10-mavzu: Tilshunoslik va logopediya
Reja:
1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi,
vazifalari.
2.Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari.
4. Nutq buzilishlarini tasniflash. Tibbiy-pedagogik tasniflashda
ajratiladigan nutq buzilishlarining turlari. Psixologik-pedagogik tasnif.
Tayanch
tushunchalar:
logopediya,
sistemalilik,
komplekslilik,
rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishi, faoliyatli yondashuv, ontogenetik
tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili
(etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va
tuzilishini hisobga olish.
66
1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi,
vazifalari.
Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta‘lim va
tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o‗rganish, tuzatish va oldini olish
haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining
sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o‗rganadi.
Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‗shadilar. Ushbu
mavzuni shakllantirishda pedagogika oliy bilimgohi ―Defektologiya‖
ixtisosligi talabalari uchun mo‗ljallangan ―Logopediya‖ o‗quv
qo‗llanmasidan foydalanildi.
53
―Logopediya‖ termini grekcha
logos
(so‗z, nutq),
peydeo
(tarbiyalayman, o‗qitaman)
so‗zlardan tashkil topgan bo‗lib, tarjimada
to‗g‗ri ―nutqni tarbiyalash‖ ma‘nosini anglatadi.
Fan sifatida logopediya
nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o‗qitish
va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o‗rganish obyekti –
nutq nuqsoniga ega bo‗lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq
normasidan biroz bo‗lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb
hisoblanadi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko‗rsatish
mumkin:
1.
Nutq
buzilishining
turli
shakllarida
nutq
faoliyatining
ontogenezini o‗rganish.
2.
Nutq
buzilishlarining
keng
tarqalganligi,
alomatlari
va
darajalarini aniqlash.
3.
Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o‗z-o‗zidan va biror
maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek, nutqiy
zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli
ko‗rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, o‗zlarini tutishlariga
ta‘sirini aniqlash.
4.
Rivojlanishida turli xil farqlar bo‗lgan bolalarda (eshitish,
ko‗rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining
53
Филичева Т.Б., Волкова Л.С., Чиркина Г.В., Мўминова Л.Р., Аюпова М.Ю. Логопедия. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1993. –Б.5-13; 28-34; 46-49.
67
buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari
xususiyatini o‗rganish.
5.
Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari,
tuzilishi va alomatlarini aniqlash.
6.
Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab
chiqish.
7.
Nutq buzilishlarini tartibga solish.
8.
Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan
metodlari va vositalarini ishlab chiqish.
9.
Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish.
10.
Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.
Logopediyaning yuqorida ko‗rsatilgan vazifalarida uning ham
nazariy, ham amaliy yo‗nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy
tomoni – nutq buzilishlarini o‗rganish, hamda ularning oldini olish,
aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan
iborat. Amaliy tomoni – nutq buzilishining oldini olish, aniqlash va
bartaraf etishni o‗z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy
vazifalari bir-biriga chambarchas bog‗langandir. Qo‗yilgan vazifalarni
hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1)
fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi
nuqsonlarni
o‗rganuvchi
ko‗plab
mutaxassislar
(psixologlar,
neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli
ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga
jalb etish;
2)
nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish
uchun fan va amaliyot o‗rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy
muassasalar orasidagi hamkorlikni ta‘minlash;
3)
nutqning buzilishini o‗z vaqtida aniqlash va bartaraf etish
tamoyillarini amalga oshirish;
4)
nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‗rtasida logopedik
bilimlar targ‗ibotini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta‘sir kuchini
belgilaydi.
68
Logopedik ta‘sir etishning asosiy yo‗nalishi nutqning rivojlanishi,
nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat.
Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish, uni
harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa, nutqqa ta‘sir etuvchi harakatlarni
bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini
rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish,
yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish, ijtimoiy
muhitga ta‘sir etish nazarda tutiladi. Logopedik jarayonni tashkil etish
nutq buzilishini to‗g‗rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham
tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta‘sir
qilishning muhim maqsadi bo‗lgan shaxsni har tomonlama kamol
toptirish imkonini beradi.
Logopediyaning ahamiyati. Logopediya fan sifatida muhim nazariy
va amaliy ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati,
bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruhiy faoliyatning chambarchas
bog‗liqligi bilan belgilanadi. Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish
faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So‗zning
ahamiyati o‗z-o‗zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat
bilan o‗zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon
qiladi. Ular aynan o‗xshash emas va ma‘lum darajada bir-biriga bog‗liq
bo‗lmagan holda paydo bo‗ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi
jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy
fikrlash faoliyati paydo bo‗ladi. Nutqiy muomala qobiliyatini
o‗zlashtirish o‗ziga xos insoniy, ijtimoiy aloqalar uchun zamin
hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari
shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.
Bolaning nutqni o‗zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash,
rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala
faoliyatning turli shakllarini rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok
etish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi. U yoki bu darajadagi nutq
buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga bog‗liq holda) bolaning
barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta‘sir etadi, uning faoliyatida,
yurish-turishida aks etadi. Og‗ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga,
69
ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta‘sir etishi
mumkin.
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining
shakllanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi, aslida bo‗lmagan ruhiy
buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o‗ziga xos xususiyatlarini keltirib
chiqarishi,
uning
xarakteridagi
salbiy
fazilatlar
(tortinchoqlik,
qat‘iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nomukammallik tuyg‗usi)ning
rivojlanishi uchun yo‗l ochib berishi mumkin. Bularning barchasi
savodxonlikni egallashga, umuman o‗zlashtirishga, kasb tanlashga
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Demak, logopediya fanining ahamiyati bolaning
nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har
tomonlama rivojlanishini ta‘minlashdan iboratdir.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |