5
I BOB.
Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati
1-mavzu: Fan va uning paydo bo„lishi. Fan tushunchasi. Fanlar
sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o„rni
Reja:
1.Bilishning mohiyati. Bilish shakllari.
2. Fan tushunchasi. Fan va uning paydo bo‗lishi.
3.Fanlar sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o‗rni.
Tayanch so„z va iboralar:
Bilish, bilish shakllari, ilmiy bilish,
f
an
,
fanlar sistemasi, tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, tilshunoslik
1.
Bilishning mohiyati. Bilish shakllari.
Bilish
insonning tabiat,
jamiyat va o‗zi to‗g‗risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy,
ma‘naviy faoliyat turidir. Inson o‗zini qurshab turgan atrof-muhit
to‗g‗risida bilim va tasavvurga ega bo‗lmay turib, faoliyatning biron-bir
turi bilan muvaffaqiyatli shug‗ullana olmaydi.
Bilishning mahsuli,
natijasi ilm bo‗lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‗y
beradi.
Shuningdek, bilish insongagina xos bo‗lgan ma‘naviy ehtiyoj,
hayotiy zaruryatdir. Insoniyat ko‗p asrlar davomida orttirgan bilimlarini
umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‗zi
uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi
muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil
qiladi.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish
butun insoniyatga xos bo‗lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy
ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan
vujudga kelgan va
rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy
faoliyat bilan bevosita shug‗ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi
alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular – ilm-fan kishilari bo‗lib,
ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug‗ullanadilar. Bilim shakllari orqali
inson o‗zini
qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar
yordamida o‗zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish
6
mumkin.
Birinchi, moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini
ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma‘naviy (ideal) usul.
O‗z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot
va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‗zining har
xil shakllarida mujassamlashadi.
Bilishning bu shakllari, garchi o‗zaro
bog‗liq bo‗lsa-da, lekin bir-biriga o‗xshamaydi va har biri o‗ziga xos
xususiyatlarga ega.
N.Shermuxamedovaning ―Gnoseologiya – bilish
nazariyasi‖ kitobida bilish shakllarining eng asosiy turlari va ularning
mohiyati keltirib o‗tilgan.
2
Kundalik amaliy bilim.
Bu bilim shakli
tabiat
haqida, shuningdek odamlarning o‗zlari,
ularning yashash sharoiti,
ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‗g‗risida elementar bilimlar beradi.
Kundalik amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli
hisoblanib, kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan.
Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo‗lsa-da, biroq tartibsiz,
tarqoq xususiyatga ega bo‗ladi, ma‘lumotlar, qoidalar va shu kabilarning
oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U
sog‗lom fikr, e‘tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan
xulosalar, ularning an‘analar,
rivoyatlar, o‗gitlar va hokazolarda
ifodalangan ko‗rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‗z
ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: