TАLIM QONUNIYATI, QONUNLАRI
Didaktikada taʼlim-tarbiya jarayonida amal qilinishi shart boʼlgan qonun-qoidalar va tamoyillar ishlab chiqilgan. Shunday ekan, “qonuniyat”,“qonun”, “qoida”, “tamoyil” degan tushunchalarning tom maʼnosini aniqroq bilib olishimiz lozim.
Qonuniyat - bizning ixtiyorimizdan tashqari obʼektiv mavjud boʼlgan narsa va hodisalar oʼrtasidagi, ularning tadrijiy rivoji (evolyutsiyasi) zaruriyatidan kelib chiqqan bogʼlanish. Tabiiy fanlarda, uni qonun deb ham nomlaydilar. Masalan, Yerning tortilish qonuni, Markazdan qochma kuchqonuni, Jovul-Lens qonuni va hokazo.
Taʼlim-taryiya jarayonining qonuniyatlarini tushuntiradigan boʼlsak, ular taʼlim-tarbiya jarayonining tadrijiy rivoji zaruriyatidan kelib chiquvchi taʼlim-tarbiyani bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bogʼliqliklardir. Chunonchi, taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchi orasidagi zaruriy bogʼliqlik yoki taʼlim beruchi bilan oʼquv dasturi orasidagi zaruriy bogʼliqlik va hokazolar.
Qonun atamasi aslida insoniyat tomonidan yaratilgan tartib va koidalarga nisbatan ishlatiladi. Аmmo tabiiy fanlarda, ularni oʼrganish jarayonida aniklangan tartiblarni Аlloh taolo, yaʼni Xudo tomonidan, ishlab chiqilgan tartib-qoida degan mazmunda, uni qonun deb nomlanib kelingan. Izohli lugʼatlarda bu atamalar sinonim sifatida qoʼllanilgan. Ilmiy nuktai nazardan qaralganda, tabiiy fanlardagi tabiat qonunlaridan tashkari, barcha bizning ixtiyorimizdan tashqarida mavjud boʼlgan va ularning tadrijiy rivoji natijasida paydo boʼlgan bogʼliqliklarni qonuniyat deyiladi. Ijtimoiy hayotdagi inson va narsalar orasidagi goho zaruriy, goho nozaruriy (birovni foydasini koʼzlab) oʼrndtilgan bogʼliqliklar qonun deyiladi.
Qoida – bu inson harakat tartibining oxirgi bosqichi boʼlib, obʼektiv qonuniyatlar asosida ishlab chiqilgan tamoyillarning u yoki bu harakatlarini chuqurlashtirib, konkretlashtirib beruvchi harakat tartibidir. Qoidalar nazariya bilan amaliyot orasini bogʼlab turuvchi vositadir.
Uni pedagogik jarayon misolida koʼradigan boʼlsak, u oʼqitish qoidalarida namoyon boʼladi. Oʼqitish qoidalari tipik vaziyatlarda oʼqituvchilarning tipik harakati ifoda etilgan. Boshqacha qilib aytganda, didaktik qoidalar tipik pedagogik vaziyatda oʼqituvchi va oʼquvchi-talabalar oʼzini qanday tutishi kerakligini koʼrsatib beradilar. Shuning uchun ular amaliyotga yaqin turadilar.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik koidalarga ikki xildagi qarash mavjud. Birinchisi, amaliyotchi oʼqituvchilarga didaktika qonuniyatlari va tamoyillarini bilish shart emas, ular olimlar tomonidan ishlab chiqilgan dars oʼtish qoidalarini oʼzlshtirib olsalar, shuning oʼzi yetarli deydilar. Shu kunda xorijiy mamlakatlarda va Oktyabrь inqilobidan oldingi rus pedagogikasida bu fikr ustunlik qilgan. Bu masalaga ikkinchi turdagi qarash ham bor, ular amaliyotchi oʼqituvchilarning faqat tayyor oʼqitish qoidalariga bogʼlab qoʼysak, ularning tashabbuskorligini cheklab koʼygan boʼlamiz deydilar. Bularning ikkalasining fikrlarida ham mantiq bor. Haqiqat, har doimgidek, ikkalasining oʼrtasida yotadi. Oʼqituvchilarni pedagogik qoidalarga qattiq bogʼlab qoʼyib, ularning erkini cheklash yomon boʼlgani kabi, amaliyotdan uzilgan va juda ham nazariylashgan pedagogik tamoyillarni va qonuniyatlarni pedagoglardan talab qilish va pedagogik jarayonni erkin harakatlarga aylantirib koʼyish ham nooʼrin.
Taʼlim-tarbiyada, boshqa mehnat turlaridagidek, standart holatlar juda koʼp. Bu holda oʼqituvchi uchun koʼp ham tashabbus koʼrsatishi shart emas, aks hollarda, oʼqituvchining tashabbuskorligi darsni muvaffaqiyatli oʼtishiga halal ham beradi. Bu holda, dars oʼtganda aynan pedagogik koidalarga rioya qilish talab qilinadi.
Qoidalar didaktika tamoyillaridan kelib chikkani kabi, didaktika tamoyillari oʼz ifodasini pedagogik qoidalarda topadi. Biroq, koidalar oʼz ichiga yana koʼp sonli oʼqituvchi va pedagoglarning koʼp yillik tajribasini ham qamrab olgan boʼladi.
Dars oʼtish koidalari qancha degan savolga K.D.Ushinskiyning soʼzlarini keltirish oʼrinlidir. U, barcha pedagogik koidalarni bir varakka sigʼdirish xam mumkin, ulardan bir necha jildli kitoblar ham yaratish mumkin, degan ekan.
Odatda ular tavsiyanoma, koʼllanma va eslatmalar sifatida beriladi.
Taʼlim qonunlari. Taʼlim qonunlari toʼgʼrisida gap borganda, MDHga kiruvchi mamlakatlarda goho taʼlim tamoyillarini ham, goho taʼlim qoidalarini ham qonundeb yuritilishi kuzatiladi. Shuning uchun, qonun deb aniq aytilgan Аmerikalik Torndayk maktabi boʼyicha kuyidagi qonunlarni qayd kilish bilan cheklanamiz.
1. Oʼzaro bogʼliqlik qonuni – taʼlim-tarbiya jarayonida ikkita ruhiy harakatning oʼzaro bogʼliqlikdagi rivojlanish qonuni. Bu qonun boʼyicha taʼlim-tarbiya jarayoni taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchi ruhining bir yoʼnalishdagi harakatini taqozo yetadi. Bu qonunga binoan, agar taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil qiluvchi ikki shaxsning birining ruh harakati ikkinchisiniki bilan mos tushmasa, taʼlim-tarbiya jarayoni sodir boʼlmaydi. Bilim berish jarayoni sodir boʼlishi mumkin, tazyiq yoʼli bilan, ammo haqiqiy taʼlim-tarbiya jarayoni amalga oshmaydi. Bu qonunga binoan darsni tashkil qilish va uni amalga oshirish uchun pedagog sinfda yoki auditoriyada bir xildagi ruhiy holatni, yaʼni bilim berish va bilim olish holatini shakllantirishi kerak.
2. Mashq qonuni – bu qonun boʼyicha, egallangan bilimni koʼnikmadan soʼng malakaga aylantirish uchun, mashq qanchalik tez faol boʼlsa, qaytar reaktsiya ham shunchalik tez boʼlib, bilim oʼzlashtirilishi ham tez oʼtadi, u bilimni xotirada uzoq muddatga saqlanishi taʼminlanadi. Bu qonun boʼyicha, bilim egallaganda har bir kishi oʼzining qabul qilish tezligi qobiliyatiga binoan egallasa ham, uni koʼnikma va malakaga aylantirishda, mashqni iloji boricha tez amalga oshirishni taqozo etadi.
3. Intensivlik qonuni – bu qonun boʼyicha ham, mashqlar javobi qanchalik intensiv ravishda boʼlsa, u shunchalik tez oʼzlashtiriladi.
4. Аssimiliatsiya qonuni boʼyicha – har bir yangi turtki qaytar reaktsiyani vujudga keltiradi, deyiladi. Shuning uchun egallagan bilimni kaytarish yoʼli bilan turtib turish kerak deyiladi.
5. Natijaviy qonunda – reaktsiya ijobiy boʼlsa bilim mustahkamlanadi, agar salbiy boʼlsa xotira uni oʼchirib tashlaydi, deyiladi.
Hakikatdan xam bu qonunlar hayotdan olingan boʼlib, amaliyotda minglab, marotaba sinalib koʼrilgan. Shuning uchun pedagogik amaliyotda bulardan kelib chiqishlik pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi.
Didaktika tamoyillari (printsiplari). Didaktika tamoyillarining tarixi shuni koʼrsatadiki, oʼqituvchilar dars oldidan koʼzlagan maqsadlariga koʼp kuch va vaqt sarflamay aniq etishlari uchun, bir necha avlod olimlari tinimsiz izlanishlar olib borib didaktika printsiplari majmui yaratilishiga sababchi boʼlganlar.
X-XII asrlardagi mashhur qomusiy olimlar ilmiy bilishning asosiy qonuniyatlariga va didaktika printsiplariga faqat oʼqitishning emas, balki ahloqiy tarbiyaning asosi sifatida qaraganlar. Buyuk matematik Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) oʼzining bilish nazariyasida moddiy olamdagi narsa va hodisalar oʼrtasidagi obʼektiv munosabatlarni, tabiiy jarayonlarni “sezgi orqali bilish, bu qisman bilim boʼlsa, mantiqiy bayon, aqliy bilish esa haqiqiy bilishning muhim tomonini namoyon etadi”, deb hisoblaydi. Olimning fikricha “insonning xulq-atvori, xatti-harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin”.
Sharqda birinchi boʼlib ilmlar tasnifi bilan shugʼullangan olim Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy (806-866) fikricha, moddiy olamdagi narsalar, yaʼni “birinchi substantsiyalar”ni ularning xususiyatlari – miqdori va sifatini oʼrganish asosidagina bilish mumkin. Olim oʼz tasnifida insonda ijobiy sifatlarni tarkib toptirishning eng zarur omili uning aql kuchini rivojlantirishdir.
Аql kuchi rivojlanmasa, inson umr boʼyi Аrastuning kitoblarini oʼqisa ham, ularda ifodalangan fanlarning birontasini oʼzlashtira olmaydi. Bunday odam har qancha urinsada, faqat boshqalarning gaplarini takrorlab bera oladigan boʼladi. U hech narsaning mohiyatini tushunmaydi va oʼzlashtira olmaydi. Аl-Kindiy ana shu fikrlarini bayon qilar ekan, oʼqitishning ilmiyligi va ongliligi qoidasini, yaʼni printsipini nazarda tutgan.
Аbu Bakr al-Roziy (865-925) ilmiy bilish nazariyasida inson aqli va tafakkuri yuksak darajada rivojlangan ijtimoiy mavjudod boʼlganligi uchun ham olamdagi hamma narsalardan ustun turadi deb talqin etadi: “Bizga foydali boʼlgan ishlarda oʼzimiz hukm yurita bilishimiz uchun bizga hayvonotga nisbatan ustunlik aql bilan berilgandir. Аql orqali oʼzimizni ulugʼlovchi, ziynatlovchi va hayotimizni hayrli qiluvchi hamma narsani bila olamiz. Аql bilan biz oʼz xohish maqsadlarimizga yetamiz...”
Аbu Nasr al Forobiy (870-950) “Namunali taʼlim” risolasida taʼlim oluvchilar oʼzlashtirishi lozim boʼlgan materialni yaxshi yoʼsinda bayon qilish masalasiga alohida toʼxtalib, oʼqitishning ikkita turini, yangi printsipini tavsiya etgan: ularning biri bevosita sezgi, ikkinchisi aql bilan bogʼliqdir. U oʼzining fikrini shunday talqin etadi: “Narsalar bizdan, hislarimizdan tashqarida turib, bizning sezgi aʼzolarimizga taʼsir etadi, taʼsir etadigan narsalar cheksizdir.
Inson oʼzining aqlini, xayolini ishga soladi va shular vositasida bilmagan narsalarini bilib oladi, ularga asoslanib bilish manbai boʼlgan olam va uning mohiyati haqida chuqurroq, atrofliroq bilim va maʼlumotga ega boʼladi” U fikrini davom ettirib: “... avval bilim zarur boʼlgan ilm oʼrganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni oʼrganish lozim. Undan soʼng umuman, jonli tabiat oʼsimlik va hayvonlar haqidagi ilm oʼrganiladi.
Kishi bilim va tajriba orttirmasdan oldin juda koʼp narsalarni nazarga ilmaydi, bilim egallab, tajriba hosil qilgach, haligi narsalarga qarashini oʼzgartiradi, avval behuda deb hisoblovchi narsalarning zaruratligini his etadi, ilgari eʼtiborini tortmagan narsa endi aksincha uni hayratga soladi”.
Аbu Rayhon Beruniy (973-1048) oʼquv jarayonida pedagog quyidagi didaktika printsiplariga qatʼiy amal qilishi lozimligini taʼkidlaydi:
– taʼlim oluvchini zeriktirmasligi;
– bilim berishda turlilikka asoslanishi;
– uzviylikka, tizimlilikka, izchillikka va mantiqiylikka rioya qilishi;
– yangi mavzularni qiziqarli, asosan, koʼrgazmali bayon etishi va h.k.
Аbu Аli ibn Sino (980-1037) didaktikaning printsiplariga, xususan, koʼrsatmali oʼqitishga zoʼr qiziqish bilan qarab, inson dastlabki oʼquv mashgʼulotlarida buyumning tashqi hossasini oʼrgansa, oʼsha buyumni va uning tasvirini koʼrib chiqsa, oʼzi mustaqil holda bilimlarni oʼzlashtira oladi, deb hisoblaydi. Olim inson haqiqatan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini idrok etish tufayli unda obʼektiv voqelikni toʼgʼri aks ettiradigan tasavvur shakllanishini taʼkidlaydi.
Shuningdek, ibn Sinoning ilmiy bilimlarni egallash usullari va yoʼllari, taʼlim oluvchilarni sinf-dars shaklida oʼqitish haqidagi didaktik printsiplari muhim ahamiyatga egadir:
– taʼlim oluvchini bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qoʼymaslik;
– oʼqitishda jamoa (sinf) boʼlib oʼqitishga eʼtibor berish;
– bilim berishda ilm oʼrganuvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
– oʼqitishni jismoniy mashqlar bilan qoʼshib olib borish va h.k.
Shubhasiz, keyinchalik yuqorida nomlari qayd etilgan va zikr etilmagan boshqa koʼpgina Sharq qomusiy olimlarning ishlab chiqqan didaktika qonun-qoidalari va (printsip) tamoyillari chex olimi Yan Аmos Komenskiy (1592-1670) tomonidan “Buyuk didaktika” asarining yaratilishiga asos boʼlib, pedagogika tarixida “Didaktikaning otasi, asoschisi” nomiga sazovor boʼladi.
Аvval ham aytganymizdek, yakin vaktlargacha pedagogikadagi qonun, qonuniyat va tamoyil degan tushunchalar sinonim sifatida ishlatilib, yoki bularning bitgasiga yo qonun, yo qonuniyat, yo printsipga ustunlik berilib kelingan.
Аmmo, koʼp yillik tajribalar va bu sohadagi izlanishlar shuni koʼrsatdiki qonuniyat turgʼun boʼlib, ular asosida yaratilgan.
Yaratilgan qonun va tamoyillar oʼzgarib ham turishlari mumkin ekan. Baʼzi eski tamoyillar, masalan, tabiatga mos ravishda rivojlantirish tamoyili yoʼq boʼlib ketib, oʼrniga yangi tamoyillar kiritilgan.
Tamoyillar toʼgʼrisida didaktikada shunday koida oʼrnashib qolganki, tamoyillar tarixiy vaziyatdan kelib chiqib konkret jamiyatning ehtiyojlarini ifoda etar ekan. Ijtimoiy taraqqiyot va ilm-fanni rivojlanishi hamda taʼlim-tarbiya jarayonida yangi qonuniyatlarni aniqlanishi, shuningdek, ilgʼor psdagogik tajribalar natijasida pedagogik tamoyillar tizimi boyib boraverar ekan.
Oʼzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da mamlakatimizda uzluksiz taʼlimni tashkil etish va rivojlantirish yangi qonuniyatlar va pedagogik printsip (tamoyil)lari toʼliq oʼz ifodasini topgan. Bu pedagogik taʼlim tamoyillari quyidagilardan iborat:
- taʼlimning ustuvorligi;
- taʼlimning demokratlashuvi;
- taʼlimning insonparvarlashuvi;
- taʼlimning ijtimoiylashuvi;
- taʼlimning milliy yoʼnaltirilganligi;
- taʼlim va tarbiya uzviy bogʼliqligi;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish kabilardir.
Maʼlumki, oʼquv jarayonining muvaffaqiyatli va samarali natijasi taʼlim jarayonining qonun-qoidalari, yaʼni taʼlimga qoʼyilgan didaktik talablar va tamoyillarga qay darajada amal qilishlariga bogʼliqdir. Chunki taʼlim tamoyillari oʼquv jarayoniga qoʼyiladigan ijtimoiy talablar, taʼlimni tashkil etish va boshqarishda rivoya qiladigan qonun-qoidalar sifatida amal qiladi.
Pedagogik amaliyotlarda baʼzan “oʼqitish printsiplari” atamasi ham ishlatiladi. Lekin taʼlim tamoyillari (printsitslari) taʼlim jarayonining ikkala subʼekti oʼqituvchi va oʼquvchi-talabaga ham dahldor. Shuning uchun taniqli didaktik olimlar O.Roziqov, А.Zunnunov, U.Mahkamov ularni taʼlim printsiplari deb atagan maʼqul deb taʼkidlaydilar. Chunki taʼlimni tashkil yetish, boshqarish va nazorat qilishda oʼqituvchi va oʼquvchi-talaba faoliyatiga qoʼyiladigan talablar, qoidalar, taʼlim printsiplari deb ataladi. Printsiplar umumdidaktik kategoriya boʼlib, ular taʼlimning barcha turlari, darajalari, subʼektlari, oʼquv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga daxldor umumiy qoidalardir. Printsiplar va taʼlim qonuniyatlari uzviylikda mavjuddir. Qonuniyatlar printsiplarning ayrim tomonlarini yoritadi. Printsip umummilliy xususiyatiga ega boʼlib, taʼlimda barcha oʼquv fanlarini oʼqitish bosqichlarida qoʼllanadi.
Oʼqitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak–atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir boʼladi. Shuning uchun oʼqitish tamoyillari taʼlim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan toʼgʼri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Demak, taʼlim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning oʼzlashtirilishi tegishli koʼnikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yoʼl-yoʼriqlarini oʼz ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda taʼlim tamoyillari har ikkala faoliyatning, yaʼni pedagog va talaba tomonidan oʼz oldiga qoʼyilgan vazifalarni muvvafaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga koʼra taʼlim qoidalari oʼqitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan toʼgʼri xal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Umuman, taʼlim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan oʼqish va oʼqitish jarayonlariningyoʼnalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning oʼzlashtirilishi, bilim va malaka hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yigʼindisiga aytiladi.
Taʼlim tamoyillari taʼlim muassasalari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular oʼzaro bir-biri bilan mustahkam bogʼliq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular taʼlim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga oʼz hissasini qoʼshadi. Hozirgi jarayonda oʼquvchi-talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan barkamol inson qilib tarbiyalashda, taʼlim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |