Tarix-yakuniy test



Download 34,85 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi34,85 Kb.
#530132
Bog'liq
6-sinf umumiy savollar 2


Tarix-yakuniy test



1. Imperator Konstantin xristianlik dinini boshqa dinlar bilan teng bir din deb e‘lon qilganidan 647 yil oldin tarixda qanday voqea yuz bergan?
A) Aleksandr Makedoniya taxtiga o’tirdi.
B) Afinada Perikl hukmronligi o`rnatiladi.
C) Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishi boshlandi.
D) Aleksandr tomonidan Doro III qo`shinlari tor-mor etildi.
2. Dastlab Sharqiy Rim imperiyasiga hujumlar uyushtirib, so’ngra Italiyaga bostirib kirgan qabilani aniqlang.
A) gotlar B) xunnlar C) vandallar D) daklar
3. Quyida keltirilgan voqealardan bir asrda yuz berganlarini belgilang.
1) Zardusht va‘zlari matnlarining hammasi 21 ta kitobga jamlangan; 2) Mauriya davlati o`z ravnaqining cho`qqisiga ko`tarildi; 3) Rimda barcha fuqarolar qonun oldida teng deb e‘lon qilingan qonunlar qabul qilindi; 4) Ahamoniylar imperiyasi tomonidan Baqtriya bosib olindi; 5) Yunon-Baqtriya davlati yuechji qabilalari tomonidan bosib olindi
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4
4. Quyidagi voqealarni yuz bergan sanasi bilan mos tartibda joylashtiring.
1) Lyu Ban qo’zg’aloni; 2) Zama jangi; 3) Kann jangi; 4) Karfagen yoqib yuborildi.
a) mil. avv. 216-yil b) mil. avv. 146-yil c) mil. avv. 206-yil; d) mil avv. 202-yil.
A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
5. Diomed qaysi qadimiy davlatning hukmdorlaridan biri bo`lgan?
A) Parfiyaning B) Fessaliyaning
C) Frakiyaning D) Elidaning
6. Qadimgi Rim aholisining turmushi bilan bog`liq bo`lgan noto`g`ri fikrni toping.
A) Rimlik zadagonlar bo`lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo`jalikda qullar ham unchalik ko`p emasdi.
B) Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar.
C) Mil. avv. I asrda Rim eng yirik va aholisi ko’p shaharga aylandi.
D) Badavlat bo`lmagan rimliklar tepaliklar o`rtasidagi tekis joylarda yashaganlar.
7. Quyidagi hududlardan qaysi biri miloddan avvalgi II ming yillikda ilk davlat vujudga kelgan hududlar qatoriga kirmaydi?
A) Suriya B) Kavkazorti
C) Kichik Osiyo D) Eron
8. Qadimda Apennin yarimorolida yashagan barcha qabilalar umumiy nom bilan qanday nomlangan?
A) Samniylar B) Sabiniylar
C) Lotinlar D) Italiklar
9. Quyidagi davlatlarning qaysi biri boshqalarga nisbatan kamroq hukm surgan?
A) Chjou podsholigi B) Yunon-Baqtriya davlati
C) Qang` davlati D) Xan imperiyasi
10. Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taalluqlilarini belgilang.
1) Yunon tarixchisi Arrian yashagan davr;
2) Tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi;
3) Dovon davlati barham topdi;
4) Xitoyda “Sariq ro‘mollilar” qo‘zg‘aloni bo‘lib o‘tdi;
5) Xorazmda mahalliy taqvim yaratildi;
6) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi
A) 1, 3, 4 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 4, 6
11. Quyidagi qaysi jangdagi voqea tarixda mashhur ―uch yuzlik spartalik jasorati deb nom qoldirgan?
A) Plateya jangidagi B) Fermopil jangidagi
C) Marafon jangidagi D) Salamin jangidagi
12. Iso payg’ambar shogirdlari …… deb ataladi.
A) xristianlar B) apostollar
C) yepiskoplar D) abbatlar
13. Metallga ishlov berish sohasida kishini lol qoldirgudek natijalarga erishibgina qolmasdan, birinchi bo`lib shakarqamishdan shakar olgan xalqlarni aniqlang.
A) xitoyliklar B) finikiyaliklar
C) hindlar D) xettlar
14. Qadimgi dunyo tarixidagi suv (dengiz) xudolarini aniqlang.
1) Apis; 2) Ea; 3) Anaxita 4) Geya; 5) Xapi; 6) Neptun; 7) Merkuriy; 8) Poseydon.
A) 1,2,4,7,8 B) 2,3,5,6,7
C) 3,4,5,6,8 D) 2,3,5,6,8
15.Sharq bilan G'arb xalqlari o'rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo'lgan Buyuk Ipak
yo'l qaysi asrga qadar muhim o`rin tutgan?
A) Mil. avv. II asrdan –milodiy XVI asrga qadar
B) Mil. avv II asrdan - milodiy XVIII asrga qadar
C) Mil. avv II asrdan – milodiy XIV asrga qadar
D) Mil. avv II asrdan –mildiy XIX asrga qadar
16. Quyidagilardan qaysi biri Solon islohotlariga mos emas?
A) Aristokratiya boshqaruv shaklini demokratoyaga almashtirish
B) Xalq Majlisi lavozimlariga ish haqi to`lashni joriy etish
C) Afina davlatida dehqonlar qarzlarini va qarzdorlarni qul qilishni bekor qilish
D) Xalq majlisi faoliyatini tiklash
17. “…… - insoniyat tarixining boshlang’ich davri bo’lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan” – davr.
A) Ibtidoiy jamoa tuzumi B) Ibtidoiy to’da
C) Urug’ D) Matriarxat
18. O'zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar joylashgan o'rni noto'g'ri berilgan javobni aniqlang.
A) Yerqo'rg'on Farg'ona viloyatida
B) Qiziltepa Surxondaryo vohasida
C) Afrosiyob Samarqand viloyatida
D) Uzunqir Qashqadaryo viloyatida
19. Qaysi manzilgoh qazishmalarida xumlarda bug‘doy va arpa donlari topilgan?
A) Zamonbobo B) Sopollitepa
C) Jarqo‘ton D) Ko‘lbuloq
20. Eng mashhur piramidalar qaysi shahar yaqinida uch fir‘avn- Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan?
A) Memfis B) Giza C) Abidos D) Fiva
21. Qaysi davlatda xudolar va odamlar o’rtasida kohinlar vositachi bo’lgan
A)Mesopotamiya B)Eron C)Misr D)Hindiston
22. Doro I hukmronligining uchinchi yilida …
A) butun saltanatini viloyatlarga bo‘ldi
B) Marg’iyonada Frada boshchiligida qo’zg’alon ko’tarildi
C) saklar ustiga yurish qiladi
D) skiflarga qarshi qo‘shin tortadi
23. Xitoy tarixida mil. avv. VII – V asrlar …… davri nomini olgan.
A) “kurashayotgan podsholiklar”
B) “Zafaryor”
C) “ko’p podsholiklar”
D) “osmon ostidagi podsholik”
24. Yunon-fors urushlarida qaysi jangda yunonlar forslarning 7 ta kemasini egallab olib, forslarning qolgan qo`shinlarini tor-mor etadilar?
A) Marafon jangida
B) Fermopil darasidagi jangda
C) Salamin bo`g`ozidagi jangda
D) Platea yaqinidagi jangda
25. Alarix boshchiligida gotlar qachon Rimni tor-mor etdilar?
A) 476-yili B) 455-yili C) 410-yili D) 452-yili
26. …... - insoniyat rivojidagi birinchi bosqich bo’lib, o'zida qadimgi odamlaming katta jamoasini mujassam etgan.
A) urug' B) hududiy qo’shnichilik jamoasi
C) qabila D) ibtidoiy to'da
27. Etrusklar tomonidan Italiyada 12 ta shahar-davlatlar ittifoqi tashkil etilgan asrda jahonda yuz bergan voqeani aniqlang.
A) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga keldi
B) Yangi Bobil davlati tashkil topdi
C) Hindistonda Buddaviylik dini shakllana boshladi
D) Finikiya alifbosi asosida yunon alifbosi vujudga keldi
28. Quyidagi tarixiy shaxslarning qaysi birlari frakiyalik bo'lishgan?
1) Demosfen; 2) Spartak; 3)Demokrit;
4) Arximed; 5) Geraklit; 6) Solon; 7) Diomed.
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 2,5,7 D) 2,3,7
29. Quyidagi qadimgi dunyo xudolarining qaysi birlari musiqa xudosi ham hisoblanishgan?
1) Apollon; 2) Ishtar; 3) Xatxor; 4) Venera
A) 1,2,3 B) 1,2 C) l,3 D) 2,4
30. Miloddan avvalgi III ming yillikda quyidagi qaysi mintaqalarda ilk bora davlatlar vujudga kelganligini to'g'ri belgilang.
A) Eron, Xitoy va Hindistonda
B) Eron va Hindistonda
C) Eron, Xitoy, Hindiston va Yunonistonda
D) Old Osiya, Hindiston va Xitoyda

Download 34,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish