Tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlari va dolzarb muammolari Reja: Lingvopoetika



Download 44,37 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi44,37 Kb.
#194158
Bog'liq
Tilshunosliknin zamonaviy yo'nalishlari

Tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlari va dolzarb muammolari

Reja:

1.Lingvopoetika

2.Psixolingvistika

3.Etnolingvistika

Lingvopoetika

Til tinglovchiga ta'sir qiladigan qudratli vosita bo'lgani uchun tilshunoslik fani adabiyot bilan uzviy bog'liq va bu lingvopoetika fanini yuzaga keltirgan. Lingvopoetika-badiiy asarlarda qo'llanilgan lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o'rganadi. Badiiy til keng qamrovli ob'ekt sifatida funksional darajalangan qismlarga, fragmentlarga bo'linish xususiyatiga ega. Biroq amalda ushbu ob'ektning ayrim fragmentlarigina badiiy nutq tahliliga beriladi. Demak, badiiy nutq keng tushuncha bo'lib, badiiy asar tili badiiy nutqning bir ko'rinishi, bir fragment i hisoblanadi. U tilning ekspressiv funksiyasini o'z ichiga olgani uchun, til sistemasining barcha sath birliklarining badiiy-estetik funksiyasini qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, lingvopoetika fonetik poetika, leksik poetika, sintaktik poetika kabi turlarga bo'linadi. Lingvopoetikaning vazifasi ushbu sohalarni alohida-alohida o'rganish va ularning o'zaro munosabatini ham yoritib berishdan iborat.

Fonetik-fonologik sath

  • Bu sathda bir xil tovushlar bir xil bo'g'inlarning takrorlanib kelib, asosan(bir xil unlilarning takrorlanib kelishi), alliteratsiya(bir xil undoshlarning takrorlanib kelishi) hodisalarini yuzaga keltirishi hamda ta'sirchanlikni yuzaga keltiruvchi vosita sifatida xizmat qiloshi o'rganiladi.

Leksik sath

  • Bunda leksemalarning ko'chma ma'nolarda qo'llanishi (masalan, Aqlu balog'atning shotilaridan yuksala beringiz sekundlar sayin (G'. G'ulom) she'ridagi shoti so'zi bosqich ma'nosida ishlatilgan) tushuniladi.

Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda ham,psixologiya fanida ham tekshirish obiekti sanaladi.Tilshunoslik va psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig'ida psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo'nalishining yuzaga kelishiga olib keldi.

Psixolingvistika atamasi dastlab 1946-yilda amerika psixologi N. Pronko tomonidan qo'llandi va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga (asoschisi G. Shteyntal) borib taqaladi. U tilda xalq ruhining ifodalanishini ta'kidlab,sotsial,etnik psixologiyani yaratishga intildi.

Psixolingvistikaning o'rganish obiektiga quyidagilar kiritilgan:

  • Nutq faoliyatining vujudga kelish mexanizmini o'rganish
  • Bolalar nutqining shakllanish jarayonini o'rganish
  • Muayyan nutqiy vaziyatlarda so'zlovchi bilan tinglovchi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish
  • Nutqning axborot tashish funksiyasini o'rganish va boshqarish

Etnolingvistika

Etnolingvistika atamasi grekcha "etnos" xalq, qabila so'zlaridan olingan bo'lib, XIX asrning 70-yillarida Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini o'rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan. Ma'lumki, xalq tarixida, turmush tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun til bilan uning egasi bo'lgan xakq o'rtasida uzviy aloqa mavjud. Toponim, etnonimlarni xalqning tarixini bilmay turib o'rganib bo'lmaydi, shuningdek, etnografiya ham tilshunoslikka qimmatli materiallar beradi. Til amaliyoti va rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni o'rganish ehtiyoji tilshunoslikda Etnolingvistika yo'nalishini yuzaga keltirdi.

Etnolingvistikaning shakllanishi

  • Etnoligvistikaning mustaqil lingvistik yo'nalish sifatida shakllanishida amerikalik tilshunos, etnograf F. Boasning xizmatlari katta bo'lgan. U va uning izdoshlari hindular tilini tillar va madaniyatlarning o'zaro ta'siri, bilingvizm masalalari bilan bog'liq holda o'rgandilar.
  • Bu yo'nalishning ilk davrida ko'proq etnografiya masalalari bilan shug'ullanilgan, faqat o'tgan asrning 20-yillaridan boshlab muammoning lingvistik tomoniga ahamiyat berilgan.

E'tiboringiz uchun rahmat!


Download 44,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish