O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Texnogen vaziyatlarda (liftda, transportda, inshoot va



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

Texnogen vaziyatlarda (liftda, transportda, inshoot va 
binolarda) majburiy yolg„izlik holatida o„zini tutish qoidalari 
 
Lift eshiklari ishlamay qolganida birinchi navbatda eng yaqin qavat 
tugmasini bosish, agarda lift ishlamasa lift navbatchisini chaqirish tugmasini 
bosish zarur. Agarda bu ko'rilgan choralar yordam bermasa, unda uyali 
aloqa vositasi orqali yordam so‗rash kerak. Uyali aloqa vositasi bo'lmagan 
holatda baland ovoz hamda lift eshiklariga qo‗l yoki biror bir jism bilan urib 
atrofdagi kishilarning e‘tiborini jalb etish zarur. 
Majburiy yolg‗izlik holatida mavjud har qanday ashyo, vosita va 
imkoniyatlardan to‗g‗ri, tejamkorona va oqilona foydalanish yashab qolish 
imkoniyatlarini oshiradi. Bunda mavjud har bir ashyo, narsa yoki vositaning 
to'g'ridan to‗g‗ri vazifasidan tashqari ikkilamchi vazifalari bo‗lishini ham 
e‘tiborga olishimiz shart. Masalan: oyna signal berish, klenka suvni yig'ish 
yoki yog'ingarchiliklardan himoyalanish, spirtli ichimliklar jarohatni 
tozalash, qo
l
l soati kompas vositasi sifatida qo‘l1anishi mumkin. Eng 
asosiysi biz sarosimaga tushmasdan, ruhiy bosiqlik bilan mavjud vaziyatdan 
chiqish yo‗llarini izlashimiz kerak. 
Majburiy yolgizlik holatida oziq-ovqat topish va ularni tayyorlash 
Majburiy yolg'izlik holatida eng asosiy muammoli vazifalardan biri 
o‗zini oziq -ovqat bilan ta‘minlashdir. Bunda albatta birinchi navbatda qo‘l 
ostida bo'lgan va o‗zini o‗rab turgan muhitdagi mavjud narsa, ashyo va 
jismlardan foydalaniladi. Oziq - ovqat sifatida daraxt va o‗simliklar barglari, 
novdalarini ular gullamasidan oldin yig‗ish va iste‘mol qilish mumkin. Ular 
yumshoqroq, to'yimliroq, oson hazm bo‘ladi. Gullagandan keyin 
o‗simliklarning yer ustidagi qismi qo‗pollashadi hamda o‗zining oziqa 
moddasi sifatidagi qimmatini yo'qotadi. Oziq modda sifatida ayniqsa yangi 
barglar, novdalar katta qiymatga ega. Daraxt va butalar soyasidagi 
o‗simliklar va novdalar iste‘mol qilish uchun yumshoqroq va qimmatliroq 
hisoblanadi. Qari daraxt va o‗simliklarning yangi novdalari va barglari 
iste‘molga yaroqli hisoblanadi. Tayyorlangan yashil massani oqayotgan 
suvda yuvib, xom holatida iste‘mol qilish mumkin. Iste‘mol uchun qazib 


149 
olingan ildizlar, o‗simlik piyozlari, yovvoyi mevalarni tuproqdan tozalab 
yuviladi, chirigan yaroqsiz joylari olib tashlanib so‗ngra oziq modda sifatida 
foydalanish mumkin. 
Majburiy yolg‗izlik holatida yovvoyi hayvonlarni tutish, iste‘molga 
yaroqli ildiz yoki o'simliklarni izlab topish ularni keyinchalik qayta 
tayyorlashga nisbatan osonroq bo‘lishi mumkin. Chunki bunday holatdagi 
kishida oddiy idishlar ham yo‗q bo‗lib, bir sutkada bir marta issiq ovqat 
tayyorlash ham katta muammoga aylanadi. Ammo kulinariyaning hech 
qanday idish va tovalarni talab qilmaydigan usullarini o'zlashtirsak bu 
muammoni ham oson hal qilish mumkin. O‗simliklarning ildiz va 
novdalari, baliq va mayda yovvoyi hayvonlarni idish - tovoqsiz, cho‗g‗ning 
o‗zida ularni loy yoki o'simlik barglaridan tayyorlangan qobiqqa o'rab 
pishirish mumkin. Kichkina yovvoyi hayvonlar, qushlarni terisini 
shilmasdan va patlardan tozalamasdan sixda tayyorlash mumkin. Six 
sifatida daraxt novdalari olinadi. Tayyorlab bo'lgandan keyin kuygan teri va 
patlar hamda ichki a‘zolar olib tashlanadi. Shuningdek, ovqatni olov tagida 
tayyorlash usuli ham qulay hisoblanib bunda yerda chuqurligi 30 - 40 sm 
chuqurcha kovlanib unga barg va o‘t - o'lanlar to'shaladi. So'ngra go‗sht 
yoki tayyorlanayotgan boshqa narsalar chuqur tagiga qo‗yilib 1,5 - 2 sm 
qalinlikdagi tuproq bilan ko'miladi va tepasida olov yoqiladi. 30 - 40 
minutdan keyin ovqat tayyor bo‗ladi. Shuningdek, go'shtni oldin barg, o't- 
o‘lanlar so'ngra loyga o‗rab qizigan toshlarda pishirsa ham bo‘ladi. 
Ovqatning tayyorligini uning ta‘mi va hidiga qarab bilsa bo‘ladi. Ammo 
inson ovqatsiz ham uzoq muddat yashashi mumkin. Agarda inson yaxshi 
jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka ega bo'lsa 10 - 12 kungacha ovqat istc‘mol 
qilmay ham yashashi mumkin. Inson o‗z organizmining ichki resurslariga 
tayanib 30 sutkagacha chidashi mumkin. 55 - 60 sutka inson organizmi 
imkoniyatlarining chegarasi hisoblanadi. 
Majburiy yolg‘izlik holatida o‗zini suv bilan ta‘minlash. 
Inson organizmining kam foizda suvsizlanishi uning hayotiy faoliyati 
buzilishiga, 10 % dan ko'proq suvsizlanish esa inson ichki a‘zolari 
faoliyatining buzilishiga hamda o‘limga olib kelishi mumkin. 
Iqlimi nisbatan past haroratli bo'lgan hududlarda kam jismoniy 
harakat qilinganida suvga bo'lgan ehtiyoj 1,5 - 2 litrdan oshmaydi. Ammo 
havoning harorati yuqori bo'lgan hududlar, ayniqsa cho'l va tropik o'rmon 
sharoitlarida suvga bo'lgan ehtiyoj keskin ortib, sutkasiga 4 - 6 litr, ba‘zan 
undan ham ko'proqni tashkil etadi. Majburiy yolg'izlik holatida havoning 
yuqori harorati va quyosh radiatsiyasi organizmning tez suvsizlanishiga olib 
kcladigan hududlarda o'zini suv bilan ta‘minlash birinchi darajali 


150 
muammoga aylanadi. 
Bunda suv manbalarini shartli ravishda bir qancha guruhlarga 
bo'lishimiz mumkin: ochiq suv manbalari (daryo, ko‗l,irmoqlar), yer 
tagidagi yopiq suv manbalari (buloq, ycrosti suvlari), biologik suv 
manbalari (suvli o'simliklar, bambuk, kaktus, lianalar), atmosfera suv 
manbalari (qor, yomg'ir, muz va hk.). Arktik sharoitlarda yil mavsumlariga 
ko‗ra suv manbasi sifatida qor, muz, muz ustida yig'ilgan suvlar, yozgi 
tundra sharoitida ko‗1, irmoq, botqoqliklar, tayga sharoitida daryo, ko‗l, 
botqoqliklar xizmat qilishi va insonga ichish, ovqat tayyorlash va xo‗jalik 
maqsadlarida zarur bo‗lgan suv miqdori bilan ta‘minlashi mumkin. 
Cho‗1 sharoitida suv bilan ta‘minlash muammosi o'ziga xos 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki bunday sharoitda suv havzalari 
juda kam uchraydi hamda relyef va o‗simliklarning belgilari kabi zaruriy 
maxsus bilim va ko‗nikmalarga ega bo‘lmasdan ularni topish juda katta 
muammo hisoblanadi. Tropik o‗rmon sharoitida suv bilan ta‘minlash nafaqat 
suv havzalari balki bambuk, liana, palma, baobab kabi suvni o‗zida ko‗p 
saqlaydigan daraxtlar va o'simliklar kabi biologik manbalar tomonidan ham 
amalga oshirilishi mumkin. Tog‗ sharoitida esa daryo, irmoq, buloq, qor 
qatlamidan foydalanish mumkin. 
Tog' va o'rmon sharoitida buloq, irmoq, daryo suvlarini ichish mumkin. 
Ammo bir joyda turib qolgan suv havzasidagi suvni ichishdan oldin uni 
yaxshilab tozalash va zararsizlantirish kerak. Buning uchun bir necha qavatli 
bintdan filtr yasash yoki bo‗sh konserva bankasining tagidan bir nechta 
teshiklar qilib bankaning tagiga ozroq qum solish mumkin. Yana suv havzasi 
qirg‗og
l
idan 1 - 1,5 metr uzoqlikda chuqurcha qazilsa u ozroq vaqtdan keyin 
toza, tiniq suv bilan to‘ladi. 
Biroq bir joyda turib qolgan suv havzalaridan olinadigan suvni oddiy 
tozalash yetarli emas, chunki bunday suvda inson sog‗ligi uchun zararli 
bo‗lgan oshqozon - ichak kasalliklari, virusli gepatit kabi kasalliklar 
qo‗zg‗atuvchilari bo‗lib ularni zararsizlantirish kerak. Suvni zararsizlantirish 
uchun margansovkadan foydalanish mumkin, ya‘ni bunda suv margansovka 
kukuni yordamida oqish pushtirangga kiritiladi. Keyin suv bir soat 
mobaynida tinitish uchun qo‗yib qo‗yiladi va iste‘mol qilinadi. Ba‘zan shu 
maqsadlarda 5 % li yod eritniasidan ham foydalaniladi, ya‘ni bir litr suvga 2 - 
3 tomchi yod eritmasi qo‗shiladi. 
Agarda qo‗l ostida kimyoviy vositalar bo‗lmasa, unda eman, iva kabi 
daraxt tanasi po
l
stlog‗i kabi qo‗lbola vositalardan foydalaniladi. Bunda bir 
chelak suvga 100 - 150 gr po‗stloq solinib 30 - 40 minut mobaynida 
qaynatiladi hamda 6 - 7 soat mobaynida tinitish uchun quyib quyiladi. Suvni 


151 
tozalash maqsadida mingtomir, fialka kabi o'tlardan foydalanish ham 
mumkin. Ammo suvni zararsizlantirishning eng oddiy va sinalgan usuli - bu 
qaynatishdir. 
Majburiy yolg‗izlik holatida agarda suv havzalari bir - biridan ancha 
uzoq masofada joylashgan bo‗lsa, suv zaxiralarini tayyorlash mumkin. Agar 
suv havzalari o‗rtasidagi masofa yaqin bo'lsa uni o‗sha joyda olish, tozalash, 
zararsizlantirish hamda iste‘mol qilish kerak. 
Ijtimoiy ko'rinishdagi favqulodda vaziyatlar ko'pincha inson jismoniy 
va ruhiy yolg'izlanib qolganda yuzaga keladi. Bunda insonning hayotiga, mol 
- mulkiga, mavqeyiga zarar yetkazishga intilish kuzatiladi. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish