Bedani un shudring kasalligi
Erysiphe communis f. medicaginis; Leveillula taurica Arnaud. f. medicaginis Jacz.
Bedaning bu kasalligi hamma joyda uchraydi, ammo Markaziy Osiyo jumladan O’zbekistonda ko’p va kuchli tarqalgan.
Bu kasallikdan keladigan zarar shundan iboratki kasallangan o’simliklarni bargi oq g’ubor bilan qoplanishi natijasida ularni vaqtidan oldin qurib qolishi sababli bargning assimilyatsiya sathi kamayadi. Bu kasallik pichan hosilini 20-25 % kamayishiga olib keladi.
Kasallik odatda yozning ikkinchi yarmida paydo bo’ladi. Yer ustki qismi bargi, barg bandi va poyasi kasallanadi. Bu organlarda oq tusli yumaloq ko’rinishdagi g’ubor paydo bo’ladi. Keyinchalik bu g’uborlar orasida avvalo sariq, keyinchalik qorayadigan, nuqtasimon ko’rinishdagi zamburug’ning mevali tanasi kleystotetsiylari hosil bo’ladi. Kasallik issiq jazirama kunlar kelishi bilan kuchli rivojlanadi, bu davrda o’simlikni kasallikka bo’lgan chidamliligi pasayadi. Inkubatsion davri 2-4 kunda o’tib bo’ladi.
Bedaning bu kasalligini xaltalilar sinfiga kiruvchi zamburug’ qo’zg’atadi. O’simliklarni zararlaydigan maxsus formalari bor. Bedada f. medicaginis espartsetda f. onobrichidis sebargada – f. trifoli zamburug’lari kasallikni qo’zg’atadi.
Markaziy Osiyoda bedadagi un shudring kasalligini xaltali zamburug’ Leveillula taurica Arnaud. f. medicaginis Jacz qo’zg’atadi.
Yozda ikkala zamburug’ ham ko’plab zanjirsimon ko’rinishdagi konidiya hosil qiladi, oddiy konidiya bandlarda konidiyalari bir hujayrali, rangsiz, ellips, yoki bochka ko’rinishida bo’ladi. Zamburug’ shu hosil bo’lgan konidiyasporalar yordamida o’simlikning vegetatsiya davrida tarqaladi
Ikkala zamburug’ning ham mevali tanalari ya’ni kleystotetsiylarida ipsimon o’simtalari bor, bu o’simtalari mitseliydan kam farq qiladi. Erysiphe communis f. medicaginis ning kleystotetsiylari sharsimon, har birida 48 tadan xaltasi bor, har qaysi xaltada 4-6 tadan spora bo’ladi.
Leveillula taurica Arnaud. f. medicaginis ning kleystotetsiylarida 8-36 xalta hosil bo’ladi, har kaysi xaltada 2 tadan xalta spora yetiladi.
Un shudring kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’ kleystotetsiy holida qishlaydi. Birlamchi o’simliklarni zararlanishi xaltasporalar yordamida bahorda ro’y beradi, ammo O’zbekistonda mitseliy holida qishlaydi va bulardan bahorda konidiyasporalar hosil bo’ladi.
Qarshi kurash choralari:
O’simlik qoldiqlarini yo’qotish;
Bedazordan tirmalanib olingan beda qoldiqlarini yig’ib
yoqib tashlash;
Z.Oltingugurt bilan changlash har gektarga 15-20 kg hisobidan yoki 1% kolloid oltingugurt bilan purkash 6-8 kg/ga hisobidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |