FAVQULOTDA VAZIYATLARNING OQIBATLARI
Yong‘inlar
Portlash
Zaharli moddalarning tashqi muhitga tarqalishi
Radioaktiv moddalarning tashqi muhitga tarqalishi
Yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi
Xavfli geologik hodisa-zilzila oqibatlarini kamaytirish chora-
tadbirlari.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatdan muhofaza qilish
haqidagi qonunni 14-moddasida ko‗rsatilgan «Favqulodda vaziyatlar
monitoringi va ularni oldindan bashorat qilish» zilzila kabi Favqulodda
vaziyatlarni oqbatlarini kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqishda,
bo‗lajak zilzilalarni sodir bo‗lishini oldindan aytib berish muammolarini
hal qilish da nihoyatda muhim rol o‗ynaydi.
3.12-Jadvalda bo‗ladigan zilzilalarning kuchini Merkalli shkalasida
tavsiflash berilgan. Shu bilan birga bu shkalaning Rixter shkalasi bilan
munosabatini 3.13.-jadvalda ko‗rsatilgan.
3.12.-
Jadval
Zilzila kuchining Merkalli shkalasi (MSK) bilan tasniflanishi
Ball
Zilzila tavsifi
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XI
Faqat seysmik pribor aniqlaydi.
Tinch holatdagi odamlar sezadi.
Xonada bo‗lgan odamlar xuddi mashina o‗tgandagi zirillash kabi
sezadi.
Ko‗plar sezadi. Osilgan predmetlar qimirlaydi, idishlar zirillaydi.
Xonalar umumiy qimirlashi. Uxlaganlar uyg‗onadi. Mebellar
qimirlaydi, binolarda yoriqlar paydo bo‗ladi.
Odamlar yurishi ishonchsiz. Oynalar sinadi.
Oyoqda turish qiyinlashadi. Karniz tushib ketadi. Suvda to‗lqin
paydo bo‗ladi.
Panika boshlanadi. Zavod trubalari, yodgorliklar buziladi. O‗rta
mustahkamlikdagi binolar to‗liq buziladi.
Umumiy panika bo‗ladi, uylar buziladi. Mashina haydash
qiyinlashadi.
Ko‗pgina uylar buziladi. Tog‗ yon bag‗ri ko‗chadi. Suv
havzalaridan suv qalqib chiqadi. Relslar buziladi.
To‗liq buzilish. Erda yoriq paydo bo‗ladi. Er osti trubalar
132
XII
buziladi.
Tog‗ massasi ko‗chadi, er relefi o‗zgaradi. Daryo o‗zani
o‗zgaradi va h.k.
3.13.-Jadval
Rixter va 12 balli shkalaning bir-biriga nisbati
Magnitudalar
2,0
3,0 4,0
5,0
6,0
7,0
8,0
Ballar
I-II
III
IV-
V
VI-VII VII-
VIII
IX-
X
XI-XII
Er yuzida qaysi hududlarda er qimirlashi mumkinligi aniqlangan,
ular har xil masshtabda seysmik rayonlashtirish xaritalariga tushirilgan,
ammo qisqa muddatda er qimirlashini qachon sodir bo‗lshini aytib be
rish hozircha muammo hisoblanadi. Lekin bu masalalar bo‗yicha butun
dunyo olimlari va shu jumladan O‗zbekiston seysmolog olimlari tomoni
dan ancha ishlar qilingan.
Hozirgi zamonda zilzilalardan himoyalash ishini hal qilish
yo‗llari dan biri bu zilzilabardosh imoratlarni qurish bo‗lib kelmoqda.
Bunga imoratlarni qurish sifatini oshirish va boshqa tadbirlarni
o‗tkazish ular asosida er silkinishi ta‘sir kuchini kamaytirishga erishish
mumkin. Beton va baquvvat inshootlarni emirilmas ligini oldini olib,
ularni mustahkam lash, ta‘mirlash zarur. Inshootlarning elementlari bir-
biri bilan mustah kam bog‗lanib, yaxlit bir butun bo‗lishi kerak.
Inshootlarni xavfsizligini ta‘minlash maqsadida yangi
qurilayot gan va eski imoratlar uchun amaliyotda qabul qilingan
me‘yorlarga rio ya qilish va uni amalga oshirish choralarini ko‗rish
kerak. Hozirgi kunda zilzilani sodir bo‗lishini bashorat qilish
seysmologik ilmiy-tekshirish instituti olimlari tomnidan va davlat
seysmologik xizmati xodimlari to monidan amalga oshirilmoqda.
Qurilish
maydonining
zilzila
bardoshliligini
aniqlash
maqsadida aholi yashaydigan yirik joylarda, hamda katta ahamiyatga
ega bo‗lgan sanoat, gidrotexnik va meliorativ qurilish ob‘ektlarida
maxsus geolo gik, gidrotexnik va injenerlik geologik tadqiqotlar olib
boriladi. Shu hududlar bo‗yicha seysmik mikrorayonlashtirish xaritasi
tuziladi. Bun day xaritalardan zilzilabardosh maydonlarni aniqlashda va
qurilish ishlarini olib borish uchun qulay bo‗lgan maydonlarni tanlashda
foydala niladi. Bu esa quriladigan imoratning, inshoot ning
mustaxkamligini oshirishda o‗ta muhimdir.
133
Binolarni qurishda ularning zaminini tashkil qilgan tog‗ jinslari
ning tarkib tuzilishi va injenerlik geolgik xossalariga katta e‘tibor berish
kerak. Tajribalardan ma‘lum bo‗ldiki, har xil tarkibga ega bo‗lgan joy zil
zila paytida har xil tebranar ekan. Shunga ko‗ra binolar turli darajada
zararlanadi. Bundan tashqari inshootlarning zilzilabardoshliligi ularning
konstruksiyasiga qo‗llangan aniseysmik chora-tadbirlar va kurilish mate
riallari sifatiga ham bog‗liq.
Bundan tashqari quriladigan imoratlardan qanday maqsadlarda foy
dalanishni hisobga olgan holda, ularning mustahkamligini oshirish
uchun loyihalanadigan inshootlarlarni 1 ballga oshiriladi, ya‘ni inshoot
ni agar 6 ball er qimirlashi hududida qurish rejalashtirilgan bo‗lsa, uni 7
ballga hisoblab quriladi.
Surilishga qarshi kurashish murakkab vazifalardan hisoblanadi.
Uning oldini olish va muhofaza tadbirlarini ko‗rish surilishni keltirib
chiqaradigan geologik jarayonlarga bog‗liq.
Surilishga qarshi ko‗riladigan choralar passiv va aktiv bo‗ladi Pas
siv choralar profilaktik ahamiyatiga ega bo‗lib surilish yon bag‗irligida
va zonasida qo‗yidagi ishlar bajarilishini man etadi:
- yon bag‗irlikni qirqish va tekislash;
- portlatish ishlari;
- imorat va inshootlar qurish;
- kon qazish;
- og‗ir yuk transport vositalarini katta tezlikda harakatlanishi;
- daraxtlarni rejasiz kesish;
- erlarni sug‗orish;
- oqova,buloq suvlarini oqizish va h.k.
Bu choralar surilish hodisasini ma‘lum bir davrga to‗xtatish uchun
bajariladi. Aktiv choralarga yonbag‗irlikdagi surilishga moyil bo‗lgan
tog‗jinslarining harakatini to‗xtatish maqsadida inshootlar qurish, tog‗
jinslarining mustahkamligini oshirish uchun maxsus chora-tadbirlar
ko‗rish kiradi.
Aktiv chora-tadbirlar ko‗rish 4 gruppaga bo‗linadi:
1) Surilishni keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlash va yo‗q qi
lish. Bu guruhga taaluqli chora-tadbirlarga dengiz va daryo suvlari qir
g‗oqlarining namlani shi va yuvilishining oldini olish kiradi. Buning
uchun surilish ehtimoli bor bo‗lgan qirg‗oqlarga beton plitkalar yotqizila
di, to‗lqinlarni qaytaradigan va so‗ndiradigan qurilmalar o‗rnatiladi. Er
usti suvlarining suriluvchan jinslarga singishining oldini olish uchun har
xil qurilmalar yasab, ularni boshqa yo‗nalishda yotqizish, er yuzasi dagi
134
filtratsiyani kamaytirish uchun uni nishablash, gilbeton, shlak, bitum,
asfalt yot qizish lozim buladi.
Shuningdek suriluvchan massaning og‗irligini kamaytirish, er osti
suvlari sathini pasaytirish yoki butunlay yo‗qotish maqsadida yopiq yoki
ochiq zovurlar qaziladi. Ulardan er ostki va ustki suvlarini yig‗ish ham
da ularni relefning pastki qismlariga oqizishdan foydalanidi.
2) Surilishga moyil bo‗lgan jinslarni ushlab turadigan inshootlar
qurish. Bu chora-tadbirlar tirgovich devorlar, ustun qoziqlar va kontra
banketlar qurishni nazarda tutadi. Tirgovich devorlar qurilish tekisligiga
nisbatan chuqurroq qilib, ustun qo ziqlar (temir-beton, temir va yog‗och
dan tayyorlana di) uchi esa yonbag‗irlikni turg‗un qismiga tushiriladi va
suriladigan massani ushlab turadi. Kontrbanketlar yon bag‗irlarning
nishabligi kichik bo‗lgan taqdirda suriladigan massani ushlab turish
uchun ishlatiladi. Buning uchun yonbag‗irlikdagi do‗ngliklar tekislanib
chiqqan gruntlar uning etak qismiga yotqiziladi va suriladigan massani
ushlab turadigan devor hosil qilinadi.
3) Jinslarni surilishga qarshiligini kuchaytirish uchun uning mus
tahkamligini sun‘iy yo‗l bilan oshirish. Bu chora tadbirlar suriladigan
(tog‗) jinslar yopishqoq ligini va mustahkamligini silikatlash, sement
lash, bitumlash va kimyoviy ishlov berish orqali oshirishga qaratilgan.
4) Suriluvchan massani yonbag‗irlikdan butunlay olib tashlash.
Agar suriladigan massaning qalinligi va katta –kichikligi katta bo‗lmasa
uni yonbag‗irning tur g‗un qoyasi chiqquncha qazib olib tashlash mum
kin va bu ishni bajarishda bulldo zerlardan foydalaniladi.
3.14.-Jadval
Bofort shkalasi bo‗yicha bo‗ron,to‗fon va dovul turlanishi
Shamol
rejimi
Ballar
Shamol tezligi
Belgisi
km/soat
m/s
Bo‗ron
8
62,8-74,0
18-20
Daraxt
shoxlari
sinadi
Kuchli
bo‗ron
9
75,6-86,9
21-25
Tomdan cherepitsa
va trubalar uziladi
To‗liq
bo‗ron
10
88,5-101,4
26-30
Daraxtlar ildizi bilan
qo‗poriladi
To‗fon
11
103,-120,7
31-35
Yalpi talofat
Dovul
12
120,7
dan
yuqori
35
dan
yuqori
Katta buzilish
135
Sel oqimini oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bo‗lishi mum
kin bulgan maydonlarni chuqur urganish, atrof muxitni muhofaza
qilishning asosini tashkil etishda muhim xalq xo‗jalik ahmiyatiga ega.
Shuning uchun sel xodisasini bartaraf etish maqsadida olib boriladigan
ishlar ilmiy, amaliy xulosalarga, tadbir choralarga asoslangan bo‗lishi
kerak.
Bo‗ronning to‗liq taqsimotini biz 3.14.-jadvaldagi Bofort shkalasi
dan ko‗rishimiz mumkin. Bundan tashqari, stolba shakldagi quyun yoki
serdili shamol hamda suv ostidagi zilziladan chiqadigan sunnami bo‗li
shi mumkin.
Suv oqimlarini oldini olish maqsadida qo‗yidagilar amalga oshiri
ladi:
1) Sel bo‗lishi mumkin bo‗lgan daryo suv yig‗ish maydonlarida
doimiy kuzatish ishlari olib borish, tog‗ jinslarini yig‗ilishi oldini olish
suv oqimiga to‗sqinlik qiluvchi tabiiiy va sun‘iy to‗siqlarni tozalash;
2) Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan daryolarning suv
yig‗ish maydonlarini muhofaza qilish, ya‘ni bu maydonlarda o‗simlik
dunyosini saqlash, daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarini olib bori
shni chegaralash;
3) O‗rmon xo‗jaligini rivojlantirish (yon bag‗irlarda butalar va
daraxtlar ekish, chunki ular tog‗ jinslarini qatlamlarini mustahkam
ushlab turadi, qor erishini sekinlashtiradi; er yuzasini yuvilishdan saqlay
di.
4) Tog‗li hududlardagi daryolarni o‗zanida suv oqimini boshqaruv
chi inshootlar qurish, tabiiy, sun‘iy to‗g‗onlarni tartibga keltirish, temir,
avtomobil yo‗llari ostida sel o‗tkazuvchi katta diametrli quvurlar yot
qizish ishlari.
Hozirgi vaqtda tog‗li hududlarda suv omborlari, GESlar, yoki bola
lar orom goxlari, dam olish uylari, davolanish maskanlari qurilishi mu
nosabati bilan qor ko‗ chkilari sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan hududlar
xaritalarga tushirilib o‗rganib chiqilgan. Ularning xavfi bor maydonlarda
qurish man etiladi. Lekin bunday maydonlarda qor ko‗chkilarini oldini
oladigan injenerlik choralarini ko‗rib imorat va insho otlar qurish mum
kin bo‗ladi. Bu chora-tadbirlar yonbag‗irlarni tekislab terrasalar-supalar
tashkil etish, daraxtzor barpo etish, xarakatga kelishi mumkin bo‗lgan
qor uyumlarini oz-ozdan yo‗qotish, maxsus injenerlik qurilmalar-dam
ba, qor ko‗chkisini xarakat yo‗nalishini o‗zgartiradigan ariqlar, devorlar
qurish, yonbag‗irlardagi yo‗llarni tosh va temir betondan yasalgan
136
galereya bilan tutish, qor-ko‗chkilarini o‗tqazib yuboradigan tunellar
qurishdan iborat.
Albatta, bularning hammasi ekologik muhitni o‗zgartiradi. Shu
ning uchun doimo ekologik nazorat bo‗lib turishi kerak. Ekologik nazo
ratni olib borish sistemasi 3.16.-rasmda keltirilgan. FV xizmatida doimo
ham texnogen ham tabiiy muhitlar doimo nazorati olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |