5-Mavzu: Beda o’simligi kasalliklari Reja



Download 30,01 Kb.
bet3/7
Sana04.03.2022
Hajmi30,01 Kb.
#482957
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

Bedaning zang kasalligi
Uromyces striatus Schroter (Uromyces medicaginis Pass.)
Hamma joyda uchraydi, asosan iyun, iyul oylarida ko’rinadi. Kasallangan o’simlik poyalari kam mahsulot beradi, o’simlik ko’plab protein va uglevodni yo’qotadi. Beda urug’ hosili 30-60 % kamayadi.
Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda sug’oriladigan bedazorlarda kasallikni zarari nihoyatda katta va namgarchilik ko’p bo’lgan mintaqalarda ham bu kasallik ko’p zarar yetkazadi. Zamburug’ bedani hamma turini zararlaydi. Kuchli kasallanganda barg yaxshi rivojlanmaydi, tez quriydi va to’kilib ketadi.
Yoz oylarida beda barglarida va boshqa yer ustki organlarida qo’ng’ir tusli uvalanuvchi yostiqchalar-urediniopustulalar paydo bo’ladi. Vegetatsiya davrining oxiriga borib qora tusli yostiqchalar (pustulalar) paydo bo’ladi, bularga teleytopustula deyiladi. Bedaning zang kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’ bu ikki uyli bazidiyali zamburug’ Uromyces striatus Schroter (Uromyces medicaginis Pass.) Uredinales tartibiga mansub. Bedada faqat uredinio va teleytosporali davrlarini o’taydi. U. striatus ning urediniosporalari sharsimon ko’rinishda, teleytosporalari och qo’ng’ir tusli, ellipssimon yoki tuxumsimon ko’rinishda. Teleytosporalarning po’stlog’i ko’ndalang chiziqlidir. Qishlab chiqqan teleytosporalar bahorda o’sib bazidiyasporali bazidiya hosil qiladi. Bu hosil bo’lgan bazidiosporalar tarqalib sutlama o’tning Euphorbia cyparissial, E. vizgata, E. gerarbiana larning uyqudagi kurtagini zararlaydi. Sutlama o’tda zamburug’ diffuziyali mitseliy hosil kiladi, bargning orqa tomonida esa etsidiyali davri och-oq massa rangli yostiqchalar hosil qiladi.
V.M.Lopatinaning (1958 yil) ma’lumotlariga ko’ra bir tup sutlama o’tda 100000 donagacha etsidiopustulalar hosil bo’ladi. Etsidiosporalarning tarqalishi 2-3 hafta davom etadi, keyin sutlama o’t nobud bo’ladi.
Etsidiosporalar sutlama o’tdan chiqib tarqalganidan keyin bedani zararlaydi, bedaga avvalo urediniopustulalar hosil qilib, urediniopustulalarda urediniosporalar hosil bo’ladi, keyinchalik teleytosporali teleytopustulalar hosil qiladi.
Markaziy Osiyoda zamburug’ bedada urediniomitseliy, hatto urediniospora holida ham kishlab chiqadi.
Qarshi kurash:

  1. Sutlama o’tlarni doimo yo’qotib borish;

  2. Bahorda bedazordagi tirmalangan va yig’ib olingan o’simlik qoldig’ini yo’qotish

  3. Zang kasalligi paydo bo’lishi bilan 80 % li tsineb (2-2,4 kg/ga) purkash yoki har gektarni 15-20 kg/ga hisobidan oltingugurt bilan changlash;

  4. Zang kasalligi ko’plab ko’payganida bedani tez o’rib olib daladan tezlik bilan tashib ketish;

  5. Bedani boshqa ekinlar bilan ekish;

  6. Urug’li bedani o’z vaqtida yig’ib olish va bedani tez o’rish.




Download 30,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish