O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Majburiv yolg‟izlik holatida signal berish vositalari va signal berish



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

Majburiv yolg‟izlik holatida signal berish vositalari va signal berish 
tartibi
Favqulodda holatlarda qiyin vaziyatda qolgan odamlarni izlab 
topishda qidiruv ishlarining juda katta hududda olib borilishi qiyinchilik 
tug'diradi. Agar qidiruv ishlari qiyin ob - havo sharoitlarida tog', o'rmon 
sharoitida olib borilayotgan bo'lsa ularni yuqoridan ko'rish yanada qiyinroq 
hisoblanadi. 
Shuning uchun ham qidirilayotgan kishilar qidiruv ishlarida 
qatnashayotgan 
transport 
vositalarini 
ko'rganlarida 
yoki 
ovozini 
eshitganlarida qo'l ostida bo'lgan har qanday ashyo va jihozlardan 
foydalangan holda o'zlarining turgan joylarini ko‗rsatuvchi signallarni 
berishlari zarur. 
Bunda maxsus signal vositalaridan foydalaniladi. Birinchi navbatda 
bunday vositalarga PSND patroni kirib, uning «kunduzgi» tomoni 30 
sekund davomida yorqin sarg'ish rangda yonib turuvchi aralashma bilan 
to‘ldirilgan. PSND patronining «Tungi» tomoni ochiq pushti rangda yonib 
belgi beradi. 
PSND patronini qo‘llash uchun uni chap qolga olib, o‗ng qo‘l bilan 
saqlovchi qalpoqcha buraladi hamda chuqurchadan zapal shnuri olinadi. 


147 
So'ngra shamolga qarama-qarshi turib, patronni xiyol bukilgan qo'lda ushlab 
o‗ng qo‗l bilan shnur kcskin harakat bilan yuqoriga tortiladi. Ochiq joyda 
signal ancha uzoq masofadan ko'zga tashlanadi. Ayniqsa tunda signalni 10 - 
12 km masofadan ko'rish mumkin. O‘rmon yoki daraxtzor sharoitida oldin 
daraxt kam yoki siyrak o‗sgan joylarni, o‗rmon chetini, tepaliklarni, suv 
havzasi qirg'oqlarini topib, shundan so'ng patronni qo‘llash kerak. Bo‘lmasa 
tutun daraxtlar orasida qolib ketishi va yaxshi ko'rinmasligi mumkin. 
Bundan tashqari signal berish uchun signal raketalaridan keng 
foydalaniladi. Signal raketasidan qanday foydalanish tartibini lining 
o‗ramidagi yo

riqnomadan bilish mumkin. Shuningdek, signal berishda 
signal oynalaridan samarali foydalanish mumkin. Insonga xos qotib qolgan 
fikrga ko'ra oyna radio, pirotexnika va elektronika vositalari bilan tenglasha 
olmaydi. Ammo bu fikrni to‗g‗ri, deb bo'lmaydi. Ayniqsa cho‗1 sharoitida 
va suvda oynadan signal berishda samarali foydalanish mumkin. 
Agar qo‗l ostida maxsus signal vositalari bo‘lmasa, unda ajdodlarimiz 
qadimdan keng foydalanib kelgan qo‘lbola usul, olovdan foydalanishimiz 
mumkin. Hozirgi kunda ham olov signal berishning samarali vositasi 
sifatida qo‘llaniladi. Signalni o‗z vaqtida, ya‘ni transport vositalari ko'rinishi 
bilan berish uchun olov uchun yoqilg'i va joy oldindan tayyorlanib quyilgan 
bo‘lishi zarur. Olov uchun ochiq joy, tepalik, suv havzasi qirg‗og‗i 
tanlanishi kerak. Agarda shunday joy tanlanmasa tutun daraxtlar orasida 
qolib ketishi va ko‗zga tashlanmasligi mumkin. Tutun qalin va qoraroq 
bo‘lishi uchun olov yonganidan so‗ng unga yashil o‗tlar, o‗simlik va daraxt 
barglar, hamda boshqa jismlarni tashlash mumkin. 
Cho‘l sharoitida yoqilg‘i ashyolari topilmasligi mumkin. Bunda olov 
o'rniga yonilg‗i quyilgan qum bilan to‘ldirilgan bankalardan samarali 
foydalanish mumkin. Signal uchun olov qidiruv ishlarida ishtirok etayotgan 
transport vositasi ko‗ringanida, uning ovozi eshitilganida yoki uning bilan 
radioaloqa o‗rnatilganda yoqiladi. Qish vaqtida olovni qo'lbola vositalar 
bilan qor va yomg‗irdan to‗sish zarur. 
Agarda boshqa imkoniyati bo

lmasa havo transporti ekipaji 
a‘zolarining diqqatini joyni qayta niqoblash yo‘li bilan o‗zi turgan joyga jalb 
etish mumkin. Masalan, qorda gcomctrik figuralarni tepkilab chizish, 
butazorlarni kesish, suv havzalari qirg‗oqlarida va ochiq joylarda «SoS» 
signalini juda katta o‘lchamdagi harflar bilan yozish va hk. 
Zilzilada inshoot va binolar qulaganida ba‘zan inson majburiy 
yolg‗izlik holatida qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda kishilar birinchi 
navbatda ruhini tushirmasligi zarur. Atrof qorong‗i bo‗lsa ham gugurt va 
boshqa yondiruvchi moslamalardan foydalanmang, chunki tabiiy gaz 


148 
tarqalishi xavfi mavjud. Agar shikastlanmagan bo‘lsangiz ham ortiqcha 
harakatlar qilishdan saqlaning, chunki tezda ko'p kuch yo‗qotasiz. Imkoni 
bo‗lsa metall jismlarga biror bir narsa bilan urib tepadagilarga signal 
berishga harakat qiling. Inson suvsiz va ovqatsiz ham ancha muddat 
yashashi mumkinligini unutmang. Qutqaruvchilar sizni izlayotgani va 
albatta yordamga kelishlarini doimo yodda tuting. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish