51
2.Badiiy tasvir vositalari. Fonetik poetika (FP), leksik poetika
(LekP),
morfologik
poetika(MP),
sintaktik
poetika
(SP)
lingvopoetikaning qismlari sifatida.
Badiiy nutqni o‗rganuvchi
lingvistik poetika ham til sistemasi barcha sath birliklarining badiiy-
estetik funksiyasini qamrab oladi. Fonetik-fonologik sathda fonetik
birliklar ham badiiy-estetik vazifa bajarishi mumkin. Xususan,
bir xil
tovushlarning, bir xil bo‗g‗inlarning takrorlanishi she‘riyatda
go‗zallikni, ta‘sirchanlikni ta‘minlovchi vosita sanaladi. She‘riy matnda
nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi.
Chunki she‘rda o‗ziga xos jozibador ohang bo‗ladi. Bu ohangdorlikka
tovushlarni uslubiy qo‗llash natijasida erishiladi. She‘riyatda, asosan,
alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya
(undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi.
Nasrda
unlilarni cho‗zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash,
so‗zlarni noto‗gri
talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish
kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta‘minlanadi. Tovushlarni
uslubiy qo‗llash bilan bog‗liq qonuniyatlarni yozuvda ―aynan‖ ifodalash
imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz
va bayon muvofiqligiga
fonografik vositalar yordamida erishish mumkin. Aflotun va Arastu
yashagan zamonlardayoq so‗zning talaffuz tarzi va uni aynan yozuvga
ko‗chirish muammosi mutafakkirlar e‘tiborini o‗ziga jalb qilgan edi.
Hatto bu notiqlik san‘ati bilan bog‗liq bo‗lmagan
ravishda, so‗zning,
so‗zdagi harflarning talaffuzi bilan bog‗liq ohanglar garmoniyasi buyuk
faylasuflarga ilhom manbai bo‗lgan edi. Ular so‗z tarkibiga singib o‗ziga
xos ma‘no va ohang kasb etib ulgurmagan tovushlarga ham o‗zgacha
маҳорати: Филол. фанлари номз....дисс.автореф. – Т., 2000. –25 б.; Муҳаммаджонова Г. 80-йиллар охири 90-йиллар
бошлари ўзбек шеъриятининг лингвопоэтик тадқиқи: Филол. фанлари номз....дисс.автореф. – Т., 2004. –25 б.;
Ёқуббекова М. Ўзбек халқ қўшиқларининг лингвопоэтик хусусиятлари: Филол. фанлари доктори....дисс.автореф. –Т.,
2005. – 49 б.; Шодиева Д.Ш. Муҳаммад Юсуф шеърияти лингвопоэтикаси: Филол. фанлари номз....дисс.автореф. – Т., –
26 б.; Ҳайдаров Ш.
Бадиий матнда парцеллятив конструкцияларнинг қўлланилиши: Филол. фанлари номз...дисс.
автореф. – Т., 2011. – 26 б.; Ибрагимова Ф. Бадиий матнда эллипсис ва антиэллипсис: Филол. фанлари
номз...дисс.автореф. – Т., 2011. – 26 б; Жамолиддинова Д. Бадиий нутқда парантез бирликларнинг семантик-грамматик
ва лингвопоэтик хусусиятлари: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. – Т., 2009. –26 б.; Йўлдошев Б. Шодиев З. ―Уфқ‖
трилогиясининг лингвопоэтик тадқиқи масалалари. – Самарқанд, 2006. – 126 б.; Тошхўжаева Ш. Эркин Аъзам асарлари
лингвопоэтикаси: Филол.фан. бўйича фалсафа д-ри (РhD) дисс. автореф. – Фарғона, 2017; Анданиязова Д. Бадиий
матнда ономастик бирликлар лингвопоэтикаси: Филол.фан. бўйича фалсафа д-ри (РhD) дисс. автореф. –Тошкент, 2017;
Умирова С.Ўзбек шеъриятида лингвистик воситалар ва поэтик индивидуаллик (Усмон Азим шеърияти мисолида):
Филол. фан. бўйича фалсафа д-ри. (PhD) дисс. –
Самарқанд, 2019. – 48 б.;
Собиров А. Шеъриятда сўз тартиби:
Филол.фан. бўйича фалсафа д-ри (РhD) дисс. автореф. – Самарқанд, 2020. – 47 б.
52
mazmun berishga intilishgan edi. Masalan, ―g‖ - tezlikning, shiddatning
ramzi, ―l‖ - viqorning, silliqlikning,
yaltiroqlikning ifodachisi, ―a‖ -
kattaning, ―e‖ - abadiyatning belgisi sifatida talqin qilingan. Keyinroq
tovushlar tabiati bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislar
i, b, g
tovushlari
dahshatni
yodga solishi,
t, p
Do'stlaringiz bilan baham: