53
munosabatni ifodalovchi so‗zlar kiradi. Bunday ma‘nolarni yuzaga
keltiruvchi omillarni aniqlash va baholash lisoniy tahlilning asosini
tashkil qiladi. O‗zbek tilida kichraytirish shakli
-cha, -choq, -chak
qo‗shimchalari bilan;
erkalash shakli
-jon, -xon, -oy, - (a)loq
affikslari
yordamida hosil qilinadi. Hurmat, mensimaslik, istehzo, umumlashtirish,
tur-jinsga ajratish kabi ma‘nolar
-lar
affiksi bilan hosil qilinadi. -gina
qo‗shimchasi chegara, erkalash, yaqinlik ma‘nolarini yuzaga chiqaradi.
Tahlil jarayonida matnda qo‗llanilgan barcha morfologik birliklar emas,
estetik maqsad aniq ko‗rinib turadigan, yozuvchining badiiy niyati
ifodalangan morfologik o‗zgachaliklar haqida so‗z yuritiladi. Masalan,
eng ko‗p ishlatiladigan badiiy tasvir vositalaridan biri takrordir.
Morfologik birliklarning takrorlanishidan yuzaga keladigan uslubiy
vosita - morfologik parallelizmning qo‗llanilish maqsadi lisoniy jihatdan
tadqiq etilishi mumkin.
Shuningdek, atoqli otlar sirasiga kiruvchi -
antroponimlarning muayyan maqsad bilan qo‗llanishiga aloqador
kuzatishlar olib borish mumkin. Chunki badiiy asarda qo‗llanilgan
ismlar ichida alohida uslubiy maqsad yuklanganlari ham bo‗ladiki, ular
yozuvchining goyaviy-badiiy niyatini aniqlashga yordam beradi.
Badiiy nutqning ta‘sirchanligini ta‘minlashda sintaktik usuldan
keng foydalaniladi. Sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya,
boglovchilarning maxsus qo‗llanishi,
antiteza, monolog, sukut,
inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‗roq, anafora, epifora, ellipsis,
alliteratsiya, ritorik murojaat, sintaktik parallelizm, emotsional gaplar
kabilar sintaktik poetikaning o‗rganish obyekti sanaladi. Shuningdek,
gap bo‗laklarining o‗rinlashishi, gap tarkibida bir xil bo‗laklarning
takrorlanishi kabi hodisalar ham badiiy nutqni
shakllantirishda xizmat
qiladi.
Shunday qilib, lingvopoetika tilning qaysi sath birligining badiiy-
estetik funksiyasini o‗rganishiga qarab fonetik poetika (FP), leksik
poetika (LekP), sintaktik poetika (SP) kabi qismlarga bo‗linadi.
Lingvopoetikaning har qaysi turini alohida-alohida o‗rganish va
ularning o‗zaro munosabatini ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan
muhim vazifalardan biridir.
54
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Badiiy asar tili deganda nimani tushunasiz?
2.Estetik ta‘sirchanchanlik va emotsional-ekspressivlik faqat
badiiy asarlarda xosmi?
3.Sharqda badiiy asar tiliga e‘tibor qachondan boshlangan.
4.
Yevropada
nechanchi
asrdan
lingvopoetika
shakllana
boshlagan?
5.Alletratsiya, gradatsiya nima? Ularni fonopoetik vositalar deyish
mumkinmi? So‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nolari deganda nimani
tushunasiz? So‗zning ko‗chish turlari leksik poetikaga misol bo‗ladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: