ xaltali zamburug’ Pseudopeziza medicaginis dir.
Apotetsiylari nam havoda namiqadi va diskasimon ko’rinishida yoriladi, xaltalari bulavkasimon shaklda, o’lchamlari 60-80 x 10-14 mm atrofida bo’ladi, xaltalari o’rtasida to’siqlari (parafiyalari) bor, har bir xaltada 8 ta dan bir hujayrali rangsiz sporalari bo’ladi.
Harorat bir me’yorda bo’lgan hududlarda zamburug’ ikki marta avlod beradi (xaltali spora hosil qiladi). O’zbekistonda esa zamburug’ yiliga 3-4 marta avlod beradi.
M.N.Rodigin va L.G.Juravlevaning (1959 yil) ma’lumoti bo’yicha bu zamburug’ mevali tana apotetsiy hosil kilishdan tashqari jinssiz yo’l bilan piknosporali piknidiy ham hosil qiladi. Zamburug’ Markaziy Osiyoda piknidiyli piknospora holida kasallangan o’simlik qoldiqlarida, hatto yovvoyi o’simliklarda ham saqlanadi.
Qarshi kurash choralari:

  1. CHidamli navlar ekish;

  2. Sog’lom o’simliklardan urug’ tayyorlash;

  3. Urug’larni ekishdan oldin tozalash;

4. O’g’itlash, fosforli va kaliyli o’g’itlardan foydalanish;
5.Vegetatsiya davrida oltingugurt changlash 30 kg/ga, bordo suyuqligining 1 % eritmasini purkash.

Download 30,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish