Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo’llash, ekish uchun quruq, sog’lom, fungisid (bakterisid) bilan dorilangan urug’lik tuganak ishlatish (1-ilova), nam tuproqqa ekmaslik; dalani keragidan ortiq sug’ormaslik; almashlab ekishni joriy etish; nihollar yangi o’sib chiqqanda va ekin gullaganda kasallarini yagana qilib, daladan chiqarib, yo’qotish; hosilni yig’ish, tashish, omboxonalarga joylash va saqlash jarayonida mexanik jarohat yetkazmaslik, ularni quritib, so’ngra quruq joylarda, 2-4oS harorat va 90-95% HNN da saqlash lozim. Kartoshkani omborxonalarda saqlash davrida ho’l va boshqa chirishlar bilan kurash choralari haqidagi ma’lumotlar “Sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarining mevalarini saqlash” bobida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |