Mifologik bilim.
Insoniyat tarixining dastlabki bosqichida
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan bilim shakllaridan biri bo‗lib, u
borliqning fantastik in‘ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat,
koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari
va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So‗nggi vaqtda
mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o‗yini emas,
balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun
imkoniyat yaratadigan dunyoni o‗ziga xos tarzda modellashtirish
ekanligi aniqlandi. Mifologik tafakkurga uning emotsiyalar sohasi bilan
uzviyligi, bilish obyekti va subyektini, predmet va belgini, narsa va
so‗zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va mohiyatini aniq
farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, shuningdek, butun
dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi
2
Shermuxamedova N. Gnoseologiya – bilish nazariyasi. –T., 2008. –B.21-34.
7
hikoyalarga bog‗langan. Mif ibtidoiy odam tafakkurining tabiat
hodisalarini tushunish va tushuntirishning o‗ziga xos xususiyatlari bilan
belgilanadi.
Falsafiy bilim.
Falsafa, san‘at va din kabi, bilish
vazifalarini yechish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi
san‘at va din bilan uyg‗un holda – insonning dunyoda ma‘naviy mo‗ljal
olishiga ko‗maklashishdan iborat. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga
bo‗ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning ―birinchi‖ asoslari,
hodisalarning universal o‗zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va
qonunlari haqida tasavvurni shakllantiradi. Me‘yorlar va ideallar, ilmiy
bilimlar va san‘at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot
mazmunini anglash yo‗lidagi izlanishlari faylasufning dunyo qarashini,
falsafiy mushohada yuritish shaklini belgilaydi. Falsafa jamiyat ongi,
jamiyat madaniyatining nazariy ifodasi sifatida amal qiladi. U tafakkur
tarzi, qadriyatlar, ideallar, falsafiy muammolar va ularni ko‗rib chiqish
xususiyatini belgilaydigan madaniyat bilan uzviy bog‗liqdir. Falsafa
umuman dunyoga va madaniyat subyekti sifatidagi insonga murojaat
etadi. Falsafiy bilim donishmandlik sifatida tavsiflanadi.
Donishmandlik – dunyoni va insonning undagi o‗rnini yaxlit tushunish
andozasi. Falsafa barcha odamlar uchun muhim bo‗lgan haqiqatlarning
tagiga yetish uchun (ilmiy va noilmiy) bilimgan foydalanadi. Kant
falsafa inson aqlining boshqa bilimlarga oliy qadriyat tusini beruvchi
eng so‗nggi maqsadlarini anglab yetishni tushuntirishga, bu bilimlarning
inson uchun ahamiyatini aniqlashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Falsafa inson faoliyatini yo‗lga soluvchi tamoyillar, yondashuvlar,
qadriyatlar va ideallar tizimini, uning dunyoga va o‗z-o‗ziga
munosabatini belgilaydi. Dunyoning inson bilan mushtarak holdagi
obrazini yaratib, falsafa muqarrar tarzda qadriyatlar dunyosiga murojaat
etadi. Etika, estetika, aksiologiya – falsafiy bilimning qadriyatlar
dunyosini o‗rganuvchi maxsus sohalardir. Falsafa san‘atda o‗zining
yorqin va ishonarli ifodasini topishi bejiz emas. Ko‗pgina faylasuflar
uning metaforalarga boy obrazli tilidan o‗z g‗oyalarini ifodalash uchun
foydalanadi. Falsafiy bilimning bosh maqsadi – insonni kundalik
tashvishlar sohasidan olib chiqish, unda yuksak ideallarga qiziqish
uyg‗otish, uning hayotiga chin mazmun baxsh etish, eng zamonaviy
8
qadriyatlar sari yo‗l ochishdir. Falsafiy bilimda ikki asos – ilmiy-
texnikaviy va nazariy-ma‘naviy asoslarning uyg‗unlashishi uning
ongning betakror shakli sifatidagi o‗ziga xos xususiyatini belgilaydi.
Ilmiy bilim.
Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‗zining aniqligi bilan
ajralib turadi. U borliqni moddiy va obyektiv o‗rganishga qarab mo‗ljal
oladi. Biroq bu olamning shaxsiy xususiyatlari, uning qadriyatlarini
belgilashda, ilmiy ijodida rol o‗ynamaydi va uning natijalariga ta‘sir
ko‗rsatmaydi degan ma‘noni anglatmaydi. Ilmiy bilim nafaqat
o‗rganilayotgan obyektning o‗ziga xos xususiyatlari, balki ijtimoiy-
madaniy xususiyatga ega bo‗lgan ko‗p sonli omillar bilan ham
belgilanadi. Bilishning eng oliy shakli fandir. Demak, har bir fan
insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning natijasida paydo
bo‗ladi. Fanning asosi bo‗lgan bilish uzoq vaqtlardan buyon
mutafakkirlarni qiziqtirib keladi. Jumladan, bizning bobokalonlarimiz
ham bu sohada o‗zlarining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar. Dunyo
allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bo‗lgan Farobiy
bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u ―Ilmlarning kelib chiqishli
to‗g‗risida‖ (―Ixso al-ulum‖) asarida ilmlarni keltirib chiqaradigan
sabablar haqida fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: ―Olamda
substansiya (javhar) va aksidensiya (oraz) hamda substansiya va
aksidensiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa
yo‗qdir‖.
3
Forobiyning javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish
nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va
uning unsurlari javhar va orazlarning o‗zaro dialektik munosabatidan
tashkil topgandir. Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida
nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga
ta‘sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin
bo‗lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani
bildiradi. Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari
yordamida his etamiz. Xususan, rang ko‗rish sezgi organi orqali; ovoz
eshitish organi orqali; maza-ta‘m maza sezgi organi orqali,
predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi
orqali, hid hidlash organi orqali his etiladi. Bu sezgi organlari insondan
3
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. –Тошкент, 1983. –Б.151.
9
tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi
organlari barcha jonzodlarga xos. Ular orqali har qanday jonzod o‗zini
qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi. Insonning sezgi
organlari yordamida hosil qilgan bilimi hissiy yoki amaliy bilim
sanaladi. Bulardan tashqari inson xayol surish, nutq yordamida ham
bilimga ega bo‗lishi mumkin. Bilishning bu yo‗li quvvai notiqa va
quvvai mutaxayila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning
(sezgilarning) yetakchisi, raisasidir. Hissiy bilim bilishning asosi,
tayanch nuqtasi sanaladi. U insonni qurshab turgan olam uzvlaridan har
birini alohida ko‗rish, ushlash, eshitish, mazasini tatish, hidlash orqali
hosil qilinadi. Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa
ham, lekin u ko‗pincha aldab qo‗yishi mumkin. Masalan, Quyosh Yer
atrofida aylanayotganday ko‗rinadi. Aslida esa aksincha. Shuning uchun
bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar.
Idrokiy bilish hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish,
hissiy bilimlarning hosil bo‗lishiga asos bo‗lgan orazlar (aksidensiyalar)
zamirida yashiringan mohiyatni-jovharni aniqlash orqali hosil qilinadi.
Masalan, tanada isitmaning ko‗tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi.
Lekin har qanday harorat o‗z-o‗zidan ko‗tarilmaydi. Uning ma‘lum
ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o‗xshash, u bilan
bog‗liq bo‗lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash,
umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning tashqi
alomati
ekanligi
aniqlanadi.
Solishtirish,
qiuoslash,
mantiqiy
umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim
sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har
qanday fan ana shu bilimlarni keltirib chiqaradi. Bundan ko‗rinadiki,
hissiy (fahmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi
sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o‗zaro
munosabatini o‗rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu
bilimga ega bo‗lish har qanday fanning bosh maqsadi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |