2.9. Majburiy yolg„izlik holatida o„zini tutish qoidalari
Tabiiy muhitda (tog„da, cho„lda, suvda, o„rmonda) majburiy
yolg„izlik holatida o„zini tutish qoidalari va harakatlanish tartibi
Inson tabiatning qonunlari, injiqliklari bilan bog‘liq bo'lgan bir bo'lagi
bo'lib, uning faoliyati atrof-muhitda yuzaga kelayotgan o'zgarishlarga
bog'liq holda amalga oshadi. O'zining betakror va mukammal mavjudot
ekanligi tufayli inson tabiiy muhitda o'ziga sun‘iy dunyo yaratib olgan va
o'z hayotining asosiy qismini ana shu muhitda, tug'ilganidan o‗ziga tanish
boigan narsa va vositalar orasida o'tkazadi.
Sivilizatsiya yutuqlaridan foydalanib, inson ularga o'rganib qoladi va
o'zi tomonidan yaratiladigan har qanday narsa qarovsiz qolsa, tabiiy
muhitdagi bir uyum axlatga aylanib qolishini unutib quyadi.
Inson tomonidan yaratilgan sun‘iy dunyo tabiiy muhitdan keskin farq
qiladi. Odamlardan ajralib, ulardan yordam so'rash va maslahat olish
imkoniyatidan mahrum bo'lgan, tayyorlanmagan inson tabiiy muhit bilan
bir o'zi yuzma-yuz qolganda ekstremal vaziyatga tushib qoladi va uning
hayoti va sog'lig'iga xavf tug'iladi.
Majburiy yolg'izlik holati - o‗ta xavfli ekstremal vaziyat bo‗lib,
141
insonning tabiiy muhit bilan yuzma-yuz qolish holati ko'pincha to'satdan va
majburan sodir bo‘ladi.
Tabiiy muhitda majburiy yolg‗izlik holati qanday sabablarga ko'ra
yuzaga kelishidan qat‘iy nazar insonning sog‗lig‗i va hayotiy faoliyatiga
jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi, chunki inson kundalik hayotda bizga yaxshi tanish
bo`lgan ma‘lum bir qonun - qoidalarga o‗rganib qolgan va ular asosida
yashaydi. Ammo odamlardan ajralib qolgan yoki bir o‗zi yolg‗iz qolgan
inson tezkor va to‗g‗ri qarorlar qabul qilishi kerak, ya‘ni tibbiy yordam
ko‗rsatish, boshpana qurish, qaror qabul qilish. Bularning hammasi insonda
o‗ziga ishonchsizlikka olib kelishi mumkin, chunki maxsus bilim va
ko'nikmalar yetarli bo'lmaganida inson sarosimaga tushib bajarilishi zarur
bo'lgan ishlar tartibi, ketma-ketligi va vaqtini taqsimlay olmasligi mumkin.
Hayot faoliyati xavfsizligi inson kundalik hayotida uning ovqat, suv, kiyim,
boshpana, axborotga bo'lgan ehtiyojlari bilan bir qatorda turib uni turli
ko'rinishdagi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni ko‗zda
tutadi. Insonning majburiy yolg‗izlik holatiga ruhiy va jismoniy
tayyorgarligi boshqa har qanday choralardan muhim. Chunki Favqulodda
vaziyatga tayyor bo‘lish o‗z hayotini saqlab qolish demakdir. Majburiy
yolg‗izlik holatida uzoq vaqt yashab qolish uchun insonda turli sohalar
bo‗yicha mustahkam bilim bo‗lishi kerak. 0‗zini qutqarish usullarini bilish
nazariy va amaliyot o'zaro muvofiq qo'llanganida foyda beradi. Ya‘ni inson
nafaqat u yoki bu holatda nima qilish kerakligini, balki uni qanday qilish
kerakligini ham bilishi kerak.
Majburiy yolg'izlik holatida bir kishi yoki bir guruh kishilar qolishi
mumkin. Asosiy maqsad tirik qolish bo'lgan ekstremal vaziyatlarda
insonning o'zini tutishi - o‗zining yashab qolishiga ko‗mak berishidir. Faqat
o'zini saqlab qolishning biologik qonuniyatlariga asoslangan holda
harakatlanish to‗g‗ri emas, chunki bunda ruhiy zo'riqishlar va o‗ta
qo'zg'aluvchanlik ortib boradi. Tirik qolish istagi ongli, maqsadga
yo'naltirilgan bo`lishi, instinkt tomonidan emas, balki anglangan zaruriyat
tomonidan boshqarilishi kerak. Insonlardan ajralib tabiiy muhitda bir o‗zi
qolgan insonning o‗zini qanday tutishini oldindan aytish qiyin. Bunda
kishida tabiiy muhitda majburiy yolg‗izlik holatida yashab qolish bilan
bog`liq muammolar paydo bo'ladi. Yashab qolish, deganda - favqulodda
vaziyatlarda hayot, sog‗lik va ishchanlik qobiliyatini saqlab qolish
tushuniladi.
Majburiy yolg'izlikda hayot kechirish - bu bir yoki bir necha
kishilarning atrofdagi olam bilan aloqa qilmasdan hamda oziq-ovqat
zaxiralarisiz uzoq muddat yashashdir.
142
Majburiy yolg'izlikda hayot kechirish - o`ta xavfli ekstremal va
avariya holati bo‘lib, insonning tabiiy muhit bilan to‗satdan hamda
majburan ro'para kelishi tufayli yuzaga keladi. Bunda inson tashqi
ko'maksiz tabiat ne‘matlaridan foydalangan holda o'zining oziq-ovqat, suv,
boshpanaga bo'lgan ehtiyojlarini ta‘minlashi kerak.
Majburiy yolgizlik holatiga inson cho`1, o'rmon yoki tog' sharoitida
adashib qolganida, transport vositasi avariyaga uchraganida va boshqa
vaziyatlarda tushib qolishi mumkin. Bunday holatda inson o'zining hayoti va
sog'ligini saqlab qolish uchun kuchli ruhiy va jismoniy sifatlarga, turli ob-
havo sharoitlarida harakat qilish ko'nikmasiga ega bo'lishi, o'z qo'l ostida
bo'lgan yoki tabiiy muhitdan olish mumkin bo'lgan hamma narsani o'ylab,
tejab o'z manfaatlari yo'lida ishlatishi kerak.
Insonning tabiiy muhitda yolg'iz qolishi bir kishimi yoki ko'pchilikmi
baribir unga jiddiy ta‘sir ko'rsatadi. Chunki aholi yo'q joyda hatto suv yoki
oziq - ovqatga ehtiyoj kabi oddiy muammolar ham hal etib bo'lmaydigan
vazifaga aylanadi. Bunda inson hayoti nafaqat uning, moliyaviy holatiga,
maxsus bilim va ko'nikmalariga, balki suv havzalari bor - yo'qligi, havoning
harorati, quyosh radiatsiyasi, shamolning kuchi kabi ko'pdan ko'p omillarga
bog'liq. Ammo asosiysi insonning shunday vaziyatlarga qanday
tayyorlanganligiga bog'liq. Majburiy yolg'izlik holatida insonning asosiy
vazifasi yashab qolishdan iboratdir. Yashab qolish uchun inson faol, ongli
harakatlarni amalga oshirishi kerak. Har qanday majburiy yolg'izlik holati
inson oldiga uning hayotini saqlab qolinishi bog'liq bo'lgan quyidagi
muammolarni qo'yadi:
-
qo'rquv va stress holatini yengish;
-
jarohatlanganda yoki zararlanganda o'z-o'ziga va o'zaro yordam
ko'rsatish;
-
oziq - ovqat zaxiralari va zaruriy ashyolarni qutqarish;
-
aloqa o'rnatish yoki qutqarish uchun signal berish;
-
vaqtinchalik boshpana qurish, oziq-ovqat va suv topish;
-
odamlar orasiga yo‗l topish uchun makon va vaqtda mo'ljalni
to'g'ri olish.
Ekstremal vaziyatda har qanday odam qat‘iy va tezkor yo'naltirilgan
harakatlarga qodir emas. 50 - 70% odamlar o‗zini yo'qotib qo'yadi, xotirjam
ko'rinsalarda faol harakatlar qilishmaydi. 15 - 25 % odamlar ruhiy shok
holatiga tushib qolishadi. Bunda eng asosiysi yuzaga kelgan qo'rquvni
yengishdir, chunki shu yo‗1 bilan qat‘iy harakat qilishga erishish mumkin.
Majburiy yolg‗izlik holatida qolishning asosiy sabablari quyidagilar:
-tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar;
143
-ob - havoning keskin o‗zgarishi;
-sayohat vaqtida joyda mo‗ljalni ololmaslik;
-transport vositalari avariyalari (havo, suv, temiryo‗1, avtomobil
transporti;).
Tabiiy muhitda majburiy yolg'izlik holatida qolgan insonga havoning
harorati, yog'ingarchiliklar, havoning namligi, quyosh radiatsiyasi,
kasalliklar, jarohatlar, yovvoyi hayvonlar va hashoratlar, charchoq, kuchli
sovuq, issiq kabi omillar salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Tabiiy muhitda majburiy yolgizlik holatida qolgan insonga kuchli
iroda, muhitga va sharoitga tezkor moslashuv, chidamlilik, ruhiy
tayyorgarlik, zaruriy ashyolarning mavjudligi kabi omillar ijobiy ta‘sir
ko'rsatadi.
Cho`l sharoitida majburiy yolg‗izlik holatida inson uchun eng birinchi
xavf suv havzalarining yo'qligidir. Shuning uchun bunday sharoitda inson
mavjud suv zaxiralarini tejamkorlik bilan ishlatishi zarur. Ikkinchi xavf
sifatida cho`lda to‗g‗ri harakatlanishni tashkil qilishning qiyinligi, chunki
yaqqol ko'rinib turgan mo'ljalni topish qiyin. Uchinchi xavf sifatida kunduzi
o'ta yuqori harorat va tunda havoning keskin sovib ketishini ko'rsatish
mumkin. Har ikkala holat ham katta muammo tug'diradi. Shuning uchun
ham cho`l sharoitida maxsus vositalar bo‘lmaganida tunda yulduzlar (qutb
yulduzi), kunduzi esa quyoshdan mo'ljal sifatida foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Cho`l sharoitida harakat qilishda kun vaqti, dam olish
intervallarini belgilab olish, harakat davomida mavjud soya beruvchi jism va
vositalardan maksimal foydalanish kerak. Shuningdek, inson o'zini ilon,
chayon va boshqa cho'l jonzotlaridan saqlash chora - tadbirlarini ham ko'rishi
zarur.
Tog
`
sharoitida majburiy yolg‗izlik holatida inson birinchi navbatda
o'zining harakatini cheklaydigan, charchatadigan narsalardan xalos bo‗lishi,
foydasiz harakatlarni kamaytirishi zarur. Shundan so
‘
ng o‗zining kiyimlarini
mavjud sharoitga moslashtirib olishi kerak. Chunki tog‗ sharoitida
kislorodning kamligi, bosimning yuqoriligi insonni tez charchatadi va
terlashga moyillik tug‗diradi. Bu esa o‗z navbatida tanada turli mikroblar
ko‗payishiga olib keladi. Tog‗ sharoitida qo‗1 ostida bo'lgan mavjud ashyo
va jihozlami tejash zarur. Tog'da daryo, soy, so'qmoq va yo‘llar eng yaxshi
yo'l ko'rsatuvchilar hisoblanib, ular yordamida qisqa vaqt ichida aholi
punktlari yoki nisbatan xavfsiz hududlarga tezkorlik bilan chiqish mumkin.
Buning uchun yuqorida ko'rsatilgan mo'ljalga olish mumkin bo'lgan jismlar
bo'ylab yuqoridan pastga tushishning o‗zi yetarli hisoblanadi.
O'rmon sharoitida majburiy yolg'izlik holatida eng asosiy e‘tibor
144
mo'ljalni to'g'ri olishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Chunki o'rmon sharoitida
to'g'ri va aniq harakatlanmagan kishi yana o‗zi turgan joyga qaytib kelishi
mumkin. Buning uchun inson sarosimaga tushmasdan har bir harakatini
o'ylab amalga oshirishni zarur bo‘ladi. O'rmonda ham aniq harakatlanib suv
havzalariga, turli yo‘llar va so'qmoqlarga chiqib olish vazifani ancha
yengillashtiradi. 0‗rmon sharoitida fonar, gugurt, pichoq kabi ashyolar
birlamchi zaruriy narsalar hisoblanadi. O'rmon sharoitida harakatlanishda
mahalliy jismlar va mavjud imkoniyatlardan maksimal foydalanish
muammoli vaziyatdan tez va qulay chiqish imkoniyatini beradi.
Suvda qutqaruv vositalariga ega bo‘lmagan majburiy yolg‘izlik
holatida bo‘lsangiz, hushtak chalib yoki qo'llaringizni ko‗targan holda signal
bering. Issiqlikni saqlash uchun iloji boricha kamroq harakat qiling. Suvda
havoga nisbatan issiqlikni yo'qotish bir necha barobarga tezlashadi. Shuning
uchun hattoki iliq suvdagi harakat ham faqat suv yuzasida qolishga
qaratilgan bo'lishi kerak. Qutqaruv nimchasida issiqlikni saqlash uchun
hajmingizni kichraytiring, qo'llaringiz bilan ko‗krak qafasining yon
tomonidan ushlang va qovuqlaringizga suv kamroq tegishi uchun
bo‗ksangizni yuqoriroq ko'taring.
Bu usul sovuq suvda omon qolish muddatini 50 foizga qadar
ko'paytiradi. Agar sizda qutqaruv nimchasi bo‘lmasa, biron-bir suzuvchi
narsani izlang va qutqaruvchilar kelguniga qadar o‗sha narsaga osilib oling.
Chalqanchasiga yotib dam oling.
Agar qutqaruv vositalariga ega bo‘lsangiz dengiz kasalliklari uchun
mo‗ljallangan tabletkadan iching. Tanangizdagi issiqlikni saqlash uchun
qutqaruv kemasidagi boshqa jabrlanganlarga yaqinroq joylashib oling,
jismoniy niashqlar bajaring. Faqat bemorlar va jarohatlanganlarga suv
bering. Ochiq dengizda agar qirg‗oqqa yetish yoki kema yo'llariga
chiqishning iloji bolmasa, boshqa qutqaruv kcmasidagilar bilan birga kema
halokati joyi yaqinida bo'lishga harakat qiling.
Oyoqlaringizni imkoni boricha quruq tuting. Ularni tez - tez balandga
ko'tarib turing va shishib ketmasligining oldini olish maqsadida
harakatlantirib turing. Zinhor dengiz suvini ichmang. Foydasiz harakatlarni
kamaytirib, organizmdagi suyuqlikni tejang. Terlashni kamaytirish uchun
kunduzi kiyimlaringizni namlab, kemaning ichidagi haroratni kamaytirish
uchun esa uning tashqi tomonini suv bilan ho‗llab turing. Bir kunda 500 -
600 ml. dan ko‗p suv ichmang. Tutun shashkalarini to uni payqashning real
imkoni bo‘lguncha saqlab turing. Shashkalarni hamma baravar qo‘llashi
kerak emas, uni bir kishiga topshiring. Vahima qilmang! Katta odam suvsiz
o‗rtacha 3 kundan 10 kungacha tirik qolishi mumkinligini yodda tuting.
145
Oziq - ovqatsiz bir oy yoki undan ko'proq yashash mumkin.
Joyda to‗g‗ri mo‘ljalga olish - joyda ufq tomonlari, mahalliy jismlar va
relyef shakllariga nisbatan o'zining turgan joyini aniqlash, kerakli harakat
yo‘nalishini aniqlash hamda belgilangan yo'nalishdan og‘ishmasdan
harakatlanishdir. Agarda qo‘limizda xarita, kompas yoki soat bo‘lsa hamda
biz ushbu vositalardan foydalanish qoidalari va tartibini bilsak buni amalga
oshirish qiyin emas. Ammo qo‘limizda hech qanday yo‗naltiruvchi ashyolar
bo‘lmasa bo'shliq va vaqtda mo‘ljalni qanday olish kerak. Shunda bizga
quyosh, yulduzlar, tabiat hodisalari, hayvonlar va o‗simliklar yordamga
keladi.
Shu joyda biz o‗zimizga «Qanday hollarda biz ufq tomonlarini
aniqlashimiz kerak» degan savolni berishimiz kerak. Buning uchun siz
o‗zingizning turgan yoki boradigan joyingiz qaysi yo'nalishda
joylashganligi, yo'llar haqida, mo‘ljalga olish mumkin bo'lgan qanday katta
o‘lchamlar mavjudligi haqida ma‘lumotlarni oldindan bilishingiz zarur.
Bularga daryolar, temir yo'llar, avtomobil yo‘llari, katta aholi punktlari va
boshqa alohida ajralib turuvchi belgilar kiradi.
Masalan, siz o‗rmonga, cho‗lga yoki tog'ga ma‘lum bir yumush bilan
jo‗nadingiz va har ehtimolga qarshi o‗zingiz bilan kompas oldingiz. Ammo
siz boradigan joyda magnit temiri konlari mavjudligi yoki boshqa
sabablarga ko'ra kompas to'g'ri ishlamay qoldi. Ana shunda sizga joyni
mo'ljalga olish bo‗yicha olgan bilim va ko‗nikmalaringizni qo'llash
imkoniyati yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |